Xalqaro savdo nazariyasi


A.Smitning mutlak ustunlik nazariyasi


Download 0.87 Mb.
bet2/6
Sana16.06.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1508718
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xalqaro savdo nazariyasi Shirinov Farruxjon

 

A.Smitning mutlak ustunlik nazariyasi.

  • SHu paytga kadar yuzaga kelgan barcha xalkaro savdo nazariyalari xalkaro savdoni erkinlashtirish barcha mamlakatlar uchun foyda keltiradi degan fikrni ilgari suradi. erkin tashki savdoning zarurligi va foydaliligi to`grisida dastlabki nazariyalardan biri A.Smitning mutlak ustunlik nazariyasidir. Bu nazariyaga ko`ra xar bir mamlakat undagi mavjud sharoitlar va resurslar o`ziga xosligiga tayangan xolda ma`lum bir tovarni eng kam xarajatlar xisobiga (yoki vakt birligida bu tovarni eng ko`p) ishlab chikirish imkoniyatiga ega. SHunday ekan mamlakat mutlak ustunlikka ega bo`lgan tovar ishlab chikarishga ixtisoslashadi va ushbu tovarning o`z iste`molidan ortikcha kismini sotadi xamda boshka tovarlarni sotib oladi. CHunki bu tovarlar ularni ishlab chikarishda mutlak ustunlikka ega bo`lgan davlatlarda ancha arzon ishlab chikarilgan bo`ladi. Natijada xar ikki davlat xam kam resurs sarflab ko`prok maxsulotga ega bo`ladi.

Adam Smith (talaffuzi:Adam Smit; choʻqintirilgan va tahminlarga koʻra eski yil bo'yicha 1723-yilning 5-iyunida tugʻilgan, yangi yil bo'yicha esa 16-iyunda , 1790-yilning 17-iyulida, Kirkaldida vafot etgan) – shotlandiyalik iqtisodchi, faylasuf – etik; zamonaviy iqtisodiy nazariyaning asoschilaridan biri hisoblanadi.


Masalan, O`zbekiston asosan paxta maxsulotlarini etishtirishga ixtisoslashganligi uchun boshka maxsulotlarga nisbatan ko`prok shunga e`tiborni karatish lozim. CHunki, O`zbekiston kishlok xo`jaligi, ob-xavosi va kolaversa, butun respublika sharoiti paxta etishtirishga moslashgan va unga kam mikdorda mexnat va moliyaviy resurslarni sarf kilib, yukori xosil olish texnologiyasiga ega. SHuningdek, boshka mamlakatlar xam o`zi ixtisoslashgan soxaga ko`prok e`tiborni karatishsagina dunyo bo`yicha ko`prok maxsulot ishlab chikariladi va xalkaro savdoda xam katta muvaffakkiyatlarga erishish mumkin. Demak, shu yo`l bilan dunyo axolisining talablarini maksimum kondirish imkoniyatiga erishiladi.
Ammo kaysidir mamlakat xech kaysi maxsulot ishlab chikarish bo`yicha dunyoda mutlak ustunlikka ega bo`lmasligi mumkin. Bu esa shu mamlakat xamma tovarlarni chetdan keltiradi-mi degan savolni tugdiradi. Agar shunday bo`lsa importni bu mamlakat kaysi mablaglar xisobiga moliyalashtiradi. Bu savolga javob berish borasida mutlak ustunlik nazariyasi boshi berk ko`chaga kirib koladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling