Xalqaro tajribada mahsulot, xizmat va jarayonlarga bo‘lgan majburiy talablar texnik reglamentlarda belgilanadi
Download 15.67 Kb.
|
Xalqaro tajribada mahsulot, xizmat va jarayonlarga bo‘lgan majburiy talablar texnik reglamentlarda belgilanadi. Texnik reglamentlarga tegishli qonunlar, direktivalar va hukumat idoralari tomonidan berilgan farmoyishlar kiradi. Standartlar talablari esa majburiy emas. SHu sababli texnik reglamentlar amaldagi qonunchilikda muhim ahamiyatga ega. Butunjahon savdo tashkilotining "Savdodagi texnik to‘siqlar bo‘yicha kelishuv"i talablarini bajarish maqsadida, «O‘zstandart»agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Butunjahon savdo tashkilotiga kirish maqsadida Respublikamizda olib borilayotgan siyosat, avvalambor ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatbardoshligini, eksport salohiyotini oshirishga yo‘naltirilgan Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimiga kiruvchi organlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. Ushbu tizimni shakllantirish, takomillashtirish va Qonun bilan belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari tayinlangan: texnik shartlar (TSh). - tarmoq va tashkilotlar doirasida tasdiqlanadi - aniq standartlashtirish toifasiga tegishli emas, chunki hamma darajadagi standartlarning tarkibiy qismida bo‘lishi mumkin; rahbariy hujjatlar (RN). - standartlashtirishning hamma toifasida tasdiqlangan bo‘lishi mumkin va ishlarni o‘tkazishning tartib va mazmuni, metodlar (uslublar, usullar).ini belgilaydi, rioya etish uchun majburiy tashkiliy-usuliy xarakterga ega rahbariy ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi. Rahbariy hujjatlar mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga talablar va texnik normalarni o‘z ichiga olmaydi; tavsiyalar (T). - rahbariy hujjatlarga aynan o‘xshash, lekin rioya qilish shart emas. Standartlashtirishning barcha toifasida tasdiqlangan bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasiniyag «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq (6-modda) mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga o‘rnatilgan majburiy talablar hamma normativ hujjatlarda bo‘lishi lozim. SHuningdek ushbu talablar mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning turlari, bir turdagi mahsulotlar tarkibidagi guruhlar normativ hujjatlarida ham takrorlanadi. Download 15.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling