Xalqaro savdo Reja
Qiyosiy ustunlik nazariyasi
Download 15.31 Kb.
|
Xalqaro savdo-www.genderi.org (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiyosiy ustunlik nazariyasi shartlari
Qiyosiy ustunlik nazariyasiD.Rikardo o‘zaro foydali savdo va xalqaro ixtisoslashuvning ancha umumiy tamoyillarini shakllantirib, A.Smitning qarashlarini takomillashtirgan holda «qiyosiy ustunlik» nazariyasini ishlab chiqdi. U mazkur nazariya yordamida, hatto barcha mahsulotlarni ishlab chiqarishda ayrim mamlakatning mutlaq ustunligi mavjudligida ham o‘zaro foydali savdoning nafaqat mumkinligini, balki zarurligini isbotlab berdi. Bu mamlakat nisbatan past samarali mahsulotni ishlab chiqarishdan voz kechib, nisbatan yuqori samarali mahsulotni ishlab chiqarishga o‘tish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirishi mumkin. Mazkur nazariyaga ko‘ra, mamlakatlar nisbatan past xarajatli mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashuv orqali qo‘shimcha ustunlikka ega bo‘lishi va mahsulot umumiy hajmini oshirishlari mumkin. Bunda har bir mamlakatning qandaydir tovar ishlab chiqarish bo‘yicha mutlaq ustunlikka ega bo‘lishi, ya’ni uning ishlab chiqarish xarajatlari xorijda yaratilayotgan shunday tovarlarning xarajatlaridan past bo‘lishi shart emas. D.Rikardoning fikricha, mamlakat o‘zida qiyosiy ustunlikka ega bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarishi va chetga sotishi yetarli hisoblanadi. Qiyosiy ustunlik nazariyasi shartlariQiyosiy ustunlik nazariyasi quyidagi bir qator shartli farazlarga asoslanadi: 1) unda ikkita mamlakat va ikkita tovar o‘zaro taqqoslanadi; 2) ishlab chiqarish xarajatlari ish haqi ko‘rinishida olinadi; 3) mamlakatlar o‘rtasidagi ish haqi darajasidagi farqlar e’tiborga olinmaydi; 4) transport xarajatlari e’tiborga olinmaydi; 5) erkin savdo mavjud deb faraz qilinadi. Xalqaro savdoda qiyosiy ustunlik tamoyillarining amal qilishini yaqqol tasavvur qilish uchun quyidagi shartli misolni ko‘rib chiqamiz (27.1-jadval). mamlakatlarning qiyosiy xarajatlarini hisoblashIshlab chiqarish omillari nisbati nazariyasiIqtisodiyot nazariyasida xalqaro ixtisoslashuvning ustunliklarini asoslash Rikardoning klassik sxemasi bilan cheklanmagan. XX asrda xalqaro ixtisoslashuvning qonuniyatlari E.Xeksher, B.Olin, P.Samuelson, J.Keyns, V. Leontev, G.Xaberler va boshqa ko‘plab iqtisodchilar tomonidan tadqiq qilindi. Jumladan, iqtisodiy adabiyotlarda Xeksher-Olin-Samuelson modeli deb yuritiluvchi model alohida ahamiyat kasb etadi. Bu model asoschilari E.Xeksher va B.Olin xalqaro tovar oqimlarining yo‘nalish va tarkibiy tuzilishi qay tarzda belgilanishi to‘g‘risidagi zamonaviy tasavvurlarni ishlab chiqdilar. P.Samuelson esa mazkur fikrlarni amaliy jihatdan ifodalovchi matematik shartlarni ochib berdi. Mazkur model asosida ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi yotadi. Ma’lumki, turli mamlakatlar ishlab chiqarish omillari – ishchi kuchi, yer va kapital bilan turli darajada ta’minlanganlar. Agar mamlakat faqat qandaydir bitta omil bilan yetarli darajada ta’minlangan bo‘lsa, bu mamlakatda shunday omil sig‘imi katta bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarish arzonga tushadi. Bu mamlakat uchun ularni ishlab chiqarish va eksport qilish nisbatan foydali hisoblanadi. Download 15.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling