Xalqaro savdo nazariyasi


Eli Filipp Xeksher (ingl. Eli Filip Heckscher; 24 noyabr 1879, Stokgolm 23 dekabr 1952, Stokgolm) shved iqtisodchisi va iqtisodiyot tarixchisi. Heksher — olin nazariyasi va Heksher — olin — Samuelson


Download 0.87 Mb.
bet5/6
Sana16.06.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1508718
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xalqaro savdo nazariyasi Shirinov Farruxjon

Eli Filipp Xeksher (ingl. Eli Filip Heckscher; 24 noyabr 1879, Stokgolm 23 dekabr 1952, Stokgolm) shved iqtisodchisi va iqtisodiyot tarixchisi. Heksher — olin nazariyasi va Heksher — olin — Samuelson modelining hammuallifidir.


1. Mamlakatlar o`zlarida ortikcha bo`lgan ishlab chikarish omilini ko`p talab kiladigan maxsulotlarni eksport kilishadi va aksincha, o`zlarida takchil bo`lgan ishlab chikarish omillarini ko`p talab kiladigan maxsulotlarni import kiladilar.
2. Xalkaro savdo yo`lidagi cheklashlar bekor kilinsa tovarlarning turli mamlakatlardagi «omil narxi» (tannarxi) ning tenglashishi kabi o`zgarishlar kuzatiladi.
3. Maxsulotlar eksporti o`rnini asta sekin ishlab chikarish omillari eksporti egallaydi.
Agar mamlakatdagi bir ishlab chikarish omili mikdori bilan boshka omillar mikdori o`rtasidagi nisbat boshka mamlakatdagiga nisbatan yukori bo`lsa shu omil bu mamlakatda nisbatan ortikcha deb xisoblanadi.
Xeksher-Olin kontseptsiyasiga asosan tashki savdo kuyidagi ko`rinishlarga ega: Faraz kilaylik, bir vaktda ikki mamlakat, ya`ni, «sanoatlashgan» va «agrar» mamlakat faoliyat ko`rsatmokda.
Sanoatlashgan mamlakatda ortikcha kapital va ma`lum mikdorda ortikcha ishchi kuchi mavjud bo`ladi. Agrar mamlakatda esa ortikcha er mavjud, ammo kapital etishmaydi.
Ayrim turdagi maxsulotlarni ishlab chikarishda kapital asosiy omil xisoblanadi. Masalan, neftni kayta ishlash, elektron mashinasozlik va mashina ishlab chikarish soxalari kam ishchi kuchidan foydalangan xolda kapital talabchan ishlab chikarish xisoblanadi. Kapital ortikchaligiga ega bo`lgan mamlakatlar aynan ushbu yo`nalishlarga ixtisoslashadilar. SHu bilan birga, don etishtirish va chorvachilik bilan shugullanadigan mamlakatlarda ko`prok er resurslari kerak bo`ladi va ular shu yo`nalishga ixtisoslashgan bo`ladilar.
Xeksher–Olin kontseptsiyasini tadkik kilish borasidagi izlanishlar 50 yillarda «Leont’ev taajjubi» yuzaga kelishiga sabab bo`ldi. V.Leont’ev AKSH kapital ortikcha bo`lgan mamlakat bo`lishiga karamasdan 1947 yilda kapital talabchan emas, balki mexnat talabchan maxsulot eksport kilganligini ko`rsatib berdi. YA`ni Xeksher-Olin kontseptsiyasiga zid keladigan vaziyat yuzaga keldi. Keyingi tadkikotlar esa AKSH da kapitaldan ko`ra er va ilmiy texnik mutaxassislar nisbiy ortikcha ekanligi tasdiklandi. AKSH ishlab chikarilishida aynan shu omillar ko`prok foydalaniladigan tovarlarning sof eksportyori bo`lib chikdi.
1948 yil amerikalik iktisodchilar P. Samuel’son va V.Stolperlar Xeksher-Olin kontseptsiyasini takomillashtirishdi. Ularning nazariyasi bo`yicha xalkaro savdo – ishlab chikarish omillari bilan ta`minlanganlik darajasidan notekislik, texnologiyalarining bir-biriga mosligi, rakobatning rivojlanishi va maxsulotlarning xarakatchanligi kabi sharoitlarda mamlakatlar o`rtasidagi ishlab chikarish omillari narxlari tenglashadi.
D. Rikardo modelida ishlab chikilgan va e. Xeksher, B. Olin, P.Samuel’son xamda V.Stolperlar tomonidan to`ldirilgan savdo kontseptsiyasiga nafakat mamlakatlar o`rtasidagi o`zaro foydali savdoni yo`lga ko`yish, balki mamlakatlar rivojlanishi o`rtasidagi farklarni kamaytirish vositasi sifatida xam karaladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling