Xalqlarining musiqa adabiyoti


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana15.09.2020
Hajmi0.61 Mb.
#129905
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MDH


“Knyaz Igor” 

 

I  parda.  Qadim  rus  Putivl  shahrida  Knyaz  Igor  o’z  qo’shini  bilan 



polovetslarga  qarshi  yurish  uyushtirmoqchi.  Xalq  knyazni  sharaflaydi. 

Birdaniga  quyosh tutilishi  boshlanadi.  Qorong’u  tushadi.  Nohushlikni  sezib, 

xalq,  boyarlar  va  Yaroslavna  Igorni  qolishni,  hech    qanaqa  safarga 

otlanmaslikni  iltimos  qilishadi.  Ammo    Igorning  qarori  qat’iy.  Xotinini 

Vladimir Galitskiy akasiga topshirib, qo’shini bilan birgalikda dushmanlarga 

qarshi  urushga  ketadi.  Galitskiy  Igorning  yo’qligi  bilan  foydalanib,  o’ziga 

yaqin  ulfatlari  bilan  mayshat  qilib,  yeb,  ichib,  bemani  ishlar  bilan 

shug’ullanadi. Bazmni mast Skula va Yeroshka boshqaradilar. Ular Igorning 

qo’shinidan  qochib  ketgan.  Galitskiy  Putivlni  o’z  qo’liga  olib,  hokimiyatni 

boshqarmoqchi. Hozircha esa aholini xohlaganicha 

qiynaydi.  Bir  qizni  o’g’irlab,  unga  zo’ravonlik  o’tkazmoqchi.  Qizning 

dugonalari  oldiga  borib,  uni  qoyib  yuborishni  so’raydilar.  Ularni  haydab 

yuboradi.  Qizlar  knyaginya  huzuriga  kelib,  undan  yordam  berishni  iltimos 

qilishadi.  Yaroslavna  akasi  Galitskiydan  sodir  bo’layotgan  tartibsizliklar 

uchun  javob  berishini    talab  qiladi.  Knyaginya  oldiga  boyarlar  kelib,  Igorni 

mag’lubiyatga  uchraganligi  va  jarohatlanib,  o’g’li  bilan  birga  asirga  tushib 

qolganligi  haqida  sovuq  xabar  yetkazadi.  Shunaqa  bir  mushkul  paytda, 

polovetslar  qo’rg’onga  yaqinlashib  qoladi.  Boyarlar  shahar  qal’asi  ishonchli 

qo’llarda,  devorlari  mustahkamligini  ishontirib,  Yaroslavnaga  sodiq  turib, 

shaharni  himoya  qilishadi.  II,  III  parda  polovetslar  qarorgohi.  Konchakxon 

qizining  chodiri  yonida  qizlar  yig’ilishgan.  Ular  o’ynab,  ashula  aytishadi. 

Lekin  Konchakovna  Igorning  o’g’li  Vladimir  bilan  ko’rishgandan  keyingina 

kayfiyati ko’tariladi. Igor o’ylanib yuradi. Unga sodiq Ovlur qochishni taklif 

qiladi.  Igor  yashirin  qochishni  istamay,    ikkilanib  turadi.  Uning  mardligiga 

qoyil  qolgan  Konchakxon  Igorga  nisbatan  asir  emas,  balki  aziz  mehmon 

tarzida  qaraydi.  Uning  oliyjanobligi  va  jasurligi  hurmat  hissini  qozonadi. 

Konchakxon uni qo’yib yuborish mumkinligini  aytadi, faqat sharti bor: Igor 

hech qachon polovets xoniga qarshi qilich ko’tarmasligi kerak. Igor esa ozod 

bo’lgach  yanada  qo’shin  yig’ib  polovetslarga  qarshi  chiqishi  haqida  to’g’ri, 

yashirmasdan,  yuziga  qarab  aytadi.  Xon  asir  qizlarga  kuylashni  va  raqsga 

tushishni  buyuradi.  Xonning  qo’shini  yangi  yurishdan  boyliklar  orttirib, 

qaytib    keladi.  Putivl  kulfatga  uchraganligini  bilib,  Igor  qochishga  qaror 

qiladi    va  Ovlurni  shu  haqda  ogohlantiradi.  Vladimir,  Igorning    o’g’li 

Konchakovnaga yoqib qolganligini bilib qolib Konchakxon to’yiga rozi, Igor 



 

32 


esa, to u asirda ekan, hech qanaqa to’y haqida gap bo’lishi mumkinmasligini 

o’g’liga  aytadi.  Qochaman  deb,  Igor  Vladimirni  ham  olib  ketmoqchi,  lekin 

faqat  Ovlur  bilan  qocha  oladi  xolos,  chunki  Konchakning  qizi  butun 

qarorgohni  oyoqqa  turg’izib,  uyg’otib  yuborib,  Vladimirni  yonida  ushlab 

qoladi.  Vladimir  Konchakxonning    kuyoviga    aylanadi.  Qal’a  ustiga  chiqib, 

erining    kelishini  Yaroslavna  intizorlik  bilan  kutadi.  Nihoyat,  Igor    qaytib 

keladi.  Xalq  Igorni  quvonib    qarshi  oladi.  Skula  va  Yeroshka  bong  urib, 

xalqqa xush xabar yetkazganligi uchun, kechiriladilar. Oxirida Igor sharafiga 

“Slavsya” xori aytiladi. 

 

Musiqa.  “Knyaz Igor” xalq- epik operasi. Uni M.I.Glinkaning “Ruslan 

va  Lyudmila”  operasiga  yaqinligini  muallifning  o’zi  aytardi.  Operadagi  

kuylariga  asoslangan  katta  uvertyurasida  ruslarga      polovetslar  obrazi  qarshi 

qo’yiladi.  O’rta  lavhasi    jang  manzarasini  tasvirlaydi.  Prologning    ( 

“...so’zidan” olingan chinakkam matniga yozilgan) “Solntsu krasnomu slava” 

kabi  yirik  xori  qadimiy  epik  qo’shiqlarning    ulug’vor-  qa’tiyatli  aytimlariga 

yaqin. Quyosh tutilishining  dahshatga solar orkestr manzarasi, hamda qo’rqib 

turgan  boyarlar,    sevadigan  Yaroslavna,  qopolroq  Galitskiy    va  mardona- 

bo’ysinmas Igor ishtirokidagi  rechitariv sahnasi aynan shu xor bilan qamrab 

olingan.  

    Birinchi  ko’rinish  musiqasining  (I  parda),  bezori  va  daydi  fe’li  

prologning    kayfiyati  bilan  keskin  kontrastlashadi.  Galitskiyning  “Tol’ko  b 

mne  dojdatsya  chesti”  nomli    qo’shig’i    keng,  sho’x  raqsni  eslatadi.  “Oy 

lixon’ko”  degan  qizlar  xorida  mayus,  xalq  arz,  yig’i,  sadr  qo’shiqlar 

xususiyatlari  aks  ettirilgan.  Masqarabozlar  tomonidan  aytilgan    “Chto  vo 

gorode da Volodimire” kabi qo’shig’i soxta kerik bilan qo’pol- komik tarzida 

yangraydi.  

     Ikkinchi ko’rinishda yoqimtoy, maftunkor, ammo irodali Yaroslavnaning 

jozibali  obrazi    yorqin  tasvirlanadi.  “Nemalo  vremeni  proshlo  s  tex  por  ” 

nomli  ariozosida  sog’inch  va  xavotirli  sezishlari  aks  ettirilgan.  Hayo-  iboli, 

bosiq,  qa’  tiyatli  musiqa    borgan  sari  qizg’in  -  hayajonli    fe’lni  kasb  etadi. 

Davomida  Yaroslavnaning  boyarlar  bilan  birgalikdagi  sahnasida  eng  yuqori 

taranglikka erishib, xarakat dramatiklashib ketadi.  “Mujaysya, knyaginya” va  

“Nam  knyaginya,  ne  vpervoy”  kabi  xorlar  qa’tiyatli  va  badjahl  kuchga 

to’ladir.  



 

33 


    Ikkinchi  parda  polovetslar  makonidagi  manzaralariga  bag’ishlangan. 

Konchakovnaning  “Merknyet  svet  nochnoy”  nomli  kavatinasida    sevgi 

chorlovlari, ishqiy siqilishlar va hissiyotlar nozi eshitilmoqda. 

Vladimirning    “Medlenno  den’  ugasal”  degan  kavatinasi  yigit  sevgisining 

she’riyati, ajoyib janubiy tun maftunkorligi bilan esadi. 

Igorning  “Ni sna, ni otdi’xa” nomli ariyasi bosh qahramonning ko’p qirrali 

suratidir.  Bunda  vatan  taqdiri  haqidagi  hasratli  o’ylar,  ozodlikning    qizg’in 

chanqoqligi  va  Yaroslavnaga  qaratilgan  muhabbat    tuyg’usi  aks  etilgan.  

“Zdorov  li  knyaz”  kabi  ariyasida  Konchaaxkxon  qattiqko’l  badjahl  va 

oliyjanob  inson  sifaqtida  namoyish  etiladi.  Parda  polovetlsrning  xor  va 

jozibali,  porloq  raqslari  bilan  yakunlanadi.  Kontrast  rasvishda  birin  ketin 

o’tadigan ravon ayollar raqsi, g’ayratga to’la erkaklar o’yini va yengil o’g’il 

bolalar  raqsi  ijro  etiladi.  Borgan  sari  barcha    guruhlar  temperament  va 

shijoatga to’la dovul sifat raqsga  kirishib  ketadi. 



Uchinchi pardada polovetslarni tasvirlashida urushqoqlik hamda badjahllik, 

qattiq  qo’llik    birinchi  o’ringa  chiqadi.  Odatda  saxnalashtirishlarda    ushbu 

parda tushurib qoldiriladi. 

To’rtinchi  pardada  musiqa  mayuslikdan  to  umumiy  quvonchga,  shodlikka 

tomon qarab rivojlanadi. Xalq yig’I qoshiqlariga yaqin Yaroslavnaning  “Ax, 

plachu ya ” deb nomlangan ariozosida  chuqur dard, hasrat eshitiladi. Ariozo 

xalq  yig’isiga  o’sib  ketadi  –“Ox,  ne  buyniy  veter  zavi’val  ”  nomli  qishloq 

axlining  xori  huddi  haqiqiy  rus  cho’zma  qo’shiqlardaqa  jarangaydi.  Eng 

oxirida    bayramona-  tantanavor    “Znat’,  gospod’  molbi’  usli’shal”  final  xori 

ijro etiladi. 

 

 

 

 

 

Asosiy asarlar ro’yxati 

 

“Knyaz Igor” operasi, “Bahodirlar” fars-operasi. 

 3ta simfoniya ( III si tugallanmagan),“O’rta Osiyo” simfonik manzarasi. 

Torli cholg’ular va fortepiano uchun kvintet, 2 ta torli kvartet, yoki fortepiano 

uchun  “Kichik syuita”. 

16ta romans 

 


 

34 


Modest Petrovich Musorgskiy 

    

Rus kompozitori, «Qudratli to’da» ishtirokchilaridan biri, Musorgskiy o’z 

ijodida  realistik  va  xalqchillik  tamoillarini  aks  ettirgan  hamda  XIX  asr  60-

yillarida  musiqada  revolyutsion-demokratik  g’oyalarni  dadil  va  izchillik  bilan 

ifodalay olgan taniqli kompozitorlardan hisoblanadi. 

     Modest  Petrovich  Musorgskiy  1839-  yil  mart  oyida  Pskov  guberniyasi, 

Toropets  uyezdi,  Karevo  qishlog’ida  tug’ildi.  Otasi    unga  fortepianoda 

dastlabki musiqa mashg’ulotlarini o’rgatdi. 

      1849-  yilda  uni  akasi  bilan  birgalikda  Peterburgga  olib  keldi  va 

Petropavlovsk  maktabiga o’qishga berdi. 

     O’n  yoshli  Musorgskiy  o’sha  davrning  mashhur  fortepiano  muallimi 

A.Gerkedan darslar  oldi . 

Modest  1852-  yilda  gvardiya  podpraporshiklari  maktabida  o’qiy  boshladi. 

Ammo  musiqa  mashg’ulotlarini  ham  davom  ettiraverdi  va  o’n  uch  yoshida 

birinchi ijodi- “Polkani” yozdi. 

   1856-  yilda  Preobrajen  polki  ofitserlar  maktabida  o’qiydi.  Bunda  ham 

bo’lajak kompozitor, musiqa bilan shug’ullanishni davom ettirdi. Shu davrda u 

qadimgi  yunon  katolik  dini  va  cherkov  musiqasi  bilan  qisman  tanishishga 

muyassar bo’ldi. 

    Musorgskiy  1856-  yilda  Borodin  va  Dargomijskiy  bilan  tanishdi.    1856–

1857  yillar  davomida  Dargomijskiy  uyida  ayrim  musiqa  ishqibozlari 

to’planishar  va  asosan  Glinka,  qisman  Dargomijskiy  asarlarini  ijro  etishar  va 

bahslashar edi. Bu to’garakka Musorgskiy ham qatnashadigan bo’ldi, bu yerda 

u dastlab Kyui, so’ngra Balakirev bilan tanishdi. 

  Shu  narsa  ma’lumki  Musorgskiy  muallimi  A.Gerkedan  fortepianoda 

chalishdan  boshqa  hech  narsaga  o’rganmagandi,  shu  sababdan    u  garmoniya, 

polifoniya, musiqa ijodi qoidalari va instrumentovkadan mutlaqo xabarsiz edi. 

Lekin  u  o’z  ilmiy  saviyasini  oshirish  ustida  tinmay  ishladi,  Balakirevdan 

musiqa shakllarini o’rgandi. 1858- yilda ikkita skertso va bir qancha romanslar 

yozdi.  Sofoklning  «Shoh  Edip»  tragediyasiga  musiqa      yozishni  maqsad  qilib 

qo’ydi, ammo bu orzusi amalga oshmadi. 

      Musorgskiyning  harbiy  xizmatda  bo’lishi  uning  musiqa  mashg’ulotlari  va 

ijodiga tobora ko’proq xalaqit bera boshladi,   istagan  rejalari amalga oshmadi  

va nihoyat 1859- yilda u preobrajen polki xizmatidan iste’foga chiqdi. 

  Musorgskiy    1863  –1864  yillar  mobaynida  Floberning  sharq  koloriti 

tasvirlangan  «Salambo»  romani  asosida    opera  yozishga    kirishdi,  ammo  bu 



 

35 


opera  ham  tugatilmay  qoldi.  Lekin  shunga  qaramasdan  oradan  o’n  yil 

o’tgandan  keyin,  bu  tugallanmagan  operaning  ko’pchilik  nomerlari  uning 

mashhur «Boris Godunov» operasiga kiritilgan edi. 

   1865-  yilda  kompozitorning  onasi  vafot  etdi.  U  qattiq  qayg’urdi          va 

fortepiano  uchun  ikkita  pyesa:  «Buvim  va  men»,  «Birinchi  tanbeh»,  «Yot, 

uxla, dehqon o’g’li» nomli allani yozadi. 

    Kompozitornning  1865-yilda  yozgan  yorqin  obrazli  romanslaridan  biri  

«Savishna»  romansi  bo’ldi.  Oradan  bir  yil  o’tgach,  1866  yilda  birin-ketin 

ijodkorning  xilma-xil  mavzulardagi  vokal  asarlari:  «Gopak  (Shevchenko 

she’ri)», «Orzu» (Geyne she’ri), «Seminarist» (Musorgskiy she’ri). 1867- yilda  

«Qo’ziqorin  terish»  va  «Yahudiy  qo’shig’i»  (Mey  she’ri),  «Bazm»  (Koltsov 

she’ri),«Echki»,  «Shumbola»,  «Klassik»  va  «Yetimcha»  (Musorgskiy  she’ri), 

«Bolalar qo’shig’i» (Mey she’ri),  «Yeryomushka allasi» (Nekrasov she’ri) va 

boshqalar yaratildi. 

   Musorgskiy shu davrda birgina qo’shiq ijodi bilan chegaralanib qolmaydi. U 

xor va orkestr uchun «Sennaxerbning yengilishi» nomli asarni (Bayron she’ri), 

«Noch na lisoy gore»(«Kal tog’idagi tun») simfonik asarini yaratdi. 

   1869-  yilda  kompozitor  Gogolning  «Uylanish»  komediyasi  asosida  opera 

yozdi. 

    Musorgskiy  ijodida  ham,  Dargomijskiy  ijodidagi      kabi,  dehqonlarning 



mudhish hayoti, tengsizlik, ochlik, yalang’ochlikka norozilik mavzulari asosiy 

o’rin  egallay  boshlaydi.  Bu  mavzu  dastlab  uning  vokal  ijodlari:  «Kalistrat», 

«Yeryomushka    allasi»  singarilarda  namoyon  bo’lsa,  so’ngra  uning  ikkita 

mashhur  asarlari-«Boris  Godunov»  va  «Xovanshina»  operalarida  g’oyat  zo’r 

kuch  bilan  tasvirlanadi.  Musorgskiy  bu  operalarida  Glinka    «Ivan  Susanin» 

operasida boshlab bergan an’anaga amal qilib, yangi opera janri-xalq musiqali 

dramalarini  yaratishga  muvaffaq  bo’ldi.  Bu  operalarda    xalq  faol  ishtirokchi  

shaxsdir.  Shu  sababdan  ham  operalarda  xalq  obrazlarini  ifodalaydigan  xor 

sahnalariga katta o’rin berilgan. 

      Tarixchi  V.Nikolskiy  Pushkinning  «Boris  Godunov»  tragediyasi  asosida  

opera  yozishni  Musorgskiyga    maslahat  bergan  edi.  Bu  fikr  kompozitor 

diqqatini  o’ziga  tezda  jalb  qiladi  va  operani  yozishga  kirishib,  uni  ikki  yil  –

1868-1870  yilda  yozib  tugatdi.  Ammo  teatr  rahbarlari  asarda  sevgi  intrigalari 

va  xotin-qizlar  roli  yo’qligini  bahona  qilib  uni  qabul  qilmadilar.  Kompozitor 

asarni  qaytadan  ishlab,  unga  «Polsha  sahnasi»,  Marina  Mnishek  obrazi  va  

«Kroma» sahnasini kiritdi hamda 1872- yilda operani batamom yozib tugatdi. 



 

36 


     «Boris  Godunov»  operasida  dramatik  ziddiyatlarni    musiqa  vositasida  

ishontirarli  va haqqoniy  qilib tasvirlashda vokal partiyalarining  rechitativligi 

va voqealarni to’xtovsiz musiqaviy rivoji muhim rol o’ynaydi.  

   «Boris Godunov»  operasi  birinchi marta 1874- yilda Peterburgdagi Mariin 

teatrida  sahnaga qo’yildi. 

                     



«Boris Godunov» operasi 

 

«Boris Godunov»  operasining  qisqacha mazmuni. 



 Voqea 1598- 1605 yillarda Rossiya va Polshada bo’lib o’tadi. 

Novodevichiy  monastir  maydoniga  xalq  majburan  to’planadi.  Ular  Boris 

Godunovdan taxtga  o’tirishni yalinib so’rashlari kerak. Boris esa soxtalik bilan 

xalq talabini rad qilmoqchi bo’ladi. Boris taxtga o’tiradi. Xalq uni olqishlaydi, 

ammo Boris notinch, uni vijdon azobi qiynaydi. 

    Tun.  Chudov  monastiri    hujrasi.  Pimen  yilnoma  yozmoqda.  Yosh  monax 

Grigoriy Pimendan shahzoda Dmitriyning o’ldirilish tarixini bilib oladi. 

     Grigoriy monastirdan qochib, Litva chegarasidagi hujralardan biriga keladi. 

Pristav kishilari qochoq Grigoriyni izlab kelganda Grigoriy qochib qutiladi. 

   Saroy  xizmatkori,  ayyor  Shuyskiy  shoh  Borisga  Litvada  soxta  shahzoda 

Dmitriy  paydo  bo’lganligini  aytadi.  Shoh  bezovtalanadi.  U  Shuyskiydan 

shahzodaning 

yoshlik 

paytida 


rostdan 

o’ldirilganligini 

 

yana 


surushtiradi.Shuyskiy Shahzodaning o’ldirilganligini tasdiqlaydi. 

   Sandomirda  Marina  Moskva  taxtini,  boyliklarini  orzu  qiladi.  Makkor    ayol 

Marina  soxta  Dmitriyni Moskvaga yurish boshlashga rozi qiladi. 

    Moskva.Vasiliy Blajeniy sobori maydonida xalq yig’ilgan, ular orasida soxta 

Dmitriy  lashkarlari  kelayotganligi  haqida  xabar  tarqaladi.  Oddiy  xalq  haqiqiy 

shahzodaning  tirikligiga  ishonadi.  Birgina  telba-tentak  yonidan  o’tayotgan 

Borisga «Shahzodani o’ldirgan qotil uchun sig’inib  bo’lmaydi», -deydi. 

   Moskva.  Kreml.  Granovitaya    palatasida  boylar  (boyarlar)  maslahati.Shoh 

Boris kelib taxtga o’tiradi va o’ladi. 

  O’rmonda soxta Dmitriy lashkarlari bilan paydo bo’ladi va Moskvaga yurish 

qiladi, xaloyiq ham uning ketidan ergashadi.  

 

* * * * * * * 



 

 

37 


 Musorgskiy  XVII    asrda  bo’lib  o’tgan  haqiqiy  voqealar  asosida  libretto 

yaratib, boshqa bir opera -  « Xovanshina»ni yozdi. Asar kompozitor vafotidan 

besh yil o’tgandan keyin, 1886- yilda Peterburgda sahnaga qo’yildi. 

 

Modest Petrovich Musorgskiy 



«Xovanshina» operasi 

 

Xalq musiqa dramasi. 



5 parda va 6 ta ko’rinishdan iborat. 

 

Libretto muallifi- M.P.Musorgskiy . 

 

Qatnashuvchi shaxslar. 



Knyaz Ivan Xovanskiy, o’q otarlar boshlig’i………………..….bas. 

Knyaz Andrey Xovanskiy, uning o’g’li……………………....tenor.  

Knyaz Vasiliy Golitsin…………………………………….…..tenor. 

Dosifey, raskol’niklar boshlig’i………………………………..…bas. 

Boyarin Shakloviti’y…………………………………………bariton. 

Marfa, raskolnitsa………………………………..…...metso-soprano. 

Susanna, keksa raskolnitsa………………………………..….soprano. 

Podyachiy……………………………………………….……....tenor. 

Emma, nemis mahallasidagi qiz……………………………...soprano. 

Pastor…………………………………………………….…....bariton. 

Varsonofyev, Golitsinning odami…………………………..….....bas. 

Kuz’ka, o’q otar……………………………………………… bariton. 

Birinchi o’q otar……………………………………………..……bas. 

Ikkinchi  o’q otar…………………………………………….……bas. 

Uchinchi o’q otar………………………………………………..tenor. 

Streshnev, boyarin…………………………………………...….tenor. 

 

O’q  otarlar,  raskolniklar,  xizmatkor  qizlar,  va  Ivan  Xovanskiy  knyazning  fors 



asir qizlari, Pyotr podshoning  «poteshniy askarlari», xalq. 

  Voqea joyi-Moskva. Vaqti - 1682 yil. 

 

1870-    yilning  bahor  faslida    Musorgskiy  XVII    asr  oxiridagi  rus  tarixi 



bilan  qiziqib  qolib,  o’q  otarlar  harakati  va  raskolniklar  davri    haqida  opera 

yozmoqchi bo’ladi.V.V.Stasov maslahatiga ko'ra ikki yildan keyin libretto tuzib, 



 

38 


opera  ustida  ishlashni  boshlaydi.Opera  hech  qanday  adabiy  manbaga 

asoslanmagan.  Libretto  ustida  ishlagan  paytda  V.V.  Stasov  ko’p  foydali 

maslahatlar bergan. Operani oxirigacha yetkazolmay, kompozitor bemahal vafot 

etgan.  Operani  kompozitor  N.A.Rimskiy-Korsakov  oxirigacha  yetkazib,  eng 

oxirgi  parda  bilan,  instrumentovkasini  tamomlab,  barcha  joylarni  tartibga 

keltirib,  1883-  yilida  imperator  teatrlar  rahbariyatiga  taklif  qilgan.  Afsus,  rad 

javobga uchrab, nihoyat 1886 yil  9(21) fevral kuni opera  Peterburg shahridagi 

xususiy teatr sahnasida ilk marotaba ijro etilgan. «Xovanshina» 

V.V. Stasovga bag’ishlangan. 

Syujet: 

Moskvadagi  Qizil  maydoni.  Tong  otyapti.  Sofya  Tsarevnaning  odami-Boyarin 

Shakloviti’y-  podyachiyga  shoh  Pyotr  nomiga  tuxmat  xatni  yozdiradi:  o’q 

otarlarning  boshlig’i  knyaz  Ivan  Xovanskiy  taxtga  o’z  o’g’lini  o’tirg’izib 

qo’ymoqchi  va  Rusda  eski  tartibni  qayta  tiklamoqchi.  O’q  otarlar  yaqinda 

qo’lga kiritgan g’alabasi sha’niga o’rnatilgan bir ustun oldida musofirlar to’xtab, 

ba’zi  bir  noto’g’ri  hatti-xarakatlar  qilib  yurgan  boyarlar  chorasini  o’q  otarlar 

tomonidan ko’rib qo’yilganligi to’g’risida bilib olishadi. Ivan Xovanskiy paydo 

bo’ladi. 

O’q otarlar o’z rahbarini muborakbod etishadi. Knyazning o’g’li Andrey nemis 

mahallasida  turadigan  bir  Emma  qizni  tinch  qo’ymay,  yaxshi  ko’raman  deb, 

unga  yopishib  yuradi.  Uni  himoyasiga  raskolnitsya  Marfa    turib  oladi.  Marfa  

Andreyning  avvalgi sevgisi. Sahnada  Ivan Xovanskiy paydo bo’ladi. Emmani 

ko’rib o’zi ham uni yoqtirib qoladi. Andrey esa ota –raqibga uni berolmasdan , 

o’z  otasiga  qo’l  ko’tarib,  uni  o’ldirmoqchi  bo’ladi.  Ko’targan    qilichni  

raskolniklar boshlig’i, Dosifey- ota    tushurib, Emmani asrab qoladi. 

   Knyaz    Vasiliy  Golitsin  xonasi.  Knyaz-  kantsler  va    u  sarevna        Sofyaning  

jazmani.  Knyaz  kelajakni  o’ylab,  qo’rquv  hissiga  to’lib  ketmoqda.  Folbin 

qiyofasida  kirib  kelgan  Marfa    Kantslerga  qora  ro’yhatga  tushib  qolishini 

bashorat  qiladi.  Ishonuvchan    Golitsin  hayron.  Bashoratni  sir  saqlamoqchi 

bo’lib, Marfani  suvga  cho’qtirish  haqida buyruq beradi. Lekin  Marfa  qochib, 

berkinib    olishga  ulguradi.  Golitsin    uyida  Pyotr  podshoning  qarshilari,  ya’ni 

fitnachilar yig’ilishadi.Golitsin va Xovanskiy  suhbat qurishadi. Ular bir- biriga  

yashirin  dushman,  bir-birilarini    ko’rolmasligi  uchun  ,  suhbati  janjalga 

aylanadi.Ularni  Dosifey tinchlantiradi. O’z mag’rurligini tiyib, Rus davlati, rus 

xalqining kelajagi haqida o‘ylashni maslahat beradi. Marfa  yugurib kirib keladi. 

Unga  hamla  qilinganligini,  xavfli  vaziyatga  tushib  qolganligini  va    Pyotr  

podshoning  tarafdorlari  unga  yordam  berib,  qutqarib  qolganligini  hayajonlanib  



 

39 


gapirib beradi. Pyotr nomini  eshitib, Golitsin bilan Xovanskiy  darrov cho’chib 

ketishadi. Shakloviti’y  kirib keladi. Undan podshoga qarshi uyushtirilgan fitna 

fosh  qilindi,  podsho  Pyotr  I-    unga  «Xovanshina»  nomini  berib,  qarshilarni  

tinchitishni  buyurganligini  bilib olishadi. 

     Zamoskvorechyeda  o’q  otarlar  mahallasi.  Marfa  knyaz  Andreyning  

xiyonatini sig’dira olmayapti. Dosifey mehr bilan uni yupatmoqda. Uyg’ongan 

o’q  otarlar      mayshat  qilib,  yeb-  ichib,  vaqti-  chog’lik  bilan    band  –ovora. 

To’satdan podyachiy kelib, Pyotr podshoning  maxsus askarlari- reytarlar, ya’ni 

shartnoma  asosida  xizmat  qilayotgan  askarlar  o’q  otarlar  mahallasining  

aholisini urib, tozalov qilmoqdalar.  O’q otarlar hayron. Ular o’z rahbari knyaz 

Xovanskiyni    polk  yig’ib,  urushda    qatnashmoqchiligini  bildirishadi.  Pyotrdan 

qo’rqib, knyaz  o’q otarlarga  uy-uyiga kirib ketishlarini buyuradi.  

    Knyaz Golitsining xizmatkori  Moskva ostidagi o’z  hovlisida berkinib olgan  

Xovanskiyni, hayoti xavf ostida ekanligini ogohlantiradi. Xovanskiy  jahl bilan : 

“O’z  uyimda  kim  menga  hamla  qila  oladi?  Tsarevna  Sofyaning  nomidan  

Shakloviti’y  Xovanskiyni  

maxfiy  majlisga  aytgani  keladi.  Xovanskiy    chiroyli  kiyimlarni  berishni 

buyuradi.  Kiyinib  bo’lib,  endi  eshikka  chiqaman    deb  turgan  paytda  

Shakloviti’yning odami uni qilich bilan  o’ldiradi.  

 Pyotr  I-  qolgan  fitnachilarni  ham  tinchitadi:  Knyaz  Golitsin  surgun  qilinadi, 

reytarlarga    raskolniklar  uylarini  o’rab  olishga  buyruq  beriladi.  Fitna  fosh 

bo’lganidan  faqat  knyaz  Andrey  bexabar.  Marfaga  ishonmasdan,  o’z  polkini 

yig’moqchi  bo’lib,  karnaycha  yordamida  chorlaydi.  Ammo  qatlga  ketayotgan 

o’q  otarlarni  ko’rib,  qo’rqqanidan  Marfadan  panoh  so’raydi.  Pyotr  I-    boyarin 

Streshnev    orqali  qaror  yuboradi.  Ushbu  qarorga  asosan    o’q  otarlar  qatl 

etilmasdan,  ularning  joni  saqlab  qolinadi.  Eng  oxirgi  lahzada,  o’lishga  tayyor 

turgan o’q otarlar ozod qilinadi. 

     O’rmondagi bir dala. Oydin kecha. Dosifey  yolg’iz, hasratda. 

Raskolniklarni    yig’ib,  xudo  haqiga  jon  fido  qilishni  murojaat  qiladi  va    ular 

muqaddas iymon haqqiga o’zlarini yoqib yuborishadi. Ular bilan birga  Andrey 

ham yonib ketadi, chunki  narigi dunyoda o’z  sevgilisi  bilan birga bo’lmoqchi 

Marfa    uni  o’zi  bilan  birga  ergashtirib  olib  ketadi.  Pyotr  I-  askarlari  kelib, 

yonayotgan xonadonlar va alangaga aylanib ketgan mahallani ko’rishadi.  

   Musiqa.      «  Xovanshina  »    «Rassvet  na  Moskve-reke»,  (ya’ni,  Moskva 

daryosi qirg’ogida tong otishi ) nomli qadimiy  Moskvani  ramziy uyg’onishini 

tasvirlaydigan  orkestrning muqaddimasi bilan boshlanadi. 



 

40 


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling