Xalqaro va davlatlar aro standartlashtrish Reja: Standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilotlar
Download 49.79 Kb. Pdf ko'rish
|
Xalqaro va davlatlar aro standartlashtrish M.Berdiyev (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilot (ISO)
Xalqaro va davlatlar aro standartlashtrish Reja: 1. Standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilotlar 2. Standartlashtirish bo’yicha mintaqaviy tashkilotlar 3. Metrologiya bo’yicha xalqaro tashkilotlar O‘z DSt 1.0 da standartlashtirish sohasidagi xalqaro hamkorlikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan: - O’zbekiston standartlashtirish tizimining qoidalarini xalqaro standartlashtirish tizimlari bilan uyg’unlashtirish; - O’zbekiston me’yoriy hujjatlar Davlat fondini xalqaro, standartlari qo’llash asosida takomillashtirish; - yangi raqobatbardosh mahsulotlar va texnologiyalarga tegishli maxalliy standartlar asosida xalqaro standartlarini ishlab chiqish; - chet davlatlar bilan savdo-iqtisod va ilmiy-texnik xamkorlikni me’yoriy ta’minotini yaxshilash; - xalqaro standartlarni ishlab chiqishda O’zbekiston manfaatini ximoya qilish; o’lchash birliligini ta’minlash. Standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilotlar Standartlashtirish bo’cha xalqaro tashkilot International standartization organization (ISO) Elektrotexnika bo’cha xalqaro komissiya International elektrotechnical commission (IEC) Elektroaloqa sohasida xalqaro uyushma International Telecommunication Union (ITU) ISO ofisi 1947 y Standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilot (ISO) Standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilot (ISO) 1946 yilda BMTning standartlarni muvofiqlashtirish qumitasi tomonidan tashkil etilgan va shu yili uning Nizomi qabul qilingan. Nizomda uning maqomi, tarkibi, quyi idoralari, vazifalari va ish uslublari belgilangan, ISOning birinchi Bosh assambleyasi 1946 yil 14 oktyabrda bo’lib o’tgan. ISO o ’z faoliyatini 1947 yil 23 fevralda 15 davlatning standartlashtirish bo ’yicha idoralari tomonidan Nizom ratifikatsiya qilingandan so’ng rasman boshladi. Shu kuni ISOning rasmiy tashkil etilgan kuni hisoblanadi. ISO Nizomida “Tashkilotning maqsadi, - dunyo miqyosida xalqaro tovarayirboshlashni va o’zaro yordamni rivojlantirishga yordam ko’rsatish -hamda intellektual, ilmiy, texnik va iqtisodiy faoliyat sohalarida hamkorlikni kengaytirish” ekanligi ko’rsatilgan. ISOninag asosiy vazifasi texnik qumitalarda xalqaro standartlarni, rahbariy xujjatlar, qoidalarni ishlab chiqish. Bular a’zo davlatlar uchun ixtiyoriy xujjat hisoblanadi. O’zbekiston davlat standarti O‘z DSt ISO/IEC 21 da xalqaro standartlar (xususan, ISO standartlari)ni O’zbekistonda milliy standart sifatida qo’llash tartibi belgilangan. “O’zstandart” agentligi O’zbekiston Respublikasining standartlashtirish sohasida milliy idorasi sifatida 1994 yildan boshlab ISOning haqiqiy a’zosi hisoblanadi. “O’zstandart” agentligi ISOning barcha tadbirlarda qatnashish, ishlab chiqarilayotgan standartlar va qabul qilinayotgan turli xujjatlar (dasturlar, rejalar va x.z.) bo’yicha ovoz berish, ISOning barcha organlariga saylash va saylanish huquqiga egadir. “O’zstandart” agentligi ISOning 6-ta TQsiga a’zo bo’lishga erishdi. nufuzli 2010 va 2012 yilda “O’zstandart” agentligi vakili ISOning eng qumitasi (DEVKO)ning boshqaruv kengashiga a ’zo etib saylandi. Download 49.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling