Xalqaro reyting va indekslar O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tashkil etiladi
Download 28.62 Kb.
|
O\'zbekiston respublikasi uchun ustuvor bo\'lgan xalqaro reyting va indekslar bo’yicha samaradorlikning eng muhim ko’rsatkichlarini oshirish borasida olib borilayotgan chora tadbirlar
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tashkil etiladiPrezident farmoniga binoan, davlat organlarida xalqaro reytinglar bilan ishlash masalasini muvofiqlashtirish maqsadida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tashkil etiladi va u Parlament nazorati ostida bo‘ladi. Shuningdek, 1 oktyabrga qadar “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portali ishga tushiriladi.2 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida” gi farmonni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Farmonda qayd etilishicha, bir qator xalqaro reytinglarda mamlakatning ko‘rsatkichlari sezilarli yuqorilaganiga qaramay ayrim rahbarlar reytinglar bilan ishlashga yetarlicha e’tibor qaratmayotganligi va xalqaro tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan so‘rovlarda aksariyat islohotlar o‘z aksini topmayotganligi oqibatida ustuvor xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston quyi pog‘onalarda qolmoqda. Shu bois, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi imidjini mustahkamlash, davlat organlari va tashkilotlarida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish maqsadida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tashkil etiladi. Kengashning asosiy vazifalari qatorida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta’minlash belgilangan. Muhim o‘zgarishlardan biri Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash tizimining komissiyasi endilikda Respublika kengashi Parlament nazorati ostida bo‘ladi. Senat raisi Kengashga rahbarlik qiladi. Bundan tashqari, Kengash ishchi organlari sifatida Moliya vazirligi va Adliya vazirligi belgilangan. Ular mos ravishda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy reytinglar bo‘yicha ish olib borishadi. Xalqaro reyting va indekslar bilan tizimli ishlashning avvalgi va yangi mexanizmi Manba: Moliya vazirligi Farmon bilan shuningdek, O‘zbekiston uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari (KPI) tasdiqlandi. Shu bilan birga, mas’ul davlat organlarining birinchi rahbarlari har chorak yakuni kengash ishchi organlariga zarur statistik axborotlar va boshqa materiallarni taqdim etadi. Bundan tashqari, farmonga muvofiq, Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida adliya organlari va muassasalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida 6 ta shtat birligidan iborat Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi tashkil etiladi. Qayd etilishicha, 1 oktyabrga qadar Internet tarmog‘ida “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portali ishga tushiriladi. Bunda, kengash ishchi organlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda portal faoliyatining uzluksiz ishlashini ta’minlash va uni yangilab borish uchun mas’ul etib belgilandi. Adabiyotlar ro’yxati O’zbеkiston Rеspublikasining Konstitutsiyasi. - T.: «O’zbеkiston», 2005. Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida. - T.: «Adolat», 2004. O’zbеkiston Rеspublikasi Еr kodеksi.– T.: «Adolat», 2004. Qishloq xo’jaligi koopеrativlari (shirkatlari) to’g’risida. – T.: «Adolat», 2004. Fеrmеr xo’jaligi to’g’risida.– T.: «Adolat», 2004. Dеhqon xo’jaligi to’g’risida.– T.: «Adolat», 2004. Download 28.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling