Xalqaro savdo nazariyasi


A.Smitning mutlak ustunlik nazariyasi


Download 45.46 Kb.
bet2/5
Sana18.10.2023
Hajmi45.46 Kb.
#1708234
1   2   3   4   5
Bog'liq
xalqaro savdo nazariyasi

15.2. A.Smitning mutlak ustunlik nazariyasi.

SHu paytga kadar yuzaga kelgan barcha xalkaro savdo nazariyalari xalkaro savdoni erkinlashtirish barcha mamlakatlar uchun foyda keltiradi degan fikrni ilgari suradi. erkin tashki savdoning zarurligi va foydaliligi to`grisida dastlabki nazariyalardan biri A.Smitning mutlak ustunlik nazariyasidir. Bu nazariyaga ko`ra xar bir mamlakat undagi mavjud sharoitlar va resurslar o`ziga xosligiga tayangan xolda ma`lum bir tovarni eng kam xarajatlar xisobiga (yoki vakt birligida bu tovarni eng ko`p) ishlab chikirish imkoniyatiga ega. SHunday ekan mamlakat mutlak ustunlikka ega bo`lgan tovar ishlab chikarishga ixtisoslashadi va ushbu tovarning o`z iste`molidan ortikcha kismini sotadi xamda boshka tovarlarni sotib oladi. CHunki bu tovarlar ularni ishlab chikarishda mutlak ustunlikka ega bo`lgan davlatlarda ancha arzon ishlab chikarilgan bo`ladi. Natijada xar ikki davlat xam kam resurs sarflab ko`prok maxsulotga ega bo`ladi.


Masalan, O`zbekiston asosan paxta maxsulotlarini etishtirishga ixtisoslashganligi uchun boshka maxsulotlarga nisbatan ko`prok shunga e`tiborni karatish lozim. CHunki, O`zbekiston kishlok xo`jaligi, ob-xavosi va kolaversa, butun respublika sharoiti paxta etishtirishga moslashgan va unga kam mikdorda mexnat va moliyaviy resurslarni sarf kilib, yukori xosil olish texnologiyasiga ega. SHuningdek, boshka mamlakatlar xam o`zi ixtisoslashgan soxaga ko`prok e`tiborni karatishsagina dunyo bo`yicha ko`prok maxsulot ishlab chikariladi va xalkaro savdoda xam katta muvaffakkiyatlarga erishish mumkin. Demak, shu yo`l bilan dunyo axolisining talablarini maksimum kondirish imkoniyatiga erishiladi.
Ammo kaysidir mamlakat xech kaysi maxsulot ishlab chikarish bo`yicha dunyoda mutlak ustunlikka ega bo`lmasligi mumkin. Bu esa shu mamlakat xamma tovarlarni chetdan keltiradi-mi degan savolni tugdiradi. Agar shunday bo`lsa importni bu mamlakat kaysi mablaglar xisobiga moliyalashtiradi. Bu savolga javob berish borasida mutlak ustunlik nazariyasi boshi berk ko`chaga kirib koladi.

Download 45.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling