FARG’ONA SHAHRIDAGI KOREYA
XALQARO UNIVERSITETI
MENEJMENT VA KOMPYUTERLASHGAN
BUXGALTERIYA HISOBI
2 – BOSQICH "B" GURUH TALABASI
ABDURAZZOQOV ABBOSBEKNING
MARKETING TAMOYILLARI FANIDAN TOPSHIRIG’I
경영회계전산학과 B 반
학번: 1920131008
MARKETING MIKS (4Ps) ATAMASI
4Ps
- "Marketing miks" atamasi – mahsulot, narx, joy va reklama atrofida joylashgan korxonalar uchun asos modelidir.
- Marketing miks to'rtta keng marketing qarorini anglatadi: mahsulot (product), narx (price), yetkazib berish (place) va rag’batlantirish (promotion)
- Keyingi slaydda siz marketing miks tarixi haqida bilib olishingiz mumkin
- Marketing miks (4Ps) ning kelib chiqishi 1940 – yillarning oxirlarida kuzatiladi. Bu haqida birinchi ma'lum bo'lgan so'z Garvard Universitetining marketing bo'yicha professori, professor Jeyms Kullitonga tegishli. 1948 – yilda Kulliton "Marketing xarajatlarini boshqarish" nomli maqolasini chop etadi, unda Kulliton marketologlarni ingredientlarni aralashtiruvchi deb ta’riflaydi. Bir necha yil o’tgach, Kullitonning hamkasbi, professor Nil Borden marketing aralashmasining dastlabki tarixini batafsil bayon qiladigan retrospektiv maqolasini e’lon qildi, unda u Kullitonning "mikserlar" g’oyasidan ilhomlanganligini ta'kidladi. Bordenning so’zlariga ko’ra, u "marketing aralashmasi" atamasini 1940 - yillarning oxiridan boshlab doimiy ravishda ishlatgan.
MARKETING MIKS (4Ps) TARIXI
JEROM MAKKARTINING 4 TA PSI
- Akademik Jerom Makkarti tomonidan taklif qilingan original marketing aralashmasi yoki 4Ps, marketing qarorlarini qabul qilish uchun asos yaratgan. Makkartining marketing aralashmasi o’sha vaqtlardan beri marketingning eng barqaror va keng tan olingan doiralaridan biriga aylandi.
- Keyingi slayddagi jadvalda siz 4Ps ning qisqacha bayoni bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
JADVAL: 4 TA Ps NING QISQACHA BAYONI
Turkum
|
Marketing bo’yicha qarorlar
|
Mahsulot
|
Mahsulotning hususiyatlari; sifati; brendlanishi; qadoqlanishi; xizmati va kafolatlarini o’z ichiga oladi.
|
Narx
|
Narx strategiyasi; narxlash; nafaqalar; chegirmalar; to’lov shartlarini o’z ichiga oladi.
|
Yetkazib berish
|
Kanallar; marketingni qamrab olish; assortiment; manzil; transportlarni o’z ichiga oladi.
|
Rag’batlantirish
|
Sotishni rag’batlantirish; reklama; ijtimoiy munosabatlar; to’g’ridan-to’g’ri marketingni o’z ichiga oladi.
|
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
감사합니다
Do'stlaringiz bilan baham: |