Xalqaro turizmda xizmat ko’rsatish. Gid xizmati reja
Download 387.8 Kb. Pdf ko'rish
|
8-mavzu Xalqaro turizm bozori
Til stili (uslubi) – bu tilning turli-tumanligidir. Odamlarning maishiy
hayotdagi tili rasmiy muhitdagi tildan, ilmiy referatlarning tili umumta’lim maktablari pedagoglari tilidan farq qiladi. Tilning quyidagi stillari mavjud: badiiy, ishchan so‘zlashuv (maishiy), ilmiy, ommaviy, kasbiy-texnikaviy. Gid tilining stili fikrlarning so‘zdagi ifodasi, nutqining tuzilishidir. Boshqa stillardan uni hikoyadagi o‘ziga xos shakli va usuli ajratib turadi (masalan: aniqlik, mantiqiylik, obrazlilik, ifodalilik, hissiyotlik, tozaligi, tilning boyligi va h.k.) Gid tilining individual stili uning kasbiy mahorati darajasi, nutq madaniyatini belgilaydi. Gid tili stilining o‘ziga xosligi uning vazifalariga bog‘liq: • tarixiy voqeaning tashqi kartinasini qayta tiklash; • kuzatilayotgan ob’ekt, hikoya qilinayotgan voqea, tabiat hodisalariga isbotiy tavsiflar berish; • uzoq o‘tmishning tarixiy holatini ekskursantlar his etishini ta’minlash. Gid nutqida «shunday qilib», «xullas», «qisqasi» kabi standart so‘z va iboralar o‘rinsizdir. Nutq jilosi ham muhim. Gid nutqining ohangi butun ekskursiya davomida yuqoriroq bo‘lishi kerak. Hikoyaning xarakteri unga qo‘yilgan vazifalarga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Hikoya darak beruvchi yoki rekonstruksiyalovchi xarakterda bo‘lishi mumkin. Darak beruvchi hikoya – bu biror voqea, uning sodir bo‘lishi jarayoni haqidagi hikoyadir. Hikoya qiluvchi ekskursantlarda voqealarning qanday va qayerda sodir bo‘lganligi haqida tasavvur uyg‘otadi. Ma’lumotlarni bayon etishning darak stili ko‘pgina ekskursiya jarayonida uchun xosdir. Rekonstruktiv hikoyada ekskursantlarning hayoliga u yoki bu predmetni avvalgi holatini qayta tiklash vazifasi qo‘yiladi (masalan: bizning davrimizgacha yetib kelmagan Afrosiyob qadimiy shahri). Ma’lumotni qabul qilish jarayonini boshqarish orqali gid ekskursantlarga o‘z ongida yaratgan kartinani ko‘rishni tavsiya etadi. Download 387.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling