Xalqlarining musiqa adabiyoti
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
MDH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy asarlar ro’yxati
- XIX asrning 60-70 yillardagi rus musiqa madaniyati. 1861
- Qudratli to’daning » asosiy tamoyillari
- Asos topgan yili
- «Knyaz Igor» «Knyaz Igor» operasining qisqacha mazmuni.
Tayanch ibоralar:
Оpera – maxsus librettо asоsida yakkaxоnlar, xоr, balet, simfоnik оrkestr uchun tasviriy san`at va libоslar yordamida yaratiladigan yirik sintetik musiqa asari. 21
Simfоniya – sоnata- simfоnik turkumi shaklida simfоnik оrkestr uchun yozilgan musiqa asari. Sоnata- simfоnik turkumining asоschisi Yоzef Gaydn bo’lgan. Uvertyura – muqaddima, kirish ma`nоsini anglatadigan bir qismli simfоnik asar. Uvertyura оdatda оpera yoki spektaklga kirish o’rnida yoziladi. Fantaziya – erkin shaklda yozilgan bir qismli simfоnik asar. Rоndо – kamida 3 marta qaytariladigan refren o’rtasida lavhalar kiritilgan shaklga aytiladi. Sоnata – bir biriga qarama -qarshi ikkita mavzuning bayoniga asоslangan, ekspоzitsiya, rivоjlоv va reprizadan tashkil tоpgan shaklga aytiladi. Asosiy asarlar ro’yxati “Ivan Susanin”, “ Ruslan va Lyudmila” operasi N.Kukol’nikning “Knyaz Xolmskiy” tragediyasiga musiqa Ovoz va fortepiano uchun 80 ta asar : Romanslar, qo’shiqlar, ariyalar. Simfonik asarlar: “Aragoncha xota”, “Madriddagi tun” kabi ispancha uvertyuralar, “Kamarinskaya” simfonik fantaziyasi, “Vals-fanatziya” Cholg’u ansambllar Fortepiano uchun pyesalar: (variatsiyalar, mazurkalar, valslar, noktyurnlar va boshqa asarlar)
bo’libgina qolmasdan, balki uning ishini davom ettiradigan atoqli ijodkorlardan hisoblanadi. Dargomijskiy musiqada tanqidiy realizmning birinchi namoyondasi bo’ldi. Kompozitor ijodining asosiy mavzusi –boylar va kambag’allar tabaqasidagi ziddiyatni ochib ko’rsatish , insoniyat huquqlarini poymol qilinishiga norozilik bildirishdan iboratdir . Aleksandr Sergeyevich Dargomijskiy 1813- yil fevral oyida Tula guberniyasida tug’ildi. U to’rt yo’shida Dargomijskiylar oilasi Peterburgga
22
ko’chib boradi va bo’lajak kompozitor hayotining oxirigacha o’sha yerda yashaydi. Aleksandrning otasi kichik chinovnik (davlat xodimi, amaldor) bo’lgan, onasi esa she’rlar yozgan. Bola olti yoshidan fortepiano, to’qqiz yoshidan boshlab skripka chalishni o’rgandi, musiqa ijodi sohasida ham urinib ko’rdi. Dargomijskiy 1834- yilda Glinka bilan uchrashgandan keyin musiqa bilan jiddiy shug’ullanadi va ijodiy izlanish yo’liga kirdi. Ayni vaqtda Dargomijskiy Glinkaning mashhur birinchi rus klassik operasi «Ivan Susanin» yaratilishida unga yaqindan yordam bergan edi. Kompozitor shu davrda Pushkin ijodi bilan ham chuqur tanisha boshlaydi. Bu tanishuv uning badiiy jihatdan shakllanishida katta rol’ o’ynagan edi. 30-40 yillar mobaynida kompozitor Pushkinning «Sizni sevar edim», «Yigit va qiz», «Ko’z yoshlari», «Vertograd» singari she’rlariga qo’shiqlar yaratdi. Yana u Pushkinning «Vakx tantanasi» asari asosida yakkaxonlar, xor va orkestr uchun kantata ham yozdi. Kompozitor shu davrda o’zining birinchi operasi-«Esmeralda» (Viktor Gyugo) asarini yaratdi, ammo opera sahnasida qo’yilsa ham, muvaffaqiyat qozonmadi. Dargomijskiy 1844-1845 yillarda Vena, Bryussel va Parijga bordi, bu shaharlardagi san’at va adabiyot namoyandalari bilan tanishdi, bu esa kompozitor dunyoqarashining kengayishiga va tafakkurning o’sishiga yordam berdi.
Kompozitor 1845- yilda vataniga qaytgandan keyin ikkinchi operasi - «Rusalka» ustida ishlay boshladi. Shu orada Pushkin, Lermontov, Koltsov va boshqa shoirlarning dastlabki tanqidiy, o’z zamonasining hukmron sinflariga nafratdan iborat mazmundagi misralarni o’z ichiga olgan she’rlariga musiqalar yozdi. Uning shu davrda yozilgan romanslarining ko’pchilik qismida boshpanasiz qolgan, xo’rlik, haqorat, istirobini chekkan yolg’iz ayollar fojiasi, ularning achchiq qismati aks ettiriladi. Dargomijskiy 1855- yilda «Rusalka» operasini yozib tugatdi. Opera 1856 -yil may oyida Peterburgda sahnaga qo’yildi.
23
«Rusalka» operasining qisqacha mazmuni
Dnepr daryosi bo’yidagi tegirmon. Natasha sevimli knyazni kutmoqda. Knyaz Natasha bilan xayrlashgani keladi, chunki u boy tabaqaga mansub qizga uylanmoqchi. Knyaz qimmatbaho sovg’alar bilan qiz va uning otasini yupatmoqchi bo’ladi. Natasha farzand kutayotganligini aytadi. Knyaz ketadi. Natasha o’zini daryoga tashlab g’arq bo’ladi. Knyaz uylanmoqda . To’y avjiga chiqqanda g’arq bo’lgan qizning mungli qo’shig’i eshitiladi.To’y buziladi. Oradan 12 yil o’tadi. Tun. Dnepr yoqasidagi vayrona tegirmon.Suv parilarining qo’shig’i eshitiladi. Knyaz keladi . Juldur kiyingan, telba tegirmonchi chol- Natashaning otasi ham paydo bo’ladi.Kichik suv parisi knyazni suvga yaqin keltiradi.Tegirmonchi chol knyazni suvga itaradi. Shinavandalarning operaga bo’lgan munosabati turlicha bo’ldi; aristokratiya tabaqasi, odati bo’yicha, opera rus milliy operasi bo’lganligi uchun uni nazar- pisand qilmadilar, demokratik kayfiyatidagi ziyolilar esa uni yaxshi baholadilar. Mashhur rus musiqa tanqidchisi Serov «Rusalka» ni maqtab yozgan edi. Ammo kompozitor ruhan qattiq iztirob chekdi, vaqtincha do’stlaridan uzoqlashdi, musiqa hayotiga faol ishtirok etmay qo’ydi. 1859 -yilda Kryuchkin bilan Stepanov «Iskra» nomli satirik jurnal chiqara boshlaydilar. Jurnalga Dargomijskiy ham jalb qilinadi. Shu davrda kompozitor «Keksa kapral», nomli dramatik qo’shiq yaratdi. Qo’shiqda ofitser tomonidan haqoratlangan va buning ustiga o’lim jazosiga чhukm qilingan keksa askar obrazi gavdalangandir. Bundan tashqari, Dargomijskiy «Chuvolchang», «Titulyar maslahatchi» singari bir qancha satirik asarlar ham yozdi. Kompozitor 1864-1865- yillarda yana chet elga chiqib ketdi. Varshava, Bryussel, Leypsig, Parij va boshqa shaharlarda bo’ldi. Bryusselda uning asarlari ijro etildi, belgiyaliklar ham uni qizg’in olqishladilar. Dargomijskiy 1865- yilda vataniga qaytib kelgandan keyin, postanovkadan olib tashlangan «Rusalka» operasi qaytadan sahnaga qo’yildi va zo’r muvaffaqiyat qozondi. «Rusalka» operasidan keyin Peterburg va Moskva teatri sahnalarida «Esmeralda», va «Vakx tantanasi» asarlari qo’yildi. 1867- yilda kompozitor Rus musiqa jamiyati direksiyasi tarkibiga a’zo bo’ldi.
24
1861- yildan 1867 -yilgacha uchta simfonik uvertyura- fantaziya «Baba Yaga», «Ukrain kazachog’i», «Finn mavzulariga fantaziya»(«Chuxon fantaziyasi»)ni yaratdi. Muallif bu asarlarida ustozi Glinka boshlagan yo’lni davom ettirib, xilma-xil milliy qo’shiq kuylarini asosiy manba qilib oldi. Dargomijskiy 1867- yilning oxirida Pushkin asari asosida «Tosh mehmon » operasini yozishga kirishdi. Bu asar boshdan oxirigacha birgina rechitativdan iborat bo’lib, unda ariya, xor, ansambl singari opera san’ati uchun muhim nomerlar kiritilmagan edi. Kompozitor 1896- yil yanvar oyida vafot etdi. Uning vasiyati bo’yicha «Tosh mehmon» operasi Kyui va Rimskiy –Korsakov tomonidan tugatildi. Opera 1872 -yilda Peterburgdagi Mariin teatri sahnasida qo’yildi. Dargomijskiyning ijodi rus musiqasining kelgusida rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan edi. 60- yillar rus musiqa san’atining namoyandalari Dargomijskiyni Glinka yo’lini davom ettirgan tolmas ijodkor sifatida baholaydilar. Kompozitor boshlab bergan psixologik musiqali drama janri zamondosh kompozitorlar uchun katta imkoniyatlar ochib berdi. A.S. Dargomijskiy beshta opera, uchta simfonik asar, xorlar, vokal kvartetlar, triolar, duetlar va yuzga yaqin ashula hamda romanslar yaratgan edi.
Operalar: “Esmeralda”, “Rusalka”,(opera- balet)“Vakx tantanasi”, “Tosh mehmon”. Simfonik pyesalar: “Kazachok”, “Baba Yaga”,“Chuxon fantaziyasi”. 100 ta qo’shiq va romanslar (Koltsov, Kurochkin, Pushkin, Lermontov va boshqa shoirlar so’zlariga yozilgan). Vokal ansambllar. Fortepiano uchun pyesalar.
keyin san’atning barcha turlari tez rivojlana boshlaydi. Adabiyot sohasida Anton Pavlovich Chexov, Lev Nikolayevich Tolstoy, Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy, Vladimir Galaktionovich Korolenko, va
boshqalar. Musavvirlik sohasida Serov, Kramskoy, Shishkin, Ayvazovskiy, Repin, Surikov kabilar ijod qilishadi. Musiqa san’atida ham ijrochilik shakllanadi.
25
Pianist A.G.Rubinshteyn, violonchelist Davidov, skripkachi Auer,
Venyavskiy, musiqashunoslar Serov, Kyui , Stasov va boshqalar o’z maqolalari bilan chiqishadi. Dirijorlardan Napravnik, A.G. Rubinshteyn, M.A. Balakirev va boshqalar ishlaydi. 1859 – yil Peterburg shahrida Anton Grigoryevich Rubinshteyn Rus musiqa jamiyatini tashkil qiladi. Bu jamoada musiqa sinflari bor edi. Shu sinflardan keyinchalik 1862 yilda birinchi rus konservatoriyasi tashkil topadi. Uning asoschisi va birinchi direktori A.G.Rubinshteyn bo’lgan. 1860-yilda Moskva shahrida Rus musiqa jamiyati, 1866- yilda ikkinchi rus konservatoriyasi ochildi. Uning asoschisi va rahbari Nikolay Grigoryevich Rubinshteyn bo’ladi. 186- yillar oxiri- 70- yillar davomida Peterburg shahrida Miliy Alekseyevich Balakirev «Qudratli to’da» kompozitorlar yig’ilmasini tashkil qiladi. Yig’ilmaga beshta kompozitor a’zo bo’lgan: 1. Miliy Alekseyevich Balakirev. 2. Sezar Antonovich Kyui. 3. Nikolay Andreyevich Rimskiy-Korsakov. 4. Modest Petrovich Musorgskiy. 5. Aleksandr Porfiryevich Borodin. Keyinchalik shu kompozitorlar o’z ijodiy yo’llarini topib 70- yillarda tarqalib ketgan. Sezar Kyui ko’proq musiqa tanqidchisi sifatida tanilgan. Rimskiy- Korsakov va Musorgskiy opera kompozitorlari bo’lgan. Rimskiy- Korsakov ertaklarga qiziqib, aksariyat operalarini ertak janrida yaratgan. « Oltin xo’roz», «Qor qiz», «O’lmas Kashey», «May kechasi», «Rojdestvo arafasidagi tun». Musorgskiy yaratgan operalardan «Boris Godunov», «Xovanshina», «Sorochin yoymasi» kabi operalari dunyo bo’yicha mashhur. A.P. Borodin ko’proq afsonaviy mavzularga qiziqib, o’z ijodida rus botirlari obrazlarini yoritadi. «Knyaz Igor» operasi, ikkita kvartet, 16 ta romans, «O’rta Osiyoda» nomli bir qismli simfonik manzarasi kabi taniqli asarlari mavjud. 60 - yillarda Balakirev «Bepul musiqa maktabi»ni tashkil etadi. Unda musiqaga qobiliyati bor bolalar o’qishlari mumkin edi. Shu maktabda va rus musiqa jamiyatida simfonik orkestrlar mavjud bo’lgan. Rubinshteyn va Balakirev o’zlari dirijorlik qilib, kontsertlarini tashkil qilib chet el va rus kompozitorlari asarlari bilan tanishtiradi. Shu yillarda xalq ijodiga ham qiziqishi oshib, kompozitorlar xalq kuylarini qayta ishlashar edi: M.A. Balakirevning ikkita to’plami 1. «O’ttizta rus xalq qo’shiqlari». 2. «Qirqta rus xalq qo’shiqlari». 26
N.A.Rimskiy-Korsakovning «Yuzta rus xalq qo’shiqlari», P.I.Chaykovskiyning «Ellikta rus xalq qo’shiqlari» mavjud.
«Qudratli to’daning» asosiy tamoyillari 1.M.I.Glinka belgilab bergan yo’l bilan rivojlanib borish. 2.Rus xalq qo’shig’i imkoniyatlarini tejab, avaylab foydalanish. Kompozitorlik ijodida qo’llash. 3.Sharq musiqasini, shu jumladan O’rta Osiyo, Kavkaz xalqlar musiqasini o’rganib borish, arab musiqasi bilan qiziqish. 4.Simfoniya, opera, romans kabi janrlarini yanada boyitib, rivojlantirish.
«Novaya russkaya shkola muzi’ki», «Yangi rus
musiqa maktabi» «Qudratli to’da». ( V.V.Stasov). M.A.Balakirev to’garakning tashkilotchisi,g’oyaviy rahbari, tashabbuskori Kompozitor, dirijor, jamoa arbobi.
S.A. Kyui.
to’garakning a’zosi. Kompozitor, musiqa
tanqidchisi. M.P. Musorgskiy to’garakning a’zosi. Kompozitor, dirijor. A.P.Borodin
to’garakning a’zosi. Harbiy jarroh,
kimyogar, kompozitor, dirijor, jamoa
arbobi. N.A.
Rimskiy- Korsakov.
to’garakning a’zosi. Kompozitor, dirijor, jamoa arbobi, professor, murabbiy
27
60-70 yillarda musiqa madaniyatiga oid faoliyat yuritgan tashkilotlar
shahar tashabbuskor Asos topgan yili
Rus musiqa jamiyati Peterburg
A.G.Rubinshteyn 1859
Bepul musiqa maktabi Peterburg M.A.Balakirev 1862 Rus musiqa jamiyati Moskva
N.G.Rubinshteyn 1860
Yangi rus musiqa maktabi Peterburg M.A.Balakirev 60-70-
Peterburg konservatoriyasi Peterburg A.G.Rubinshteyn 1862
Moskva konservatoriyasi Moskva
N.G.Rubinshteyn 1866
Rus kompozitori, pianinochi, dirijyor, musiqa-jamoa arbobi. Tizim li musiqa ma’lumotini olmagan. Chuqurlashtirilgan o’z ustida mustaqil ravishda ishlash mashg’ulotlari Balakirev iqtidorining rivojlanishiga ko’mak bergan. Glinka bilan uchrashuv ijodiy hayotida muhim rol o’ynagan; Balakirev rus klassik musiqasi asoschisining vasiyatlariga umrning oxirigacha sodiq qoladi. Balakirev- rus musiqasining tarixiga “Qudratli to’da” nomi bilan kirib qolgan yosh kompozitorlar hamkorligining tashkilotchisi va boshlig’i bo’lgan. “Bepul musiqa maktabining” asoschisi va rahbari, uning simfonik kontsertlariga dirijorlik faoliyati, shuningdek, ”Saroyqoshidagi qo’shiqchilik kapellasini” boshqaruvi katta ahamiyatga ega bo’lgan edi. M.P.Musorgskiy, A.P.Borodin, N.A.Rimskiy-Korsakov, S.A.Kyui kabi kompozitorlar ijodining rivojlanishiga M.A.Balakirev katta ta’sir ko’rsatgan. musiqa merosi
nihoyatda boy:
Balakirev 2ta
simfoniya,”Rus’ ”,”Chexiyada”, “Tamara”, kabi simfonik poemalar, “Uchta rus mavzuga uvertyura”, Shekspirning “Qirol Lir” tragediyasiga musiqa, Fortepiano va orkestr uchun 2ta kontsert, simfonik syuitalar, uvertyuralar, marshlar, fortepiano uchun “Islamey” fantaziyasi, fortepiano uchun pyesalar, “Rus xalq qo’shiqlari” ning 2ta to’plami va boshqa asarlarning muallifi. Rus musiqa tarixiga kompozitor Balakirev chuqur xalqchil asarlarning yaratuvchisi, a’lo (porloq) pianinochi va dirijor, atoqli tashkilotchi- ma’rifatchi va yosh kompozitorlarni o’stirib tarbiyalagan murabbiy sifatida kirib kelgan.
28
Aleksandr Porfiryevich Borodin Aleksandr Porfiryevich Borodin 1833- yilda Peterburgda tug’ildi. U yoshligidayoq ikkita mutaxasislikka – musiqa va kimiyoga qiziqdi va hayotining oxirigacha shu kasblar bilan shug’ullandi. Borodin yoshlik chog’laridayoq kichik musiqa p’yesalarni yaratdi, opera, kontsertlarga borib turdi va qunt bilan musiqa adabiyotini o’rgandi. U yashaydigan uy esa xilma-xil kimyoviy shisha idishlar bilan to’ldirilgan maxsus laboratoriyani eslatardi. Kimyo fani asosiy fanlardan biri hisoblangan harbiy xirurgiya akademiyasini tugatgandan keyin Borodin gospitalda shifokor (vrach) lavozimida ishladi. Oradan ko’p vaqt o’tmay shifokorlik (vrachlik) kasbini tashlab, kimyo sohasidagi ilmiy ishlarga berilib ketdi. Kimyo bilan bir qatorda u musiqa bilan ham jiddiy shug’ullandi. Borodin ikkita simfoniya yozdi. Ikkinchi «Bahodirlik simfoniyasi keng shuxrat qozongan asarlardan hisoblanadi. Kompozitor bu asarida bahodirlar obrazini, ularning kuchi, qudrati va shodu hurramligini ifodalaydi. Bu simfoniya yetti yil ichida yozilgan edi. Chunki kompozitor jamoat ishlari, ilmiy – pedagogik ishlar va kimyo bilan band bo’lganligi sababli ko’pincha musiqa ijodiga ko’p vaqt ajratolmasdi. Borodin 1869- yilda o’zining yakkayu – yagona operasi «Knyaz Igor»ni yozishga kirishdi. XII asr oxirida noma’lum muallif tomonidan yozilgan «Igor polki haqida doston» nomli asar opera librettosining asosiy mavzusi bo’ldi. Dostonda Novgorod – Severskiy knyazi Igor Svyatoslavovichning 1185- yilda polovetslarga qilgan muvaffaqiyatsiz yurishi haqida hikoya qilinadi.
«Knyaz Igor» «Knyaz Igor» operasining qisqacha mazmuni. Putivl xalqi knyaz Igorni polovetslarga qarshi jangiga kuzatmoqda. To’satdan quyosh tutilishi boshlanadi. Xaloyiq biror falokat yuz berishini sezib, Igorni jangga bormaslikka da’vat etadi. Ammo Igor borishga qat’iy qaror qiladi. 29
Igorning xotini Yaroslavna akasi knyaz Galitskiy hokimiyati qo’lga olish va Putivlda taxtga o’tirishni orzu qiladi. Igorning xotini Yaroslavna akasi knyaz Galitskiydan sodir bo’layotgan tartibsizliklar uchun javob berishini talab qiladi. Mana shunday og’ir bir paytda boyarlar knyaginyaga jangda Igorning mag’lubiyatga uchraganligi, o’zining esa asirga tushganligi va polovets qo’shinlarining Putivl qo’rg’oniga yaqinlashib qolganligini xabar qiladilar. Boyarlar shahar qal’asining ishonchli qo’llarda ekanligini, uni qattiq turib himoya qilishlarini aytib knyaginyani ishontiradilar. Polovetslar qarorgohi. Kechki payt Xon Konchak qizining chodiri yonida qizlar yig’ilishgan. Konchakovna sevimli yigiti- knyaz o’g’li Vladimir Igorevich bilan uchrashmoqchi. Polovets xoni Konchak qizi bilan Vladimir to’yiga rozi, ammo Igor asirda ekan, bu to’g’rida hatto eshitgisi ham kelmaydi. Xon Igorning tushkin kayfiyatini va ruhini ko’tarish uchun polovetslarga va ularning bandilariga raqs boshlashga buyruq beradi. Igor o’g’li bilan birgalikda Konchak asirligidan qochmoqchi bo’ladi, ammo bir o’zi qochadi, xolos. Yaroslavna shahar qal’asi ustida Igorning kelishini kutmoqda. Igor keladi. Xaloyiq Igorni olqishlaydi.
«Knyaz Igor» operasi originalligi, yorqinligi, melodiyasining boyligi, jihatdan opera musiqasida alohida o’rin tutadi. Polovetslar raqsi operaning rang-barang va g’oyat rivojlangan sahnalardan hisoblanadi. Operada polovetslar xarakterining turli-tuman tomonlari, keskin va shiddatli harakatlari, vaxshiyona urushqoqligi va boshqa xilma-xil xususiyati juda batafsil ko’rsatib berilgan. Bu sharq xalqlari raqslariga asoslangan xoreografiya sahnasining klassik namunasidir. Borodin tomonidan yaratilgan raqs syuitasining boshqa xususiyati shundan iboratki, unda turli xarakterdagi raqslarning rivojlantirilishi, ularning qo’shiq bilan qo’shillib ketishi, o’zaro bog’lanishi, xilma-xil bo’yoqlarda ifodalangan manzarani hosil qila oladilar. Igor ariyasi operaning markaziy nomerlaridan biri hisoblanadi. Unda bosh qahramonning ichki kechinmalari har tomonlama va to’la–to’kis ochib berilgan. Igor mard sarkarda, sadoqatli vatanparvar va sevimli yor sifatida tavsiflanadi.
30
Jangdagi muvaffaqiyatsizlik haqidagi ko’ngilsiz xotiralar uning qalbida kurashga va erkinlikka otlanish tuyg’ularini qo’zg’atadi. Vatan taqdiri to’g’risidagi o’ylar Igorni Yaroslavna haqida ham yaxshi o’ylarga olib keladi. Orombaxsh va yorqin kolorit bilan ajralib turadigan lirik ohang taralib turadi. Bu ohangda o’zgacha bir obraz tasvirlanadi. Unda qat’iylik va sahiylik, ayyor va o’ziga xos ulug’vorlik singari qarama-qarshi ruhdagi ajoyib obrazlar bir- biriga organik bog’lanib ketadi. Borodin Pushkin, Nekrasov, Geyne va o’zi yozgan she’rlarga bir qancha romanslar ham yozgan. Borodin 1887- yilda vafot etdi. Uning ijodiy va jamoatchilik faoliyati, ma’naviy qiyofasi ulug’vor xarakteri uni biladigan barcha tanishlari va ayniqsa yoshlar orasida uning mashhur bo’lishiga omil edi. «Knyaz Igor» (2) Prolog va 4 pardadan iborat opera. Libretto muallifi - A.P. Borodin.
Qatnashuvchi shaxslar: Igor Svyatoslavovich, Severskiy knyazi……..……….……...bariton Yaroslavna, uning rafiqasi……………………………..…….soprano Vladimir Igorevich- birinchi turmushidan orttirgan o’g’li.…….tenor Vladimir Yaroslavovich-Galitskiy knyazi, knyaginyaYaroslavnaning akasi…………………………………………………….…baland bas Konchak-polovets xoni……………………………….…………...bas Gzak- polovets xoni…………………………………….……..so’zsiz Konchakovna- Konchak xonning qizi…………………...….kontralto Ovlur- cho’qintirilgan polovets yigit……………………………tenor Skula- gudoshnik (puflamachi)……………………………………bas Yeroshka (puflamachi)…………………………………………..tenor Yaroslavnaning enagasi……………………………………...soprano Polovets qiz……………………………………………….…soprano
Rus knyaz va knyaginyalar, boyarlar, oqsoqollar, rus askarlar, qizlar, xalq, polovets xonlar va xokazolar.
Operaning xarakati 1185 yilda sodir bo’lib o’tadi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling