Xalqaro turizm fakulteti Savdo ishi yo’nlishi
Download 24.41 Kb.
|
KD-91 ERGASHALIYEV AZIZBEK
Xalqaro turizm fakulteti Savdo ishi yo’nlishi KD-91 guruhi talabasi Ergashaliyev Azizbekning Birja ishi fanidan 1-mustaqil Ish uchun yozgan essesi Mavzu: LONDON FOND BIRJASI REJA: 1.London fond birjasi tarixi va FTSE 100 indeksi. 2.London fond birjasing yetakchi kompaniyalari va ularning faoliyat yo’nalishlari. 3.London fond birjasining bugungi kundagi mavqei va moliyaviy axvoli. London fond birjasi Yevropadagi eng qadimgi birjalardan biri va dunyodagi eng mashhur qimmatli qog’zlar bozorlaridan biridir. London fond birjasining o’zi aksiyadorlik jamiyati xisoblanib, uning aksiyalari shu yerning o’zida sotiladi. -Rasman London fond birjasiga 1801-yilda asos solingan, lekin aslida Angliyada qimmatli qog’ozlar savdosi tarixida 16-asrdan boshlangan. Qirollik birjasiga Tomas Greshman va Rechard Klof tomonidan 1571-yil qirolicha Elizabetta 1 davrida asos solingan. Dastlab birja brokerlarining qo’pol muomalalari sababli bu yerga kirishlariga ruxsat etilmagan va ular shu yaqin oradagi Jonatan Cofe- house yani Jonatan qahva xonasida ishlashlari kerak bo’lgan.Greshmanning qirollik birjasi London olovida qulagandan so’ng 1669-yilda qayta tiklangan va bu qaxvaxonalardan uzoqlashib birjaning zamonaviy shakliga qadam qo’yishga turtki bo’lgan. Litsenziyasiz brokerlar va birjani tartibgasolish maqsadida parlamet 1697-yida litsenziyasiz brokerlik qilganlar uchun og’r moliyaviy va jismoniy jazolarni belgilovchi qonun ishlab chiqsi. 1687-yilda Londonda oʻn beshta kompaniya oʻz qimmatli qogʻozlari bilan savdo qilardi. 1695-yilda allaqachon bu ko’rsatkich 150 ga yaqinlashgan edi. Shunday bo’lsada London fond birjasining yetakchi indeksi FTSE 100 1984-yil 3-yanvarda 1000 punkt darajasidan boshlab hisoblana boshlangan. 1999-yil 30-dekabrda oʻzining rekord 6950,6 punkt koʻrsatkichiga yetgan. Ushbu indeks Financial Times gazetasi hamda London fond birjasi birgalikda egalik qiladigan mustaqil FTSE Group kompaniyasi tomonidan hisoblab chiqiladi. Indeks komponenlari 2021-yil sentabr oyida sanoat tovarlari va xizmatlari sektori 11,5% vazni bilan indeksda eng yuqorisi boʻlgan, undan keyin 11,3% bilan moliya sektori va 9,9% bilan sogʻliqni saqlash sohasi uchinchi oʻrinni egallagan. 10 ta eng yirik kompaniya barcha indeks ishtirokchilarining umumiy bozor kapitallashuvida umumiy salmogʻining 41% ni tashkil etgan. FTSE100 tanlash mezoni: Aktsiyalari FTSE 100 indeksini hisoblashga kiritilgan kompaniyalar FTSE Group tomonidan belgilangan quyidagi shartlarga javob berishi kerak: London fond birjasida roʻyxatida boʻlishi, FTSE 100 indeksi aktsiyalarining qiymati funt yoki evroda ifodalanishi kerak, ma'lum bir davlatga tegishli boʻlish uchun testdan oʻtish; aksiyalari erkin muomalada yurishi va yuqori likvidlikka ega boʻlishi kerak. Indeks har chorakda, mart, iyun, sentabr va dekabr oylarining birinchi juma kunlarida qayta koʻrib chiqiladi. Bugungi kunda London fond birjasining yetakchi kompaniyalari: Royal Dutch Shall Britaniya-Gollandiya neft va gaz kompaniyasi, Astrazeneca-Britaniya-Shvetsiya ko’p millatli farmaseftika va biotexnalogiya kompaniyasi, Glaxosmithkline-Britaniyaning transmilliy farmaseftika va biotexnalogiya kompaniyasi. 2018-yilda Forbes Global 2000 reytingiga koʻra dunyodagi eng yirik neft va gaz kompaniyasi va jahondagi 11-chi yirik ommaviy kompaniya (shu jumladan daromad boʻyicha 3-oʻrin, sof foyda boʻyicha 21-oʻrin, aktivlar boʻyicha 83-oʻrin va bozor kapitallashuvi boʻyicha 15-oʻrinni egallagan). Bosh ofisi Londonda (Buyuk Britaniyada) joylashgan. Royal Dutch 1890-yilda Gollandiyaning Sharqiy Hindistonidagi (hozirgi Indoneziyaa) Sumatra orolida neft konsessiyasini qoʻlga kiritgandan soʻng Gaagada tashkil etilgan; kompaniya qirol Villem III ko'magida yaratilgan, shuning uchun u Royal Dutch, yaʼni Qirollik Goland deb nomlangan. Sumatradagi kon 1885-yilda ochilgan va 1892-yilda neft eksporti boshlangan. Kompaniyaga JB Avgust Kessler tomonidan asos solingan, ammo 1896-yilda 30 yoshli Anri Deterding boshqaruvga qoʻshiladi va 1901-yilda Royal Dutch kompaniyasining bosh direktori boʻladi. Uning tashabbusi bilan 1903-yilda Royal Dutch, Shell va Rotshildlar oilasining Parij filiali oʻrtasida qoʻshma korxona boʻlgan Asiatic Petroleum Company marketing kompaniyasi tashkil etiladi. AstraZeneca — shtab-kvartirasi Angliyada Kembrij biotibbiyot kampusida joylashgan. U onkologiya, yurak-qon tomir, oshqozon- ichak, infeksiya, nevrologiya, nafas olish va yalligʻlanish kabi sohalardagi asosiy kasalliklar uchun mahsulotlariga ega. Kompaniya Oksford-AstraZeneca COVID-19 vaksinasini yaratishda ishtirok etgan. Kompaniya 1999-yilda Shvetsiyaning Astra AB va Britaniyaning Zeneca Group qoʻshilishi natijasida tashkil etilgan. Birlashgandan beri u dunyodagi eng yirik farmatsevtika kompaniyalari qatoriga kirdi va koʻplab korporativ xaridlarni amalga oshirdi, masalan Cambridge Antikor Texnologiyasini 2006-yilda, MedImmune 2007-yilda, Spirogen 2013-yilda va Definiens 2014-yilda shular jumlasidan. Uning tadqiqot va ishlanmalari uchta strategik markazda jamlangan: Kembrij, Angliya; Gothenburg, AQShdagi Merilendda Shvetsiya va Gaithersburgda olib boriladi. GlaxoSmithKline global shtab-kvartirasi Londonda joylashgan. 2000-yilda Glaxo Wellcome va SmithKline Beechamning birlashishi natijasida tashkil etilgan. GlaxoSmithKline oʻninchi yirik farmasevtika kompaniyasi boʻlib, 2022-yilgi Fortune Global 500 reytingida 294 oʻrinda, China Resources, Sinopharm, Johnson and Johnson, Pfizer Roche, Abbvie, Novartis, Bayer va Merck farmasevtika kompaniyalaridan keyin turadi. Kompaniyaga 1873-yilda Yangi Zelandiya umumiy savdo kompaniyasi sifatida londonlik Jozef Edvard Natan tomonidan tashkil etilgan. 1904-yilda u Bunnitorp yaqinidagi sut fermalarida ishlab chiqarilgan ortiqcha sutdan quritilgan sutli bolalar ovqatini ishlab chiqarishni boshladi. Olingan mahsulot dastlab Defiance, keyin Glaxo nomi bilan tanilgan va “Glaxo bonnie chaqaloqlarni yaratadi” shiori bilan sotilgan. Glaxo Laboratoriyalari belgisi hozirda Bunnitorpning asosiy koʻchasidagi avtomobil taʼmirlash ustaxonasida koʻrinib turibdi. 1924-yilda chiqarilgan kompaniyaning birinchi farmasevtika mahsuloti D vitamini edi. Kompaniya London fond birjasida asosiy listingga ega va FTSE 100 indeksining tarkibiy qismi hisoblanadi. Uning bozor kapitallashuvi 70 milliard funt sterlingni tashkil etdi, bu London fond birjasida sakkizinchi yirik kompaniya hisoblanadi. Nyu-York fond birjasida ikkinchi darajali listingga ega.2012-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlari Adliya Departamenti tomonidan Sogʻliqni saqlash va aholiga xizmat koʻrsatish departamenti va FBIning, birinchi navbatda, Avandia, Paxil va Wellbutrin dori-darmonlarini sotish va sotish boʻyicha birgalikda tekshiruvlari asosida taʼqib ostiga olinadi. GlaxoSmithKline tasdiqlanmagan foydalanish uchun dori-darmonlarni targʻib qilish, xavfsizlik maʼlumotlari haqida xabar bermaslik va Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi shifokorlarga qaytarilmaslik uchun aybdor deb topilgan va 3 milliard AQSh dollari toʻlashga rozi boʻlgan. Bu AQShda sogʻliqni saqlash sohasidagi eng yirik firibgarlik va dori kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan eng yirik hisob-kitob boʻlgan va jumladan london fond birjasidagi ulushiga tasir o'tkazgan. Bundan tashqari London fond birjasining yuzlab kata kompabniyalari mavjud.Yuqoridagilar esa eng mashhurlari haqida qisqacha namuna holos. London fond birjasining bugungi kundagi mavqei va moliyaviy axvoliga to’xtaladigan bo’lsak, undagi kompaniyalar soni 1993tani tashkil etadi. Ammo bu ko’rsatkich 2019-yilda esa 4880tani tashkil etgan . Kapitalizatsiyasi esa 3.5trillin dollarni tashkil etadi. Nafaqat London fond birjasi balki boshqa fond birjalarining ham tarix grafigiga nazar soladigan bo’lsak 2007-2008-yillar, 2019-2021 yillarda kapitalizatsiyasi, iqtisodi va o’sishida biroz pasayishni ko’rishimiz mumkin. Albatta harbir narsaning mal’um sababi bo’lganidek fond birjalarning 2007-2008 yillardagi pasayishiga menimcha shu davrdagi jahonda yuz bergan inqiror, 2019-2021 yillardagi pasayishga esa COVID-19 tufanli butun jahonda bo’lgan karantin sabab bolgan desak adashmagan bo’lamiz deb oylayman. London fond birjasidagi kompaniyalarning kamayib ketishiga yuqorida aytib o’tganimizdek unda kompaniyalarga qo’yiladigan talablarning boshqa fond birjalariga nisbatan qattiqligi ham sabab bo’lgan bo’lishi mumkin. Shunday bo’lsada Londonda 25dan ortiq fond birjalar bo’lishiga qaramay Londan fond birjasi o’z mavqeini birinchi o’rinda saqlab turibdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling