«xalqaro tashkilotlar va bojxona organlarining ular bilan o‘zaro hamkorligi»
Download 1.1 Mb.
|
10-mavzu
Butunjahon savdo tashkiloti
O‘zbekiston uchun muhim strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yana bir xalqaro Tashkilot - bu Butunjahon savdo Tashkilotidir. Butunjahon savdo Tashkiloti (BST)ning dastlabki nomi «Savdo va tariflar bo‘yicha bosh kelishuv» (STBBK)dir. «Savdo va tariflar bo‘yicha bosh kelishuv» yoki xalqaro qabul qilingan qisqartma nomi GATT – xalqaro savdoning boj-tarif jihatlarini tartibga soluvchi eng nufuzli tuzilmadir. GATT 1947 yilda Jenevada tuzilgan bo‘lib, savdo erkinligi g‘oyalarini, yaʼni xalqaro savdoda ishtirok etuvchi tomonlarning tengligini ifoda etadi. GATTning eng asosiy qoidalari – bu xalqaro savdoda «diskrimenatsiya qilmaslik”, «eng ko‘p qulaylik berish» va «Bojxona-tarif usuli orqali tartibga solish» tamoyillaridir. Misol uchun, «Eng ko‘p qulaylik berish» rejimi ishtirokchi davlatlarning o‘zaro yetkazib berilayotgan tovarlariga nisbatan har kanday uchinchi tomon tovarlariga qo‘llanilayotgan boj stavkalaridan yuqori bo‘lmagan boj stavkalarini qo‘llash majburiyatini bildiradi. «Diskrimenatsiya qilmaslik» tamoyiliga ko‘ra, GATTga aʼzo davlat o‘zining mahalliy tovarlari va boshqa aʼzo davlatlarning tovarlari O‘rtasida diskrimenatsiya (ajratish, kamsitish) rejimini o‘rnatmasligi kerak. Yaʼni, tovarlar davlat chegarasini kesib o‘tganidan boshlab, ularga o‘sha davlatning mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlariga bo‘lgan munosabatda bo‘linishi talab etiladi. 1994 yilning iyul oyida O‘zbekiston BSTga qo‘shilish istagini bildirib, uning Jenevadagi Kotibiyatiga yozma murojaat qildi va shu vaqtdan boshlab BSTda ko‘zatuvchi maqomidan foydalanib kelmoqda. 1998 yilning sentyabr oyida O‘zbekiston BSTga o‘zining «Tashqi savdo rejimi to‘g‘risida Mimorandum”ini taqdim etdi. Ayni paytda mazkur Mimorandum BSTga aʼzo davlatlar tomonidan o‘rganib chiqilmoqda. O‘zbekistonning BSTga aʼzo bo‘lishi xalqaro savdo tizimida o‘zining taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini yaratib, BSTning barcha aʼzo davlatlari tomonidan O‘zbekiston eksport qilayotgan tovar va xizmatlari diskrimenatsiya kelinmasligini va ularga eng ko‘p qulaylik berish rejimi qo‘llanishini kafolatlaydi. BSTga aʼzo bo‘lish uchun O‘zbekiston uning quyidagi 15 ta kelishuvlarida aks ettirilgan majburiyatlarni bajarishni o‘z zimmasiga olishi lozim:
O‘zbekistonning BST ga aʼzo bo‘lishi quyidagi afzalliklar bilan bevosita bog‘liqdir:
Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling