Xalqlarining musiqa adabiyoti


S.S.Prokofyev. Simfonik ijodi


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana15.09.2020
Hajmi0.61 Mb.
#129905
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MDH


S.S.Prokofyev. Simfonik ijodi 

Ma’lumki,  simfonik  orkestr  uchun  Prokofyev  7  ta  simfoniya,    fortepiano  va 

orkestr uchun 5 ta kontsert, skripka va orkestr uchun 2 ta kontsert ,  violonchel 

va  orkestr  uchun  2  kontsert  yaratgan.Prokofyevning  birinchi  Klassik 

simfoniyasi  inqilobgacha  bo’lgan  (1916-1917)  yillar  davrida  Gaydn  usulida  

yozilgan.  Ikkinchi  simfoniyasi  1924  yilda  ,V  chi  simfoniya  1944yilda  ,VII 

simfoniya 1952 yozilgan. 


 

70 


VII simfoniya 

Boshida  bolalarga  atab  yozilishi  rejalashtirilgan  edi.  Ish  jarayonida    bu  asar  

hayot go’zalligi ,quvonchi , mazmunini  madh etadigan dono simfonik ertagi 

pog’onasiga ko’tarildi. 1957 yilda kompozitor vafotidan 4 yil o’tgandan keyin 

aynan  VII  simfoniyasi  uchun  S.S.Prokofyevga  Lenin  mukofoti  berildi.VII 

simfoniya  1952  yilning  oktyabr  oiyida  Dom  Soyuzov  (Ittifoqlar  Uyi)ning 

Kolonniy Zolida ilk marotaba ijro etildi.Yangi asarni Prokofyev musiqasining 

targ’ibotchisi  ,taniqli  sovet  dirijyori    S.A.Samosud  raxbarligidagi    Umum 

ittifoq  radiosi  orkestri  ijro  etgan.  Premyeraga  muallifning  o’zi  tashrif 

buyurgan.  Bu  hayotda  ohirgi  martta  kontsert  zolida  o’z  musiqasini  tinglashi 

edi.  VII  simfoniya  kompozitorning  so’nggi  tugatilgan  yirik  asari.  Asar 

partiturasi  yilning 5 iyul kuni vafotidan 8 oy oldin  tamomlangan edi. Dastlab 

bolalar  uchun  simfoniya  deb  boshlangan  asar  ijod  jarayonida    ham  bolalar 

ham kattalar uchun simfoniyaga aylanib ketgan. Simfoniya  4 qismdan iborat. 

I qism – o’rtacha (Moderato) sur’atida yozilganiga qaramay, sonata allegrosi 

shaklida o’tadi. 

II-Allegretto. 

III-Andante espressivo. 

IV – koda bilan kelgan intiluvchan Final. 

I  qism  skripkalar  chalgan  ajoyib  kuyidan  boshlanadi  Bu  do  #  minor 

tonallikdagi  bosh  partiya  mavzusi.  Kuy  ravon,  keng  va  shoshmasdan  bayon 

etiladi. Bosh partiya o’rtasida  musiqaning fe’li o’zgaradi.Passajlar yugurishi 

boshlanadi.  Qaytgach,  skripkalar  mavzusi  sol  #  minor,  keyin  lya    minor   

tonalliklarda    o’tkir  passajlar  fonida,  tarangroq  yangraydi.Baslar 

(valtorna,fagot,va  tuba)  mavzuning  bosh  motivini  bir  necha  marta 

qaytaradi.Bayon  bir  ozga dramatiklashadi. 

Yondosh 

partiya 


mavzusi 

–tantanali,  lirik  fa  major  tonalligida 

yangraydi.Uning  chuqur, to’liq tembri alt va violonchellar kabi past torli  va 

yog’och puflama cholg’ular  hamda valtorna qo’shilishidan paydo bo’ladi.Bu 

hayot  go’zalligi  va  quvonchi  mavzusi.Mavzu  butun  simfonijaning  bosh, 

asosiy  mavzusi  sifatida  namoyon  etiladi  ,  keyinchalik  mavzu  IV  qismning 

kodasida  yana  qaytariladi.  Yondosh  partiya  mavzusi  Prokofyevning  eng 

chiroyli eng avzal kuylardan biri. Yondosh partiya diapazoni ikkita oktavadan 

ortiq.  Yakunlovchi  partiyada  birdaniga  ko’ng’iroqchalar  gavhar  ovozi 

yangrab,ularga  fortepiano  va  arfa  qo’shiladi.  Goboy  va  fleyta  mittivoy 

qadamlariga o’hshagan motivni ijro etishadi. 

 


 

71 


Asosiy asarlar ro’yxati 

8ta  opera:  (“Bahaybat  polvon”,“Kimsasiz  orollarda”,  “Vabo  tarqalganda 

bazm”),  “Undina”  “Maddalena”,“Qimorboz”,  “Uch  apelsinga  bo’lgan 

muxabbat”,  “Semyon  Kotko”,  “Cherqovdagi  niqoh”,  “Urush  va 

tinchlik”,“Chin inson haqida qissa”, “Jozibali farishta”. 



7ta balet: “Yettita masqarabozni yenggan  masqaraboz haqida ertak”, “Po’lat 

sakrashi”,  “Daydi  o’g’il”,  “Dneprda”,“Romeo  va  Julyertta”,“Zolushka”, 

“Toshgul haqida ertak”. 

7ta simfoniya 

9ta cholg’u kontsertlar 

30tadan ortiq simfonik syuitalar va vokal- simfonik asarlar 

15tadan ortiq turli xil cholg’ular uchun  sonatalar 

bir necha  cholg’u ansambllar 

birtalay fortepiano uchun pyesalar, romanslar 

spektakllar va kinofilmlarga musiqa. 

 

 

 



 

Reyngold Moritsevich Glier 

 

Atoqli sovet kompozitori,san’atshunoslik fanlari doktori, professor Reyngold 

Moritsevich  Glier  ajoyib  kompozitorlik  mahorati  bilan  sovet  musiqa 

madaniyati tarixida katta o’rin tutadi.        Reyngold Moritsevich Glier 1875-

yilning  yanvarida  Kiev  shahrida  tug’ildi.  Uning  otasi  musiqa  asboblarini 

yasovchi va tuzatuvchi usta bo’lgan.U valtorna, truba, fleyta va klarnet singari 

damli  asboblarda  chalgan.Shuning  uchun  ham  yosh  Reyngold  musiqa  olami 

bilan  juda  barvaqt  tanishadi.Kapelmeystr  va  skiripkachi  Vaynberg 

Reyngoldga  skripka  chalishni  o’rgatdi.  U  14  yoshida  fortepiano  va  skripka 

uchun  kichik  pyesalar  yoza  boshlaydi.  Ammo  otasi  kichik  o`g`li 

Reyngoldning 

o`z 


hayotini 

musiqa 


bilan 

bog`lashini 

sira 

ham 


istamasdi.Shuning  uchun  uni  Kiyev  gimnaziyasida  o`qitadi.  Biroq  otasining 

do`stlari bolada musiqa iste’dodi zo`rligini aytib, uni o`z fikridan qaytaradilar. 

Shundan  keyingina  Reyngold  Kiyev  musiqa  bilim  yurtida  o`qiydi  va  uni 

1891-yilda tugatadi  

Glier  musiqa  bilim  yurtini  tugatgach,1892-1893  yillar 

mobaynida  fortepiano,violonchel  uchun  pyessalar,torli  kvartet  uchun  ikkita 

asar,  xatto  simfonik  orkestr  uchun  uvertyura  yozgan  edi.        1893-yilda 


 

72 


Kiyevga  P.I.Chaykovskiy  keladi  va  konsertlarda  o`z  asarlariga  dirijyorlik 

qiladi.  Bu  genial  kompozitor  asarlaridan  olgan  kuchli  taassurot  Glierda 

Moskva  konservatoriyasida  o`qish  orzusini  tug`diradi.1894-yilda  uning  bu 

orzusi  ro`yobga  chiqadi.U  Moskva  konservatoriyasida  o`qish  davomida 

professor  Grjimalidan  skripka,  Chaykovskiyning  shogirdlari  S.Taneyev, 

A.Arenskiy,  M.Ippolitov-Ivanov  singari  atoqli  kompozitorlardan  musiqa 

nazaryasiga oid bilimlar oladi.  

Glier  konservatoriyada  olti  yil  o’qidi. 

Uning o’qish yillarida yozgan muhim asarlaridan biri ikkita skripka, ikkita alt 

va ikkita violonchel  uchun yozilgan sekstetdir. 

 Glier  1899  yilda  o’zining 

birinchi  torli  kvartetini,  1900  yilda  esa  birinchi  simfoniyasini  yozadi.  Glier 

Moskva  Konservatoriyasini  mahoratli  skiripkachi  va  musiqa  asarlarining 

muallifi  sifatida  tugatadi,  unga  oltin  medal  beriladi.Uning  nomi 

konservatoriyaning  kichik  zali  oldidagi  marmar  taxtaga  Taneyev, 

Raxmaninov,  Skryabin  singari  atoqli  musiqa  arboblarining  nomi  bilan  bir 

qator yozib qo`yiladi.  

    Glier 1900-yilda konservatoriyani tugatgandan so`ng, Moskva musiqa bilim 

yurtida garmoniya va musiqa taxlili  fanlaridan dars bera boshlaydi. 

  Glier pedagoglik faoliyati bilan bir qatorda ijodini ham davom ettiradi. Endi 

u  vokal  asarlar  yaratish  ustida  ish  olib  borib,  Pushkin,  Bayron,A.Tolstoy, 

Tyutchev  she`rlariga  romanslar  ,  xotin-qizlar  xo`ri  uchun  syuita,  fortepiano 

uchun  pyesalar  yozadi.  1904-yilda  ikkinchi  sekstetni,  1905-yilda  uchinchi 

sekstetni  va  ikkinchi  torli  kvartetni  yozadi.  Uning  «Inson  ko`z  yoshlari», 

«Qayg`uli  kech»,  «Go`zal  va  musaffo  bahor»,  «Yashaymiz,  yashaymiz» 

singari  romans  va  qo`shiqlari  Rossiyaning  o`sha  davrdagi  mashhur 

ashulachilari Nejdanova, Sobinov, Shalyapinlar tomonidan ijro etilgan edi.  

1902-1904 yillarda Sovet musiqasining atoqli arboblaridan N. Myasovskiy va 

S. Prokofyevlar Glierdan dars oladilar. 

   Shu yillarda kompozitor bolalarga atab birmuncha asarlar ham yozadi. Ular 

fortepiano uchun xilma-hil pyesa va eskizlardan iborat. 

  1905-yilda  Glier  musiqa  bilimini  yanada  oshirish  maqsadida  Berlinga 

boradi,  atoqli  kompozitorlar  bilan  uchrashadi  va  1907-yilda  Berlinda  uning 

ikkinchi simfoniyasi birinchi marta ijro etiladi.      

   1908-1911 yillar orasida kompozitor «Sirenlar» simfonik poemani va «Ilya 

Muromets » nomli uchinchi simfoniyasini yozib tugatadi. 

    Kompozitor  «Sirenlar»  va  «Ilya  Muromets»  asarlari  uchun  Glinka 

mukofotini olishga sazovor bo`lgan edi. 



 

73 


    Glier 1913-yilda Kiyev konservatoriyasi kompozitsiya fakultetiga professor 

bo`lib keladi. 

     Sobiq Ittifoqining taniqli kompozitorlardan B.Lyatoshinskiy, L.Revutskiy, 

musiqashunos  A.Alshvang  va  boshqalar  Kiyev  konservatoriyasida  Glierdan 

ta’lim  olgan  edilar.  Glier  rus  musiqa  jamiyati  konsertlarida  Borodin, 

Chaykovskiy, Rimskiy-Korsakovlarning asarlarini targ`ib qilishda katta ishlar 

qildi. 

     Ulug` 



Oktabr 

revolyutsiyasi 

g`alaba 

qozonganda, 

Glier 

Kiyev 


konservatoriyasining  direktori  edi.  U  o`z  zamonasining  ilg`or  ziyolilari 

qatorida  yangi  sotsialistik  musiqa  madaniyatini  yo`lga  qo`yish  va  uni 

rivojlantirishda bir talay ishlar qildi. 

     Kompozitor  1920-yildan  boshlab  Moskva  konservatoriyasining  professori 

bo`lib  ishlaydi.  Bu  konservatoriyada  sobiq  Ittifoqining  ko`zga  ko`ringan 

kompozitorlari: 

B.Aleksandrov, 

A.Davidenko, 

N.Ivanov-Radkevich, 

L.Knipper,  A.Novikov,  N.Rakov,  A.Xachaturyan,  musiqashunoslar:  A.Mutli, 

V.Sokolov, I.Sposobin va boshqalar Glierdan ta’lim olgan edilar. 

     1923-yilda  Ozarbayjon  xalq  maorif  komissarligi  Ozarbayjon  xalq 

musiqasini to`plash va milliy musiqa san’atining rivojlanishiga ko`maklashish 

uchun  Glierni  Ozarbayjonga  taklif  qiladilar.  Dastlab  u  xalq  kuylari,  so`ngra 

1923-1925  yillar  mobaynida  «Shoxsanam»  nomli  ozarbayjon  operasini 

yozadi. 


      Opera  to`rt  parda,  besh  ko`rinishda  yozilgan  bo`lib,  birinchi  marta  1926-

yilda  Boku  opera  va  balet  teatrida  sahnaga  qo`yildi.  Kompozitor  opera 

musiqasini  ozarbayjon  xalqiga  tushunarli  qilish  maqsadida  unga  o`ttizdan 

ortiq  xalq  qo`shig`i  va  cholg`u  kuylarini  kiritadi.  1934-yilda  kompozitor  shu 

operaning  yangi  variantini  yozadi  va  buning  uchun  Glierga  Ozarbayjon  xalq 

artisti unvoni, oradan bir yil o`tgach, RSFSR xalq artisti unvoni beriladi. 

      Glier  «Shoxsanam»  operasining  birinchi  variantini  tugatgandan  keyin, 

1926-1927  yillarda  o`zining  mashhur  «Qizil  lola»  baletini  yozib  tugatadi. 

Muallif  o`zining  bu  mashxur  baletini  yozishga  kirishishdan  oldin  «Xrizis», 

«Komendiantlar»  va  «Kleopatra»  kabi  baletlarni  yozib,  balet  musiqasi 

yaratish tajribasini yertarli darajada orttirib olgan edi  

     «Qizil  lola»  baletida  xitoy  mehnatkashlarini  rahmsizlarcha  ekspluatatsiya 

qilgan  chet  el  malaylari  va  ularning  zulmidan  azob  chekkan  jafokash  xalq 

hayoti ko`rsatilgan. 

   

 


 

74 


«Qizil lola » baletining qisqacha mazmuni 

 

Chet  el  kemasidan  yuk  tushirish  manzarasi.  Ishchilar  kemani  yukdan 



bo’shatmoqdalar, ularning boshi ustida nazoratchilar qamchisi o’ynab turadi. 

Ishchilardan  biri  charchab  yiqiladi.  Nazoratchi  uni  qiynaydi.  Ma-Li-Chen  va 

boshqa ishchilar yiqilgan ishchini himoya qilmoqchi bo’ladilar, ularga sho’ro 

kemasining kapitani ham qo’shiladi. 

Sho’ro  kemasidan  yuk  tushirish 

boshlanadi, sho’ro matroslari yukni tushiruvchi ishchilarga ko’maklashadilar. 

   

Dengiz  qirg’og’idagi  torgina  mayxona…  Bir  to’da  bekorchilar, 



savdogarlar, korchalonlar, mayparastlar oldida Li Shan-Fuga xizmat qiluvchi, 

raqqosa  qiz  Tao-Xao  raqsga  tushadi.  Raqqosaga    sho’ro  kapitani  ozodlik 

nishonasi- qizil lolani taqdim qiladi. 

 

 



Ishchilar 

qo’zg’olon 

ko’taradilar.  Li  Shan-Fu  sovet  kapitanini  o’ldirmoqchi  bo’lganda,  motroslar 

uni  qutqazadilar.  Keyin  Li  Shan-Fu  choyga  zahar  soladi  va  kapitanga 

ichirishni raqqosa qizga buyiradi, qiz choyni atayin to’kib yuboradi. Keyin Li 

Shan-Fu  kapitanni  otmoqchi  bo’lganida  Ma  Li-Chen  uning  qo’lini  tutib 

qoladi. Sho’ro paraxodi ketadi. Li Shan-Fu  Ma LI-Chenga o’q uzadi, ammo 

qiz  Tao Xao o’zini Ma Li-Chen ustiga tashlaydi va halok bo’ladi.                            

  Balet  tez  orada  shuhrat    qozonadi  vasobiq  Ittifoqning  barcha  teatrtlarida 

sahnalashtiriladi.  Ayniqsa,  undagi  «Yablochko»  raqsi  butun  jahonga  mashhur 

bo’ladi.  

 

 



 

 

 



 

 

 



O’zbekistonda 

dastlabki  professional  sahna  asarlarining  yuzaga  kelishi  va  uning  taraqqiyotida 

Glierning xizmati kattadir.       

   Glier  o’ttizinchi  yillarda  boshlab  O’zbekiston  musiqa  madanyati  bilan 

qiziqadi.  U  1935-1936  yillar  davomida  To’xtasin  Jalilov  to’plagan va  Tolibjon 

Sodiqov notaga yozgan kuylar asosida   «Gulsara» musiqali dramasini yaratdi  ( 

dramani  K.Yashin  va  M.Muhammedovlar  yozganlar  )  «Gulsara»  musiqali 

dramasi  1936  yil  31  martda  Toshkentda  1937  yil  bahorida,  dekada  kunlarida, 

Moskva    Bolshoy  teatri  filiali  sahnasida  ko’rsatildi.  Glier  1940  yilda  Tolibjon 

Sodiqov bilan hamkorlikda «Layli va Majnun» operasini, 1949 yilda   

 «Gulsara  »  operasini  yozadi.  «Layli  va  Majnun»  operasini  birinchi  marta  

Toshkentda 1940 yil iyul oyida ko’rsatilgan edi. Kompozitor 1940 yilda o’zbek 

halq  kuylari  asosida.  «Farg’ona  Bayrami»  simfonik  uvertyurasini  ham  yozadi. 

Bu  asarda  Farg’ona  vodiysining  ajoyib  manzaralari  va  hushchaqchaq 

kishilarning  shodiyonasi  tarannum  etiladi.  Bu  uvertyurada  kompozitor  o’zbek 

halq  kuylari  «Chamanda  gul»    «Andijon  samosi»va  «Hil-hila  yorim»dan 

mahorat bilan foydalangan          


 

75 


  Reyngold Moritsevich Glier 1956  yil iyun oyida 81 yoshida Moskvada vafot 

etadi.   

 

 

 



 

 

 



 

 

 



Glierning  ijodiy 

merosi 5ta opera, 6 ta balet, 3 ta simfoniya, 5 ta uvertyura, 5ta  konsert, 3 ta torli 

sekstet, 4 ta torli kvartet, fortepiano va boshqa cholg’u asboblari uchun pyesalar, 

130 ta romans va hokazolardan iborat.           

     

Dmitriy Dmitriyevich Shostakovich 

 

   Dmitriy 



Dmitriyevich 

Shostakovich 

zamonamizning 

atoqli 


kompozitorlaridandir. Shostakovich 1906 yilda Peterburgda injener –kimyogar 

oilasida  tug’ildi.  Otasi  musiqani  tushunadigan  va  qadrlaydigan,  musiqa 

namoyondalari  bilan  yaqindan  munosabatda  bo’lgan  zuyolilardan  edi.  Onasi 

ham musiqa olamiga yaqin bo’lish bilan birga fortepianoda chalar edi . 

  Oiladagi musiqa muhiti yosh Dmitriyga ta’sir qilmay qolmadi. 

Bola to’qqiz yoshidan fortepiano chalishni o’rgana boshladi. 1919 yildan 1925 

yilgacha  Leningrad  Konservatoriyasida  ikki  mutaxassislik-kompozitsiya  va 

foprtepiano  bo’yicha  L.Nikolayeva  ,  kompozitsiya  bo’yicha  M.Shteynberg  

sinflarida ta’lim oldi. 

  Kompozitor konservatoriyada o’qib yurgan chog’larida orkestr uchun  «Uchta 

fantastik raqs» va birinchi simfoniyasini yozdi. 

Kompozitorning  bundan  keyingi  ijodiy    yo’li  –ijodiy  izlanish,  zo’r 

muvaffaqiyatlar, ba’zida esa muvaffaqiyatsizlik bilan bog’liqdir. 

Uning  «Aforizmlar» va  «Birinchi fortepiano sonatasi»asarlarida,  

«Nos»(Gogolning asari asosida)operasida modernizm ta’siri sezilib turadi. 

  1930  yilda    «Oltin  asr»,  1931  yilda    «Bolt»  va  1943  yilda    «Musaffo 

sharsharalar» baletlarini yozadi. 

  Bu asarlari orasida 1932 yilda yaratilgan   «Mtsensk uyezdlik Ledi Makbet»( 

«Katerina  Izmaylova»)  operasi  o’zining    novatorligi,  monumentalligi  bilan 

alohida  o’rin tutadi. 

  «Katerina  Izmaylova»    operasining  librettosini  D.Shostakovichning    o’zi 

X.Preys bilan birgalikda, N.Leskovning qissasi asosida yozgan. 

  «Katerina  Izmaylova»  operasi  janr  va  musiqaviy  ifoda  vositalarining  turli-

tumanligi bilan ajralib turadi. Operada nafis va yumshoq lirika, mudhish fojia, 

hajviy  xalq  epik  elementlari,  inson  hissiyotining    yorqin  dramatizmi  muhim 

o’rinda turadi. 

   Bu opera 1956 yilda muallif tomonidan qayta ishlangan . 


 

76 


  Shostakovishning Ulug’ Vatan urushi yillarida yaratgan barcha asarlari ichida 

Yettinchi  simfoniyasi  katta  shuhrat  qozondi.Kompozitorning  o’zi  bu  asari 

xaqida bunday deb yozgan edi: «Men kahramonliklar ko’rsatayotgan,dushman 

ustidan  g’alaba  qozonish  uchun  kurashayotgan  kishilarimiz  haqida  asar 

yaratishni  istar  edim  …Men  o’zimning  Yettinchi  simfoniyamni  bizning  

fashizm  bilan  bo’lgan  qurashimizga  ,    bizning  albatta  g’alaba  qilishimizga 

,mening jonajon shahrim-Leningradga bag’ishlayman». 

  Yettinchi  simfoniyadan  boshlab,  Shostakovich  ijodida  urushni  qoralash 

mavzusi    muhim  o’rin  oldi.  Dmitriy  Dmitriyevich  Shostakovich  ijodiy 

izlanishlar  bilan  bir  qatorda    pedagoglik  faoliyati  ham  uning  hayotida  muhim 

rol o’ynaydi. 

Kompozitor  1937-1939  yillarda  Leningrad  konservatoriyasida,  1943-1948 

yillarda    Moskva  konservatoriyasida  o’nlab  kompozitor  kadrlarni  tarbiyalab 

yetishtiriradi.  Uning  o’quvchilaridan  A.Gadjiyev,  K.Karayev,  Yu.Levitin, 

G.Sviridov kabi talantli kompozitorlar yetishib chiqdi. 

    Shostakovichning ijodi urushdan keyingi yillarda yanada gullab-yashnadi. U 

«O`rmonlar haqida qo`shiq», «O`nta poema» oratoriyasini, «Vatanimiz ustida 

quyosh  charaqlaydi»  kantatasini,  O`ninchi,  O`n  birinchi,  O`n  ikkinchi,  O`n 

uchinchi simfoniyasini va boshqa shu kabi asarlarni yaratdi. 

    Shostakovichning kino uchun yozgan  musiqalari zo`r ta’sir kuchiga ega. U 

«Viborg  tomoni»,  «Buyuk  fuqaro»,  «Miltiqli  kishi»,  «Yosh  gvardiya», 

«Elbadagi uchrashuv» va boshqa shu kabi asarlarni yaratdi. 

    Shostakovich  uzoq  yillar  davomida  jamoat  ishlarida  faol  ishtirok  etib 

kelgan.  U  SSSR  slavyan  komiteti  va  jaxon  tinchlik  komitetining 

a’zosi.Kompozitorga  1939-yilda  professor,1942-yilda  RSFSR  da  xizmat 

ko`rsatgan san’at arbobi,1948-yilda RSFSR xalq artisti,1954-yilda SSSR xalq 

artisti, 1964-yilda Boshqirdiston ASSR xalq artisti, 1965-yilda san’atshunoslik 

doktori unvoni berildi. 1966-yilda kompozitor Sotsialistik Mehnat Qahramoni 

bo`ldi.  Shostakovich  1941-1942-1946-1950,1952-yillarda  SSSR  Davlat 

mukofoti laureatiga, 1954-yilda «Xalqlar o`rtasida tinchlikni o`rnatish uchun» 

xalqaro  Lenin  mukofoti  laureatiga  sazovor  bo`ldi.  Kompozitor  bir  necha 

ordenlar bilan mukofotlandi. 

    Dmitriy  Shostakovichning  ijodiy  merosi  2ta  opera,  3ta  balet,  operetta, 

vokal-simfonik  poema,  oratoriya,  14ta  simfoniya,  uvertyuralar,  syuitalar, 

kamer asarlari, kinofilm uchun musiqalar va hokazolardan iborat. 

 

 



 

77 


Dmitriy Dmitrievich Shostakovich.2 

 

Dmitriy  Dmitrievich  Shostakovich  1906  yil  25  sentabr  kuni  Peterburg 



shahrida tavallud topgan. Uning otasi injiner -kimyogar, onasi esa pianinochi 

bo’lgan. 

«Men  musiqaga  mehr  qo’ygan  oilada  o’sganman»,  deb  xikoya  qilgan 

kompozitor.  “Mening  onam,  Sofya  Vasilevna,  konservatoriyada  o’qib, 

yaxshi  pianinochi  bo’lgan.  Otam  Dmitriy  Boleslavovich,  musiqani  juda 

yaxshi  ko’rar  va  ajoyib  ovoz  sohibi  edi.  Oilamiz  tanishlari  va  do’stlari 

orasida musiqa shinavandalari ko’p bo’lgan. Ular uy sharoitida uyushtirilgan 

musiqaviy kechalarda ham faol ishtirok etgan”. 

 

Dmitriy Dmitrievich Shostakovichning onasi boshlang’ich 



sinflar  fortepiano  o’qituvchisi  bo’lgan.Uning  raxbarligida  bo’lajak 

kompozitor va ikkita singlisi musiqa savodini o’rgangan. Opasi keyinchalik 

professional sozandaga aylangan. Bolaligi yirik tarixiy asr voqealariga to'g'ri 

kelib qolgan: birinchi jahon urushi, va Buyuk Oktyabr sotsialistik inqilobi. 9 

yoshidan to 11 yoshgacha uy sharoitida musiqa asarlarni  bastalashnio’rganib 

yuradi. 


Ma’lum bir muddat davomida xususiy maktablardan birida o’qib, 1919 

yilda  13  yoshida  Petrograd  Konservatoriyasiga    fortepiano  va  kompozitsiya 

mutaxassisliklari  bo’yicha    o’qishga  kiradi.  Kompozitsiya  sohasini  tanlash, 

kompozitsiya  bilan  jiddiy  shug’ullanishni  Shostakovichga    kompozitor  

Aleksandr  Konstantinovich    Glazunov  maslahat  beradi.(Glazunov  o’sha 

davrda  Petrogad    konservatoriyasining  direktori  bo’lgan.  )Konservatoriyada 

Shostakovich  M.O.Shteynberg  (kompozitsiya  sinfi)  va  L.V.Nikolayevda  (f-

no  sinfi)  bo`yicha  o`qigan.  1922-yilda  Shostakovich  otasi  vafot  etganda, 

oiladagi  sharoit  og`irlashib  qoladi.  Iqtidorli  o`quvchi  (talaba)  uchun 

Glazunov  maxsus  stipendiya  ajratib  beradi.  Otasining  vafotidan  so`ng 

Shostakovich  ishga  joylashishga  majbur  bo`ladi.  Shunday  qilib  u  Nevskiy 

shox  ko`chasida  joylashgan  «Pariziana»  nomli  kinoteatrida  musiqiy 

illyustrator bo`lib ishlay boshlaydi. Ushbu kasb ovozi yo`q kino davrida juda 

keng  tarqalgan  edi.  Fortepiano  chalib,  uni  chiqmaydigan  kinokadrlarga 

musiqaviy  fon  berib  turardi.  Keyinchalik  mazkur  tajriba  kompozitorga  kor 

kelgan. 1923 yilda Shostakovich konservatoriyani fortepiano sinfi bo’yicha, 

1925 

yilda 


esa 

kompozitsiya 

sinflari 

bo’yicha 

tamomlagan. 

Konservatoriyadagi  o’qish  chog’ida  Shostakovich  birtalay  asarlar  yaratgan. 



 

78 


Romanslar,  fortepiano  uchun  pyesalar,  simfonik  partituralar.  Ulardan  eng 

yirigi  birinchi  simfoniyasidir.1-simfoniya  Shostakovichning  diplom  ishi 

bo’lgan. Ma’lumki, simfoniya cholg’u musiqasining eng murakkab janri.18-

19  yoshida  simfoniya  yozish  hammaga  ham  nasib  qilmaydi.  Shunday  ekan, 

1926-  yil  12-may  kuni  simfoniyaning  birinchi  ijrosi  bo’lib  o’tgan.  Yaqin 

orada simfoniya Bruno Valter va Otto Klemperer raxbarligida  Germaniyada 

;  Ctokovskiy  va  Toskanini  rahbarligida  AQSHda  ijro  etib  o’tgan. 

Konservatoriyani 

bitirgach 

kompozitor 

ikkilanib 

qoladi: 


pianist 

bo’lsammikin  yoki  kompozitor  bo’laymi;  boshida  ikkala  sohani  ham 

uddalagan  edi.  20-  yillar  2chi  yarmida  pianist  sifatida  yakka  ijro  konsertlar 

bilan  chiqib  turadi.  Shopen,  Chaykovskiy,  Prokofyev  fortepiano  va  orkestr 

uchun  konsertlarini  ijro  etgan.  1927  yili  Varshavada    Shopen  nomidagi 

Xalqaro tanlovida  ishtirok etib fahriy diplom bilan taqdirlangan. Bir ozdan 

keyin  sozanda  faoliyatidan  voz  kechishga  qaror  qiladi,  chunki  bu  ishi  

kompozitsiyaga  halaqit  berayotgan  edi.  Kompozitorning  II  simfoniyasi, 

Oktyabr  inqilobiga  1929  yilida  yozilgan  III  simfoniyasi  esa  1  mayga 

bag’ishlangan.  1932  yili  «Vstrechniy»  kino  filmi  uchun  musiqasidan 

«Utrennya  pesnya»  (  Tong  qo’shig’i)  sovet  ommaviy  qo’shiqning    eng 

yorqin  namunasiga  aylangan.  Bu  bilan  birgalikda  Nikolay  Vasilevich 

Gogolning o’z burnini yo’qotib qo’ygan mayor Kovolyov to’g’risida satirik 

qissasi  asosida  Shostakovich  «Nos»    operasi  yozgan.  1931-yilda    «Bolt» 

nomli 

baleti 


qo’yilgan.Qator 

kinofilmlar 

uchun 

musiqa 


bastalagan.Shostakovich  1929-  yil  Klop  nomli  komediya  sahnalashtirilishi 

munosabati  bilan  taniqli  sovet  rejisyori  V.E.  Meyerxold  teatrida 

Sh.Mayakovskiy  bilan  uchrashadi.  Ushbu  teatrda  Shostakovich  musiqaviy 

qismga  rahbarlik  qilardi  «Klop»  komedyasiga  yozilgan  musiqa  V. 

Mayakovskiyga juda maqul kelgan, lekin V.Mayakovskiyning bevaqt o’limi 

munosabati  bilan  shu  bilan  to’xtab  qoladi.Undan  tashqari  Shostakovich 

Ishchi yoshlar teatri spektakllar uchun musiqa ham yozgan. 1930-1932 yillari 

mobaynida Shostakovich  Nikolay Leskov asari asosida «Mtsensk uezdining  

Makbet  honimi»  nomli  operasini  yaratadi.  Zamonaviy  teatrlar  sahnasida  bu 

opera  ikkinchi  tahrirdan  o’tib  «Katerina  Izmayilova»deb  nomlab  qo’yiladi 

operaning  janri  –  tragediya  satira.  1934-yili  yanvar  oyida  operani 

Lelingraddagi  kichik  opera  teatrida    va  Moskvadagi    V.  I.  Nemirovich 

Danchenko  nomidagi  musiqaviy  teatr  sahnasida  birinchi  marta  qo’yib, 

ko’rishgan.  Biroz  o’tgandan  keyin  opera  adolatsiz  tanqidga  duch  kelib, 

repertuardan olib tashlanadi. Va 1962 yildan boshlab yana qo’yila boshlaydi. 


 

79 


Shu  yillar  mobaynida  D.Shostakovich  bir  qator  cholg’u  asarlarni  va  shu 

jumladan  fortepiano  uchun    24  ta  prelyudiya  turkumini    yaratadi.30-yillar 

o`rtasida  yozilgan  4,5  va  6  simfoniyalarda  dramatik    g`oyalar  o`z  aksini 

topgan.  

5-simfoniya  1937-yil  21-noyabr  kuni  Leningrad  filarmoniyasining  zalida 

dirijor Yevgeniy Mravinskiy rahbarligida ijro etiladi. 5- simfoniya Betxoven 

va Chaykovskiy an’analarini davom ettiradi. 

Simfoniyadan  tashqari  kompozitor  kamer  asarlar  ustida  ham  ishlaydi. 

Birinchi torli kvartet; fortepiano, 2ta skripka, alt va violonchel uchun kvintet 

asarlarini  yaratadi.Kvintet  asari  uchun  Davlat  mukofotiga  sazovor  bo`lgan. 

1939-yilda  Shostаkovich  33  yoshga  to`ladi,  bu  davrga  kelib  u  Leningrad 

konservatoriyasi  professori  bo`ldi.  Uning  sinfida  Sviridov,  Levitin  kabi 

bo`lajak  kompozitorlar  saboq  oldilar.  1943-  yilda  Moskvaga  ko`chib 

kelganda  uning  sinfida  Karayev,  Gali’nin  kabilar  ta’lim  oladilar.  Shunday 

qilib  Shostakovich  maktabi  paydo  bo`ladi.  1941-yil  22-iyun    kuni    Buyuk 

ona vatan urushi boshlanadi. Shostakovich o’zining 7- simfoniyasini yozadi 

Simfoniya  1941-  yili  iyul  dekabr  oylari  davomida  yaratilgan.  3  ta  qism 

qamalga  olingan    Lelingrad  shahrida,  final  esa  Kuybishev    shahrida  yozib 

tugatilgan.  O’zining  jona-jon    shahrini  evakuatsiya  to`g`risida  buyruqqa 

bo`ysunib tark etadi 

7-  simfoniya  avval  Kuybishev,  keyin  Moskvada,  so`ng,  samolyotda  olib 

keltirilgan  partiturani  qamaldagi  Leningradda  ijro  etishlgan.  Undan  keyin 

xorijda. 1942-yil yozida 7-simfoniya Toskanii rahbarligida Nyu Yorkda ijro 

etilgan. 

     2  yil  o`tgandan  so`ng  8-simfoniyasini  yaratadi.  8-simfoniya  urush 

to`g`risida fojiaviy poemasidir. Urushdan keyingi yillarda kompozitor jamoat 

ishlari  bilan  shug`ulanadi.  SSSR  kompozitorlar  uyushmasida  ishlaydi,  oldin 

RSFSRga,  keyin  esa  SSSRning  Oliy  Kengashiga  deputat  bo`lib  saylanadi. 

1949-yilda  Shostakovich  Tinchlikni  himoya  qilish  Sovet  qo’mitasining 

tarkibiga  a’zo  bo’ladi.  1954-yilda  Umumjahon  Tinchlik  uyushmasi 

tomonidan Xalqaro Tinchlik mukofotiga sazovor bo’ladi. 

  Shu  yilning  o’zida  SSSR  xalq  artisti  unvoniga  sazovor  bo’ladi.  1956-yil 

o’zining  ellik  yilligida  Ikkinchi  Lenin  Ordeni  bilan  taqdirlangan.1966-yil 

Sotsialistik  Mehnat  qahramoni  unvoni  bilan  taqdirlanadi.  Yildan  yilga 

kompozitorning shuhrati o’sib boradi. 40-60-yillar asarlari urushdan keyingi 

25  yil  (asr  choragi)  mobaynida  kompozitor  turli  xil  janrlardagi  ko’plab 

asarlar  yaratgan.  1947-1948  yillar  ichida  David  Oystraxga  bag’ishlangan 


 

80 


skripka va orkestr uchun  1 konsert bilan «Yaxudiy halq sheriyatidan » deb 

nomlangan fortepiano jo’rligidagi  soprano, kontralto va tenor uchun vokal  

turkumi  yaratiladi  1949  yilda  E.Dolmatovskiy  so’zlariga  «Pesn  o  lesax» 

(O’rmonlar  haqida  qo’shiq)  nomli  oratoriyasi  yozilgan.  50-yillar  boshlarida 

«24  ta  prelyudiya  va  fuga»  va  Rus  inqilobiy  shoirlar  she’rlariga  «10  ta  xor 

poemalari»    yozilgan.  Bittasi  fortepiano  uchun,  ikkinchisi  ishchi  inqilobiy 

qo’shiqga tayanadi. Yaratgan asrlarning kontrastligi Shostakovichga juda xos  

1974 yilda 10-simfoniyani va «Vstrecha na Elba» (Elba daryosida uchrashuv) 

kinofilmini E.Dolmatovskiy so’zlariga oddiy va tez yodlanadigan  «Tinchlik 

qo’shig’ini yozadi». 30-40 yillar kinofilmlari uchun musiqasida inqilobiy rus 

qo’shiqlarga  murojaat  qilgan.  Bu  hususiyati  keyinchalik  simfonik  musiqada 

ham  kuzatiladi.  Ayniqsa,  1957-yilda  yozilgan  11-simfoniyasi  musiqasida 

simfoniya  birinchi  rus  inqilobiga  bag’ishlangan    ,,1905-yil”  dasturli  nomga 

ega. 


4 ta qismi alohida nomga  ega, bular: 

1),,Dvortsovaya ploshad’” (saroy maydoni). 

2),,9-yanvar’ ” 

3) ,,Vechnaya pamyat’ ”(mangu xotira) 

4) ,, Nabat” (Bong).         

 1961-yil  22-syezdga  bag’ishlab,  Shostakovich  12-simfoniyani  yaratadi. 

Uning  nomi:  ,,1917-yil”  V.I.Lenin  xotirasiga  bag’ishlangan.  13-simfoniya 

Yevtushenko so’zlariga bas, erkak xori va orkestr uchun yozilgan. 1969-yil 

yozilgan 14-simfoniyasi soprano, bas va kamer orkestri uchun mo’ljallangan. 

Kompozitorning  eng  falsafiy  asarlaridan  biri.  Ohirgi    15-simfoniyasi  1971-

yilning yoz paytida yaratilgan. ,,Krokodil” (,,Mushtum” jurnaliga o’xshagan  

nashr) jurnalidan she’r matnlarni olib, hajviy qo’shiqlar   yozgan. Ba’zan uni 

musiqaviy  felyetonchi  deb  atashardi.  Shostakovichning    lirik  va  faylasuf 

hislatlari kvartetlarda namoyon bo’ladi. Aleksandr Blok so’zlariga yozilgan 

vokal turkumida ijodining va go’zallikning boqiyligi madh etiladi.         

 Dm. Dm. Shostakovich 1975-yilning 9-avgust kuni vafot etgan.                            



                              

 

7-simfoniya. C-dur. 

 

       Shostakovich    15  ta  simfoniya    muallifi.  Bu  janr  uning      ijodida 

nihoyatda    katta  ahamiyatga ega. 


 

81 


Shostakovich  –  orkestr  xatining  mohir  ustasi.  U  orkestrchalik  fikrlaydi.  7-

simfoniya eng zo’r asarlardan biri. Simfoniya 1941- yil yozilgan. Uning katta 

qismi  Leningradda  yozilgan.  Simfoniya  pryemyerasi  1942-yil  avgust  oyida 

Leningradda bo’lib o’tgan. Qamaldagi shaharda odamlar simfoniya ijro etish 

uchun  mador  topishgan.  Radiokomitetta  15  kishi  qolgan  simfoniya  ijro 

etilishi  uchun  esa  kamida  100  ta  odam  kerak  edi!  Shunda  Shahardagi  bor 

san’atkorlarni chorlab, sobiq sozandalar armiya va flot orkestrantlarini topib 

9 avgust kuni Filarmoniya  zalida ijro etishdi. Simfonik orkestrni  Karl Ilich 

Eliasberg  boshqargan.  Simfoniya  partiturasida  «Lelingrad  shahriga  ataladi» 

degan  muallif  nomidan  yozib  qo’yilgan  bag’ishlov  bor.  7-simfoniya  urush 

haqida xujjatli filmlar bilan qiyos qilishadi. Simfoniyani «xronika»,  «xujjat» 

deb atashadi chunki u o’sha davr ruxini chuqur yoritadi. 

Simfoniyada        ikki  bir  biriga  qarama  qarshi  mavzu  qo’yiladi  barpo  etish, 

ijod, aqlu -farosat dunyosi va  vayrona, badjahillik dunyosi qarshi qo’yiladi. 

Ezgulik va  yovuzlik. 

I  qism  Allegretto-sonata  shaklida  yozilgan.  Bosh  partiya  mavzusi 

qahramonona  va  muhtasham.  U  torli  cholg’ularda  do-major  tonalligida 

yangraydi.  Yondosh  partiya  sol  major  tonalligida  lirik  felida    yangraydi 

kuyni skripkalar, garmoniyani alt va vilonchellar ijro etadi. Yondosh partiya 

yakunida fleyta  pikkolo solosi va surdinalangan skiripka chaladi. 

Ekspozitsiyadan  keyin  rivojlov  boshlanadi.  Rivojlov  mashxur  fashist 

bosqinchilarining  hamlasidan  boshlanadi.  Bu  barbod  etish  kuchining  ta’sirli 

manzarasi.  Bosqinchilar  uzoqdan  eshitiladigan  jangovor  baraban  usulidan 

boshlanadi. Butun lavha bitta kuyi o’zgarmas  mavzuga variatsiya   shaklida 

yozilgan.  Baraban  usuli  ham  doim  urib  turadi.  Variatsiyadan  variatsiyaga 

orkestr  tembrlari,  registlari,  fakturaning  qalinligi,  dinamika  o’zgartiriladi. 

Yangi  polifonik  ovozlar  qo’shilib  boradi.  Mavzuning  fe’li  ushbu  barcha 

vositalar yordamida yoritiladi. Variatsiyalar soni 11 ta.        

I  variatsiyanining  yangrashi  past  registrdagi  fleyta  tembri  sovuqqonlik 

yangrashi bilan takidlab turiladi. 

II  variatsiya  xuddi  shu  fleyta  1,5  oktava    masofasi  bilan    pikkolo    fleytasi 

bilan ijro etadi. 

IV variatsiya  goboy chalgan har bitta iborani bir oktava pastda fagot nusxa 

qilib qaytarib turadi. 

IV-VII  variatsiya  musiqaning  jangovor  fe’li  kuchayib  boradi.  Musiqa 

cholg’ulari (truba, surdinali trombon) kabilar kirib boradi 


 

82 


VI-  variatsiya  mavzu  forte  nyuansida  yangray  boshlaydi,  parallel 

uchtovushliklar bilan bayon etiladi. 

VIII-variatsiya asosiy mavzu  vahimali  fortissimo nyuansida jarang topadi. 

Uni past registrda 8ta valtorna bilan birga yog’och damli va torli cholg’ular 

ijro etadi. 

Endi  III  variatsiyadan  ko’chirilgan  avtomat  tarzdagi  figurani  boshqa 

asboblar bilan birga ksilofon urib boradi.  

IX  variatsiya    baland  registrdagi  trubalar  trombonlar  temir  yangrashiga 

mavzuning baland ovoz motivi qo’shiladi. 

 Oxirgi 2 ta variatsiya  mavzusi tantanavor fe’liga ega. Huddi temir mahluq 

qulog’ini  kar  qiladigan  shovqin  bilan  to’g’ri  tinglovchiga  qarab, 

xarakatlanadi  (yaqinlashib  kelmoqda).  Ammo  to’satdan  tonallik  almashib, 

trubalar, valtorna va trombonlardan iborat.Qo’shimcha guruh ijrosida ,,Motiv 

soprotivleniya”  ya’ni  qarshi  kurash  dramatik  motivi  yangraydi.  Variatsion 

rivojlov,  qayta  ishlash  rivojloviga  o’tib,  tengi  yo’q  tarang  simfonik  jang 

manzarasi  tasvirlanadi.  Repriza  boshlanadi.  Reprizada  ikkala  mavzu  ham 

sezilarli  darajada  o’zgarib  ketadi.  Bosh  partiya  mavzusi    minorda  yangrab, 

uning marsh usuli  motam yurish usuli axamiyatini kasb etadi. Melodiya esa 

shijoatli  qudratli  rechitativ  pog’onasiga  ko’tariladi.  Bu  barcha  insonlarga 

qaratilgan nutqdir. Yondosh partiya-avval ravshan, yoruq va lirik, reprizaga 

kelganda  maxsus  minor  ladida  (II  va  IV  pasaytirilgan  pog’ona  ladida)  past 

ovozda  g’amgin  ijro  etiladi.  Birinchi  qismning  kodasida  bosh  partiya 

mavzusi  yana  qaytib  keladi.  U  yana  avvalgidek  major  qiyofasida, 

skripkalarda  kuychan yangraydi. 

Ohirida  uzoqdan kelgan baraban  urishi  va bosqinchilik mavzusi eshitiladi. 

Urush davom etadi. 

    

II chi va III  qismlarda fashizmning  buzg’unchilik kuchiga odamning 



ma’naviy boyligi, fikrlashning chuqqurligi, uning  qudratli e’tiqodi qarama-

qarshi qo’yiladi. 

IV  qism.  Madorli  final-  xujum  g’ayratiga    va  g’alabaning  yaqinligi 

ishonchiga to’la. 

   Shostakovichning  «Leningrad»  simfoniyasi  XX  asrning  «Kahramona 

simfoniyasi» deb  nomlanishga  munosibdir. 

       

 

Dm. Dm. Shostakovichning asosiy asarlar ro’yhati. 



 

 

83 


1.15ta    simfoniya  (ular  ichida  VII  «Leningrad»,XIchi  «1905  yil»,  XIIchi 

«1917  yil»,V.I.Lenin  xotirasiga  bag’ishlangan    XIIIchi  bas,  xor  va  orkestr 

uchun. 

2.«Katerina Izmaylova» operasi, «Nos operasi». 



3.  «Kazn  Stepana  Razina»  (  Stepan  Razin  qatl  etilishi)  vokal-simfonik 

poemasi. 

4.«O’rmonlar haqida qo’shiq» oratoriyasi. 

5. Skripka, violonchel, fortepiano va orkestr uchun kontsertlar. 

6. 15 torli kvartet. 

7.Fortepiano, 2skripka, alt va violonchel uchun kvintet. 

8.Fortepiano, skripka va violonchel uchun trio. 

9. Fortepiano uchun 24 prelyudiya va fuga. 

10.Fortepiano uchun 24 prelyudiya. 

11.Vokal  turkumlar,  ko’shiqlar(ular  orasida  «Pesnya  o  vstrechnom», 

«Pesnya mira»). 

12.Kinofilmlar  uchun  musiqa.  («Vstrechniy»,«Miltiqli  odam»,  «Yosh 

Gvardiya», «Gamlet», «Karl Marks» va boshqalar. 

 

 



 

Aram Ilyich Xachaturyan.(1) 

(1903 yil  6 iyun –1978 1 may). 

 

 



Aram Ilyich Xachaturyan  XX asrning yirik kompozitorlaridan biridir. 

Uning eng yahshi asarlarining musiqasi yorug’ optimizmga, temperamentga 

to’la bo’lib, ularda kompozitor o’z millatining  hayotini ko’rsatadi. 

 

A.I.Xachaturyanning  ijodiy  merosiga  turli  janrlarda    yozilgan  asarlar 



kiradi:  «Gayane»,  «Spartak»  baletlari,  xar  hil  spektakllarga  musiqa  (M.Yu. 

Lermontovning  «Maskarad»  dramasiga),  kinofilmlarga    musiqa  («Pepo», 

«Admiral Ushakov», «Otello») , organ bilan orkestr uchun simfonik poema, 

ovoz  bilan  orkestr  uchun  3ta  ariya,  3ta  simfoniya,  6ta  kontsert,  sonatalar, 

qo’shiqlar va boshqalar. 

Xachjaturyan  ijodi  davomida  gruzin    va  ozarbayjon  qo’shiqlari  bilan 

ham  tanishadi.  Kompozitor  o’qib  yurgan  chog’laridayoq  skripka  bilan 

fortepiano  uchun  «Raqs»,  fortepiano  uchun    «Poema»  yozadi.  1932  yilda 

simfonik  orkestr  uchun  yozgan  «Raqs  syuitasi»,  fortepiano  uchun  Tokkata 

hamda  fortepiano,  skripka    va  klarnet  uchun    yozilgan  triosi  kompozitor 



 

84 


nomini keng ommaga tanitadi. «Raqs syuitasi»da  gruzincha, armancha raqs 

kuylari bilan  bir qatorda  o’zbekcha raqs kuylari ham uchraydi. 

        1936chi yilda fortepiano va orkestr uchun, 1940 yilda skripka va orkestr  

uchun,  1946  yilda  violonchel  va  orkestr  uchun  kontsertlar  yaratgan.  Mana 

shu kontsertlardan 1940 yilda yozilgan skripka bilan orkestr uchun kontserti 

mashxur        dir.  Bu  asarni  Xachatiryan  uning  birinchi  ijrochisi  taniqli 

skripkachi  David  Oystraxga  bag’ishlaydi.  Fortepiano  uchun  kontsert-Lev 

Oborin, Skripka uchun kontsert  –David Oystrax, Violonchel uchun kontsert 

Svayatoslav  Knushevitskiy  kabi    birinchi  ijrochilarga  bag’ishlangan  1946 

yildan keyin kontsert- rapsodiyalar triadasini yaratadi.Triada – uchlik degani, 

uning  ichiga    fortepiano,  skripka  ,  vilolonchel  va  orkestr  uchun  yozilgan 

kontsertlar kiradi. 

 

Skripka bilan orkestr  uchun kontsert. 

(d moll) 

     A.I.Xachaturyanni  1940  yilda  yozgan  mashxur  asarlaridan  biri-skripka 

bilan  orkestr  uchun  re  minor  kontsertidir.  Bu  kontsert  musiqasining 

yorqinligi, milliy xarakteri bilan ajralib turadi. Uning melodiyasi, intonatsion 

tuzilmalari, garmoniyasi Armaniston xaklqining ijodiga juda yaqin turadi. 

Kontsert uch qismdan iborat: 



I qism - Allegro  con fermezza tonal jihatdan noturg’un , shijoatli va qisqa 

orkestrli  kirish  qismdan  boshlanadi.Kirish  qismi  allegro    con  fermezza 

remarkasi bilan belgilangan. 

I qism  sonata allegrosi shaklida yozilgan . 

      Bosh  partiya  re  minorda  yakkaxon  skripka  ijrosida,  orkestr  jorligida 

yangraydi. 

   Mi  tovushi yarim  tonga pasayishi kuychan raqsona mavzuni doriy ladida 

jarang  topishidan  darak  beradi  .  Mohirona  passajlarning  orkestrda    ko’chib 

tushishi yondosh partiyaga olib keladi. 

Xarakat tinchlanib poco meno mosso tempiga keladi.Musiqa nafis  va ravon 

raqs sari yangraydi. 

Yondosh partiya mavzusi xromatizmlar bilan bezatilgan . 

    Ladi  o’zgaruvchan  (lya  major-fa  diyez  minor  lirik  milliy  musiqaga  xos), 

kuyi improvizatsion, usuli sinkopalashtirilgan. 

     Rivojlov  –mi  bemol  major  tonalligiga  siljish  bilan  ta’kidlangan. 

Rivojlanish  jarayonida  kompozitor  iikala  asosiy  mavzuni  bir-biriga 

yaqinlashtiradi. Rivojlov o’rtasida 2 ta kontrast mavzu baravariga yangraydi. 


 

85 


   Orkestrda  fortissimo  nyuansida  yondosh  partiya,  yakkaxon  skripkada  esa 

bosh  partiya  passajlari  yangraydi.    Kadentsiyada  yondosh  partiya  o’z 

kiyofasini o’zgartirib shijoatli, irodali va o’tkir xolatda yangraydi. 

    Reprizada 

asosiy 

mavzular 



variatsiyalangan 

holda 


o’tkaziladi.Kontsertning I qismi koda bilan yakun topadi. Koda birin  –ketin 

intiluvchan tez sur’atda yangrab o’tgan bosh partiya va kirish qismi mavzular 

bilan tugatiladi. 

  II –qism. Andante sostenuto-lirik va ohanrabo qoshiq.2 chi qismdan  oldin 

kirish musiqasini fagot, so’ngra  klarnet ijro etadi. 

Qoshiqni  o’zi  yakkaxon  skripka  ijrosida  orkestrning  yengil  vals  jo’rligi 

fonida  nozik,  kuychan  va  hayolchan  yangraydi  .  O’rta  qismda    -bir  ozga 

kirish mavzusi qaytadi.Repriza dinamikalashtirilgan. 

   Yakkaxon  skripkaning  asosiy  mavzusiga  klarnet  kuyi  qo’shiladi.Ush  bu 

mavzuni  mador  va  shodlik  bilan  butun  orkestr  chaladi.  Ikkinchi  qism 

past,erib ketadigan ovozda tugaydi.mi minor  uchtovushligi fonida yakkaxon 

sol diyez tovushi bilan to’xtaydi. 

    III  qism  –  Allegro  vivache  quvnoq  va  gavjum  bayramning  misiqiy 

manzarasi.  Final  rondo-sonata  shakliga  yaqin.  G’ayratli  kirish  mavzusidan 

boshlanadi. 

Bosh partiya-quvnoq,xushchaqchaq va o’ynoqi. 

Yondosh partiya – nozik va g’amgin. 

Refren-bosh partiya mavzusi. 

   Rivojlovda  I  qismdan  yakkaxon  skripka  ijrosida  lirik  mavzusi  orttirilgan 

cho’zimlar  bilan  keng  va  erkin  nafas  bilan  ijro  etiladi.Reprizasi 

kengaytirilgan;  final  mavzusidan  tashqari  birinchi  qismdan  yondosh  partiya 

mavzusi ham ijro etiladi.  

 

 

Aram Ilyich Xachaturyan. (2) 



      

    Aram  Xachaturyanning  nomi  jaxon  musiqa  shinavandalari  orasida 

mashhurdir.  Uning  skripka,  violonchel,  fortepiano  uchun  yozgan  konsertlari, 

«Gayane», «Spartak» syuitalari, «Maskarad» dramasiga musiqa doim yangrab 

turadi. 

      Aram Ilyich Xachaturyan 1903-yilda Tiflisda muqovasoz oilasida tug`ildi. 

Uning  bolalik  yillari  shu  yerda  o`tdi.  Juda  yoshligidan  arman  qo`shiqlarini 

o`rgandi.  U  gruzin  va  ozarbayjon  qo`shiqlari  bilan  ham  tanishdi.O`n  sakkiz 



 

86 


yoshga  kirgach,  musiqa  bilim  yurti  dargohiga  birinchi  qadam  qo`ydi.1922-

yilda  Moskvada  Gnesinlar  nomidagi  musiqa  texnikumida  violanchel  sinfida, 

so`ngra  1926-yildan  boshlab  kompozitsiya  sinfida  o`qidi.  Xachaturyan 

texnikumda o`qib yurgan chog`laridayoq skripka bilan fortepiano uchun raqs, 

fortepiano  uchun  «Poema»yozdi.  Bu  asarlarida  arman  milliy  koloriti  yorqin 

ifodalangan edi. 

      Xachaturyan 

1929-yildan 

1934-yilga 

qadar 


Moskva 

davlat 


konservatoriyasida Myaskovskiy, Vasilenko, Ivanov-Radkevich sinflarida, uch 

yil  aspiranturada  ta’lim  oldi.Uning  1929-yilda  skripka  va  fortepiano  uchun 

yozgan    «Qo`shiq-poema»si  va  1932-yilda  yozgan  «Tokkata»  hamda  triosi 

yosh  kompozitor  nomini  keng  ommaga  tanitdi.  Ijodkor  triosining  xarakterli 

tomoni uchinchi qismining o`zbek xalq kuyiga asoslangan variatsiya formasida 

yozilganligidir.Kompozitorning  1933-yilda  simfonik  orkestr  uchun  yozilgan 

raqs  syuitasiga  ham  lezginka,  armancha  raqs  kuylari  bilan  bir  qatorda  o`zbek 

xalq kuyi kiritilgan. 

      Xachaturyan  konservatoriyani  1933-yilda  muvaffaqiyatli  tugatgach,  uning 

nomi konservatoriyaning kichik zali foesiga oltin harflar bilan yozib qo`yiladi. 

      Kompozitor 1934-yilda o`zining birinchi simfoniyasini yozdi.         1937-

yilda  Moskvada  bo`lib  o`tgan  sovet  musiqasi  o`n  kunligida  Xachaturyanning 

orkestr  bilan  fortepiano  uchun  yozgan  konserti  katta  muvoffaqiyat  qozonadi. 

Bu asar sovet musiqa madaniyatining katta yutuqlaridan deb baholanadi. 

     Kompozitor  1938-yilda  sovet  kompozitorlari  uyushmasiga  rahbarlik  qildi 

va shu yili unga «Pepo» kinofilmiga yozgan musiqasi uchun Armaniston SSR 

da xizmat ko`rsatgan san’at arbobi faxriy unvoni berildi. 

     1939-yilda  Moskvada  arman  adabiyoti  va    san’ati  dekadasi  bo`lib  o`tdi. 

Kompozitor  dekadaga  bag`ishlab    «Baxt»  nomli  balet  yozdi.  Ijodkor  Lenin 

ordeni bilan mukofotlandi. 

     Xachaturyan  1940-yilda  o`zining  mashhur  asarlaridan  biri  orkesrt  bilan 

skripka  uchun  konsertini  yozdi.  Bu  asar  musiqasining  yorqinligi,  milliy 

xarakterdaligi bilan ajralib turadi. 

     Ulug`  Vatan  urushining  dastlabki  kunlaridan  boshlab,  Xachaturyan  Sovet 

kompozitorlari  soyuzi  Moskva  bo`limining  harbiy  komissiyasi  ishida  aktiv 

ishtirok  etdi.  Urushning  dastlabki  haftalaridayoq  «Kapitan  Gastello  haqida» 

dramatik qo`shiq va «Ulug` Vatan urushi qahramonlariga» nomli marsh yozdi. 

1942-yilda «Baxt» nomli baletini qaytadan ishladi va bu asar «Gayane» nomi 

bilan  atala  boshladi.  «Gayane»  baleti  birinchi  marta  Perm  shahrida  turgan 

Leningrad  Davlat  opera  va  balet  teatrida  sahnaga  qo`yildi.  Kompozitorga 



 

87 


1943-yilda  ikkinchi  marta  davlat  mukofoti  berildi  (birinchi  marta  skripka 

uchun yozgan konsertiga).  

    «Gayane» baletida qo`pol va qattiq qo`l, keyinchalik bo`lib chiqqan erining 

jabr-zulmini  tortgan  ayolning  dramasi  to`g`risida,  arman  kolhozchilarining 

dushmanga  qarshi  kurashda  ko`rsatgan  mardligi  to`g`risida  hikoya  qilinadi. 

Balet  musiqasi  jonli  va  tasviriyligi  bilan  ajralib  turadi,  ayniqsa  undagi 

«Qilichbozlar  raqsi»  hozirgacha  ijrochilarning  sevimli  asarlaridan  bo`lib 

kelmoqda. 

      1944-yilda Xachaturyan og`ir tarixiy damlarni o`z boshidan kechirayotgan 

xalqning kechinmalarini ifodalovchi ikkinchi simfoniyasini yozdi. Oradan ikki 

yil  o`tgach,  Xachaturyanga  bu  simfoniyasi  uchun  uchinchi  marta  davlat 

mukofoti berildi. 

      1944-yilda u Armaniston Davlat madhiyasini yaratishda ishtirok etdi.  

      Kompozitor  urush  yillarida  «Boltiq  dengizi»  nomli  mashhur  qo`shi, 

Pogodinning  «Kreml  kuranti»  spektakliga  musiqa,  «Maskarad»  simfonik 

syuitasi va boshqalarni yaratdi. 

      Xachaturyan  urushdan  keyingi  yillarda  ham  yirik  formali  musiqa  asarlari 

ustida ishlashni davom ettirdi, ovoz bilan simfonik orkestr uchun uchta ariya, 

violonchel bilan orkestr uchun konsert yozdi. 

      1947-yilda Xachaturyan organ bilan orkestr uchun simfonik poema yozdi. 

       Xachaturyanning  1948-yildan  keyin  yozgan  eng  yirik  asarlaridan  biri 

«Spartak»  baleti  (N.Volkov  librettosi)  dir.  Balet  klaviriga  yozilgan  so`z 

boshida  shunday  deyiladi:  «Spartakning  ozodlik  uchun  kurash  temasi,  qullik 

zanjirlariga qarshi qo`zg`alon, ezilgan xalqqa erkin va mustaqil hayot kechirish 

huquqini  berishga  intilish  singari  g`oyalar  baletning  asosiy  temasi 

hisoblanadi…» 

       Librettoda  asosan  Spartakning  haqiqiy  faktlarga  asoslangan  tarjimai  holi 

beriladi. 



«Spartak» baletining qisqacha mazmuni. 

 

 «Spartak»  baleti  Rim  sarkardasining  tantanali  yurishi  manzarasi  bilan 

boshlanadi.  Bunda  ikki  g’ildirakli  maxsus  arava  ketidan  kelayotgan  asirlar 

orasida frakiyalik Spartak ham bor. Keyin Rimdagi qullar bozori, sirk maydoni 

ko’rinadi, so’ngra sirk maydonida gladiatorlarning qon to’kib kurashgan fojiali 

manzarasi  boshlanadi.  Spartak  quturgan  olamon  talabini  rad  etadi,  yenggan 

raqibini o’ldirishdan voz kechadi va maydondan chiqib ketadi.          


 

88 


   Shundan  keyin  yaralangan  gladiatorning  fojiali  o’limi  manzarasi  

ko’rsatiladi.  Spartak  do’stlarini  zolimlar  asoratiga  qarshi  qo’zgalon 

ko’tarishga  chaqiradi.  Appiya  yo’lida  qo’zg’alonchi  gladiatorlarga 

dehqonlar    kelib  qo’shiladi.  Balet  Spartakning  so’ngi  kurashi, 

qahramonona o’limi, unga motam va uning nomining xalq qalbida abadiy  

yashagani ifodalash sahnasi bilan tugaydi.                                    

  Gladiator  o’limining  fojiali  ko’rinishi  bilan  boshlanib,  qahramonona 

ko’tarinkilikkacha  rivojlanib boruchi kazarma ko’rinishi baletning eng jozibali 

sahnalaridan  hisoblanadi.  Qahramon  vafotini  tasvirlovchi  simfonik  motam 

kuyi  katta  ta’sir  kuchiga  egadir.  Balet  partiturasida  kompozitor  qalamiga  xos 

bo’lgan  kuyning  xarakterligi,  ritm  va  garmoniyaning  yorqinligi,  orkestr 

sadolarning turli-tumanligi yaqqol ko’zga tashlanadi.      

Kompozitor  bu  baletda  tarixiy  qahramonlik  mavzusini  xoreografik 

san’at vositasi bilan ifodalashdek muhim masalani mohirlik bilan hal 

qila oldi.   

Xachaturyan  so’ngi  yillarda  «Volga  bo’yidagi  jang»,      «Vladimir  Ilyich 

Lenin»  kinofilimlariga  yozgan  musiqasi  va      «Motam  odasi»  konsert 

repertuaridan  mustahkam  o’rin  oldi.  Bulardan  tashqari,  kompozitor  «Rus 

masalasi» ,  «Admiral Ushakov», «Kemalar Bastionlarga hujum qiladi» kabi 

kinofilimlariga ham musiqa yozgan.     

     Xachaturyan yirik simfonik va sahna asarlari bilan bir qatorda o`nlab ajoyib 

qo`shiqlar  ham  yaratadi.  «Yerevan  haqida  qo`shiq»,    «Qalb  qo`shig`i», 

«Tinchlik  posbonlari  qo`shig`i»,  «Do`stlik  valsi»  va  boshqalar  shular 

jumlasidandir. 

     Xachaturyan  ajoyib  kompozitor,  pedagog  ,dirijor,  jamoat  arbobi  mohir  

tashkilotchiligi  bilan  xalq  orasida  tobora  ko’p  shuhrat  qozongan.U  ijtimoiy 

faoliyatini  kompozitorlik  ijodi  bilan  chambarchas  bog’langan  holda  olib 

boradi.  

    Xachaturyan  1950 yildan boshlab  o’z asarlariga dirijo’rlik qiladi,simfonik 

kontsertlarda  qatnaqshadi.Shu  bilan  bir  qatorda  u  Moskva,  Leningrad,  Kiyev 

va  Sovet  Ittifoqining  boshqa  ko’pgina  shaharlari  ,chet  ellarda  (Italiya, 

Ispaniya, Angliya, Finlyandiya,) mualliflik kontsertlarini berdi. 

    So’nggi  yillarda  kompozitor  sovet  madaniyati  arboblari  delegatsiyasi 

tarkibida  Chexoslavakiya,  Bolgariya,  Italiya,  Islandiya,  Angliya,  Finlyandiya 

singari mamlakatlarida bo’ldi. 

Xachaturyanning  musaffo  va  o’ziga  xos  musiqasi  arman  xalq  ijodiyoti  

an’analari  bilan  chambarchas  bog’liqdir.  Arman  xalq    musiqasi  kompozitor 


 

89 


ist’edodining o’sishiga  asos  slogan  bo’lsa,  jahon  va  rus  musiqa    klassiklarini 

o’rganish    ijodiy  yuksalishdagi  zaruriy  shartlardan  biri  bo’ldi. 

Xachaturyanning ijodi individual uslubi bilan ajralib turadi. 

    1954  yilda  SSSR  xalq  artisti,  1963    yilda    Armaniston    fanlar 

Akademiyasining  akademigi  degan  unvon  berildi.  U  san’atshunoslik  fanlari 

doktori,  tinchlikni  saqlash  sho’ro  ko’mitasining  a’zosi  Lotin  Amerika 

davlatlari  bilan  madaniy  va  do’stona  aloqalar  sho’ro  assotsiatsiyasining 

prezidenti,  Moskva  konservarotiyasining  professoridir.Unga  1959  yilda  

«Spartak»baleti uchun Lenin mukofoti sovrindori unvoni berildi.           

    Xachaturyanning  ijodi  uchta  balet,  simfonik  poema,  shodlik  odasi,  uchta 

simfoniya,  simfonik  syuitalar,  oltita  kontsert,  trio,  sonatalar,  25  ga  yaqin 

kinofilmga  musiqa,  20  ga  yaqin  spektaklga  musiqa,  qo’shiqlar,  xor  va 

boshqalardan iborat.   

 

 



Asosiy asarlar ro’yxati. 

2ta simfoniya 

2ta balet 

Fortepiano va orkestr uchun kontsert 

Skripka va orkestr uchun  kontsert 

Violonchel va orkestr uchun kontsert 

Skripka  va  orkestr  uchun;  fortepiano  va  orkestr  uchun;  violonchel  va  orkestr 

uchun rapsodiya-kontsertlar triadasi (uchligi). 

Fortepiano uchun tokkata. 

Fortepiano uchun bolalar albomi(I,II nashrlar) 

Qo’shiq va romanslar 

Lermontovning «Maskarad»  dramasiga musiqa. 



 

Zahariy   Petrovich     Paliashvili (1871-1933). 

 

Gruzin,sovet 

kompozitori. 

Musiqaviy 

ma’lumotini 

Moskva 


konservatoriyasida  1903  yilda    tamomlagan.  Gruzin  xalq  qo’shiqlarini  katta 

qunt va shijoat bilan yig’ib , ularni   o’rganish bilan shug’ullangan. (100 tadan 

ziyod  ko’shiqlar  yozib  olgan.),Gruziya  filarmonik  jamiyatiga  rahbarlik 

qilgan,Tbilisi    konservatoriyasida  kompozitsiya  sinfi  professori  lavozimida 

ishlagan;Uning  nomi  bilan  Tbilisidagi  opera  va  balet  teatri    atalgan  .Ijodiy 

merosida «Abesalom va Eteri»,shuningdek  « Daisi » kabi operalari  qiziqishni 



 

90 


o’yg’otib,  asosiy    axamiyatni    kasb  etadi.Mazmun  –mohiyati,usuli    nuqtai 

nazardan  o’ta xalqchil , shu bilan birga ular rus klassik musiqasining eng avzal  

an’analariga  amal qilib  yaratilgan. 

 

Meliton Antonovich Balanchivadze (1863 -1937) . 

     


   Gruzin,  sovet  kompozitori  va  jamoa  arbobi.  Peterburg  konservatoriyasida 

N.A.Rimskiy  –Korsakov  qo’lida  o’qigan.  Gruzin  xalq  qo’shig’ining  katta 

bilimdoni,  u  Rossiyaning  chekka  chekka  shaharlarida  o’zi  raxbarlik  qilgan 

milliy xor bilan kontsertlar berib , gruziya xalq ijodini targ’ibot qilgan. 

      Balanchivadze –birinchi gruzin romanslar va  «Kоvarnaya Daredjan» kabi 

operasining  muallifi.  Ush  bu  opera  1897  yilda  gruziya  adabiyotining  mumtoz 

yozuvchisi A.Seretelining dramatik poemasi bo’yicha yozilgan.  

1918 Balanchivadze Kutaisi musiqa bilim yurtini tashkil etgan. Hozirgi kunda 

bu dargoh kompozitor nomi bilan atalgan. 

 


 

91 


Qara Abulfayz o’g’li Qarayev (1918-1982). 

 

Azarbayjon,  sovet  kompozitori,  pedagog.  Sozialistik  mexnatining  qahramoni. 



Lenin  mukofotining  sovrindori,  SSSRning  xalq  artisti.Musiqaviy  ma’lumotini 

Moskva konservatoriyasini 1947 yilda D.D.Shostakovich sinfida tamomlagan. 

Karayev-3ta  simfoniya,simfonik  poema,  kamer  –cholg’u  asarlar  ,fortepiano 

uchun  pyuesalar  muallifi.Uning  «Yettita    go’zal»,  «Momaqaldiroq  yo’li 

bilan»degan baletlari va  «Neistoviy Gaskonets» nomli myuzikli hozirgi kunda 

ham ko’plab   musiqiy teatrlar sahnalarini bezatadi.Tinimsiz ijodiy faoliyatini 

kompozitor  o'qituvchilik  va  jamoaviy  mexnat    bilan  birgalikda  o’tkazardi.U 

ko’p yillar mobaynida Azarbayjon kompozitorlar uyushmasining rahbari bolib 

ishlagan. 

 

Fоydalanilgan adabiyotlar. 

 

1. 


«Russkaya muzi’kalnaya literatura». L.1983 darslik  

2. 


E.Smirnоva. «Russkaya muzi’kalnaya  literaturа».  

3. 


«Istоriya russkоy muzi’ki». M.1980 

4. 


Yu.Buli’chyovskiy, 

V.Fomin. 

«Kratkiy 

muzikalniy                       

slovar dlya uchashixsya». 

5. 


Druskin «100 oper». 

 

 



 

 

 



 

 


 

92 


Марказий Осиё ва Кавказ республикалари   мусиқа  маданияти 

Фольклор,  мазмун  жиҳатидан  хилма  хиллиги,  шакл  ва  характерлар,  образлар,  удумлари  ва 

тарихий  ҳаёти.  Асрлар  мобайнида  яратилган  ноёб  асарлар,  Ушбу  асарларда  ҳалқнинг  ҳаёти, 

меҳнати,  тарихий  воқеалар,  кечинмалари  ва  ўйлари.  Профессионал  мусиқа  борлиги,  халқ 

композиторлик мактаби асосида халқ мусиқаси асосида ривожланганлиги. 

Классик  жанрларнинг  яратувчилари  (Спендиаров  А.,  Баланчивадзе  А.,  Палиашвили  З,  Кара 

Караев, Гаджибеков У., Чубанова А., Шохиди Т., Малдибаев А., Мухотов В.). 

Мустақил иш. Реферат таёрлаб келиш. 

 

 



 

Тожикистон. Толиб Шохиди. 

 

 

Толиб  Зиядуллаевич  Шохиди  1946  йил  13  мартда  Душанбе,  Тожигистонда  туғилган. 



1972 йил Арам Хачатурян синфида Москва консерваториясини тугатган. Композитор, педагог, 

«Тожик фильм» киностудиясининг мусиқали редактори Т.Шохиди ўз асарларида тожик миллий 

фольклорига  таяниб,  Янги  хат  услубларини  ишлатган.  Ижодидан  симфоник  поэмалари 

“Празнество”,  “Садо”,  “Симфония  №2”  “Крнсертто  гроссо  №2,  №3”.  Фортепиано  ва  оркестр 

учун  концерт  №3.  Опера:  “Хранителная  огня”,  “Амир  исмаил”,  опера  сказки  “Калиф-аист”, 

“Карлик  нос”,  “Волшебние  яблоки”,  “Красавица  и  чудовише”.  Балет:  «Спитамен»,  «Смерть 

ростовҳика», «Рубаян Хайяна». “Смерть ростовшика”,  “Юсуф и зулейха”, Драматик спектаклга 

музика “Эдип”, “Кабала святош”, “Корол лир”, “Ромео ва Джулетта”, “Яшерица” ва “Рудаки”.  

Симфоник  ижоди:    ғалабани  30  йиллигига  бағишланган  вокал  симфоник  поэма,  «Таджики» 

симфония, «Таджикистан» увертюралар.  

 

 

 


 

93 


Козоғистон. А.Жубанов ижоди. (1906-1968) 

 

 



Ахмет  Куанович  Жубанов  1906  йил  29  апрелда  Россиянинг  Актюбинский  вилоятида 

таваллуд топган.  А. Жубанов мусиқашунос, композитор, дирижер, педагог козоқ профессионал 

мусиқасининг асосчисидир. Қозоқ ҳалқ мусиқаси ҳақида китоблар, опералар ва мақолалар ёзди

Хаёти.  1932  йил  Ленинград  консерваториясини  мусиқий  назарий  фанлар  факултетини 

тамомлаган. Ўқишни тугатиб Қозоғистонинг Алма-Ата шахрига ишга юборилади.    

           

Жубановнинг  опералари:    «Абай»,  «Тулеген  Тохтаров».  Чолғу  асарлари:    Қозох  ҳалқ 

қўшиқларига сюита, қозоқ ҳалқ чолғулари увертюра – фантазия, қозоқ чолғу куйлари темасига 

4  сюита.  Фортепиано  учун  казахские  танцы,  таджикские  танцы,  Скрипка,  Қобизға  ва 

фортепиано учун  “Ария”. Хор учун 4 та асар.  

Театр ва кино учун мусиқа . 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



Қирғизистон. А. МАЛДЎБАЕВ ижоди. (1906-1978) 

 

Малдўбаев  Абдўлас  -  қўшиқчи,  композитор  В.А.Власов  ва  Ферелар  билан  ижодий 

ҳамдўстликда  бўлган.  Хаёти  1906  йил  7  июлда  Қирғизистонда  Чуйской  вилоят,  Кеминск 

раёнида  таваллуд  топган.  1923  йил  Алма-атадаги  Қозоқ  Қирғиз  институтини1929  йиллар 

давомида  тамомлаган.  1930  -1933  йилларда  Фрунзедаги  Қирғиз  музиқа  коллежида  директор. 

1933 – 1962 йилларда Қирғиз мусиқали драма театрида солист бўлиб фаолият юритган.    

«Аджал ордуна» мусиқали драммасини 3 редакцияси. 

Биринчи  Қирғиз  операсини  яратилиши.  «Айичурек»,  «Эллин  Сюгендер»,  «Манас»,  «Кел 

богонда», «Токтогул». 

А.Малдыбаев  ўз  ижодида  Қирғизистон  бўйича  биринчи  бўлиб  Янги  жанрлар  киритди:  

«Қирғизистан»  қўшиқ,  гимнлар,  «Партия»,  «Земля  отцов»,  қўшиқ  -  маршлар,  романслар, 

болалар учун қўшиқлар, хорлар, кантата, ораториялар. Опералари “Айчурек” 

Мустақил  иш.  А.Малдыбаев  Қирғизистон  мусиқали  драма  ва  опера  театрларида  қўшиқчи 

бўлиб танилган.  



 

 

 

94 


Туркманистон. В.Мухатов ижоди. (1916-2005) 

 

 

Ҳаёти ва ижоди. Велимухамед Мухатов 22-апрел 1916 йилда Туркманистонни Ашхобот 

шахрида  таваллуд  топган.  Ашхобод  мусиқа  коллежида  тахсил  олади.  Кейин  Москва 

Консерваториясида тахсил ола башлаган. 1941 йилда Фронтга урушга кетади. Урушдан кейин 

Москва консерваториясини С.Н.Василенко синфида 1951 йил тамомлаган. 1959-1961 йилларда 

Аспирантурани  Консерваторияда  тамомлайди.  Композитор  ва  жамият  арбоби.  Туркман 

профессионал  мусиқасининг  ривожланишидаги  ўрни.  Туркман  Филармонияси  ва  радио 

телевидениясида рахбар булиб фолият юритади.   Композитор биринчи асарларида «Ак-Памык» 

балети,  «Кемина  ва  казы»  комик  операсида  туркман  фольклор  ва  замонавий  композиторлик 

техникасини  бирлаштирди.  В.Мухатовнинг  йирик  асарлари:    «Танлы  сайа»  операси,  «Памяти 

Махтумкули  симфонияси»,  «Туркман  сюитаси»,  «Моя  Родина  поэмаси»  ва  кантаталар. 

“Победа” Контатаси, Хор ва Драмма театри, спектакл ва кинофилмларга мусиқалар.   

Мустақил  иш.  Хужжатли  ва  бадиий  фильмларга  мусиқаси.  Туркман  миллий  санъатининг 

ривожланишида, композиторнинг ижодининг аҳамияти. 



 

Озарбайжон. У.Гаджибеков,Кара Караев 

 

 



Узеир  ГаджибековҲаёти  ва  ижоди.  У.Гаджибеков  композитор,  мусиқашунос,  педагог, 

мусиқа ва жамият арбоби. 

Замонавий  Озарбайжон  профессионал  мусиқа  санъатининг    асосчиси.  Гаджибеков  мугам 

киритилган жанрларнинг асосчиси. 

Гаджибековни миллий опера театридаги аҳамияти. («Муж и жена комедияси», «Не та, так эта», 

«Аршин  мал  алан»)  Композитор  Озарбайжон  мусиқа  илми  ва  биринчи  вокал  ижрочилик 

жанрларининг асосчиси. 

Амалий  машғулот:  Гаджибековнинг  «Кероглў»  операси  ишининг  чўққиси  бўлиб,  замонавий 

Озербайжон операсининг классик намунасидир.  



Мустақил иш. Назарий изланишлар асосида яратган асари «Основа азербайджанской народной 

музыки».  



 

Кара Караев 

 

 

Ҳаёти  ва  ижоди  (1918  –  1982)  К.Караев  Озарбайжон  маданиятининг  буюк 



намоёндасидир  К.Караевни  классик  асарлари:    3  симфония,  симфонические  гравюрў  «Дон 

Кихот»,  балетлари  «Семь  красавиц»  ва  «Тропою  грома»,  24  та  прелюдия  фортепиано  учун, 

концерт скрипка ва оркестр учун. 

 Мустақил иш. 24 та прелюдия фортепиано учун, концерт скрипка ва оркестр учун. 

Композитор услубининг асосий элементлари:  кантилено, ритм кучи, гармония ва оркестрнинг 

ранг баранглиги. К.Караев ўз асарларида ҳалқ мусиқа жанрларини, оҳангларини қўллаган. 

К.Караев Озарбайжонда классик балетнинг асосчиси. Ашула рақс санъатининг элементлари ва 

бой илдизи миллий хореографияли балетнинг вужудга келишига туртки бўлди. 

Чайковский,  Глазунов,  Хачатурян,  Глиэр  каби  рус  композиторларининг  балет  жанридаги 

классик анъаналарига таянади. 

Амалий  машғулот:  .  К.Караевнинг  балет  ижоди.«Семь  красавиц»  балетининг  сюжети 

Озарбайжон  мумтоз  адабиётидан  олинган  Лайли  ва  Мажнун,  Фарҳод  ва  Ширин  каби  ўлмас 

образларнинг яратувчиси Низомийнинг поэмаларига ҳам мурожаат қилади. 

Балетнинг  мураккаб  ва  кўп  планли  драматургияси,  композицияси  ва  шакли.    Лейматив 

сисмемаси  «Семь  красавиц»  балетининг  образлари:    Бахром  ва  Ойша,  Вазир  ва  7  гўзал. 


 

95 


Композитор  асарда  вальс  жанри,  хабанера,  хитой  ва  хоразм  рақсларига  таянган  «Семь 

красавиц» балети замонавий балетнинг энг юксак ютуғи ҳисобланади. 



Семинар машғулот:У.Гаджибеков ва К.Караев ижодлари бўйича батавсил савол-жавоб. 

 

 

Арманистон. А .Спендиаров ижоди. 

 

 



Спендиаров  Александр  Афанасьевич  композитор,  дирижер,  педагог,  мусиқа  ва 

жамият  арбоби.  Композитор  ижодига  рус  ва  арман  мусиқасининг  таъсири.  Спедиаров 

мусиқасида  программали  мусиқани  элементларини  ва  табиат  манзараларини  кенг  ифода 

этилишини  кузатишимиз  мумкин.  Спедиаровни  муиқаси  оҳаннг  ва  ритм  гармония  ва  оркестр 

воситалари  томонидан  жуда  бой.  Илк  ишлари:    тенор  овози  ва  оркестр  учун  «Туда,  туда,  на 

поле  чести»  қаҳрамонлик  қўшиғи,  «К  Армении»  концерт  арияси,  «Три  пальмы»  симфноик 

поэмаси. 

Амалий  машғулот:  .  Спендиаровнинг  опера  ижоди.  «Алмаст»  қаҳрамонона  ватанпарвар 

операси ва рус классик операсининг анъаналари. 

Композитор операларида мугом оҳанглари кенг қўлланилган. 

Ижодкор мураккаб опера шаклида мураккаб симфоник ривожланувчи ва лейматив системасини 

яратди. 

Мустақил  иш.  Миллий  арман  композиторлик  мактабини  вужудга  келишидаги  ва  миллий 

симфонизм асосларини яратилишидаги Спендиаровнинг тутган ўрни. 



 

 Гуржистон. З. Палиашвили , А.Баланчивадзе 

 

 



Палиашвили  Захарий  Петрович  Ҳаёти  ва  ижоди.  Палиашвили  З.  –  композитор, 

дирижер, педагог, грузин классик мусиқасининг йирик намоёндаси. 

Композитор оиласи, маълумоти. 

С.И.Танеевнинг композиторлик техникасининг таъсири. 

Палиашвили грузин филармония ва грузин хори ва оркестрининг асосчиси. Ҳалқ қўшиқларини 

йиғишда  ва  операларни  грузин  тилида  қўйилишидаги  композиторнинг  меҳнати  ва  аҳамияти 

жудда катта. 

Композиторнинг мусиқа тили миллий грузин фольклорига таянган. 



Мустақил  иш.  Ижоди:    «Абесалом  и  Этери»  операси.  Хор  учун  Карталина  кахетинский  ва 

ованский  қўшиқларини  қайта  ишлади.  «Абесалом  ва  Этели»  опраининг  машҳурлиги  ва 

аҳамияти.  «Даиси  операси»,    (жанри  мавзуси  операни)  Операдаги  грузин  ҳалқ  маданияти  хор 

сахналари орқали кўрсатилади ва уларни аҳамияти. 

Палиашвилининг вокал ижоди:  40 грузин ҳалқ қўшиқларидан ташкил топган цикл. 

Семинар  машғулот:  Андрей  Мелитонович  Баланчивадзе  1906.  Ҳаёти  ва  ижоди. 

А.Баланчивадзе  грузин  миллий  мусиқа  мактабининг  асосчисининг фарзанди.  Композиторнинг 

ижодини йўналиши, ривожланиш жараёни. Симфоник ижоди, фортепиано концерти ва балети. 

Фортепиано  мусиқасининг  профессионал  характери.  Қаҳрамонлик  ва  романтик  лирик 

кайфиятни бирлашуви. А.Баланчивадзенинг фортепианова симфоник мусиқасининг бир бирига 

бўлган  алоқаси.  Фортепиано  ижоди:    учун  3  концерти.  Ҳозирги  даврда  ушбу  концертнинг 

машҳурлиги. Концертнинг таҳлили. 

Мустақил  иш.  Мелитон  Антонович  Баланчивадзе(1863-1937)-  Андрей  Баланчивадзенинг 

отаси.  Грузин  композитори.  Петербург  консерваториясида  Н.А.Римский-Корсаков  қўлида 

ўқиган. 

 

 



Document Outline

  • Lekin bu o’zgartirishlar faqat jamiyatni boy qatlamlariga foyda keltiradi. Jamiyatni past qatlamlarida yashovchi aholi qullarga aylandi.
  • IV Qism. «Bog’dod bozori va qoyaga urilgan mis chavandozli kema» Shohriyorning jahldor ovozi eshitilar, unga Shahrizodaning mayin, muloyim ovozi javob beradi. U o’zining so’nggi ertagini boshlamoqda. Sharqona shahardagi bayram shovqini eshitilar. IV q...
  • II parda, 5 manzara boshida Lenskiy «Kuda, kuda vi’ udalilis’?» elegik ariyasini ijro etadi. Ariyada xotiralar va ertani fojiaviy kunga aylanishni xis etish tasvirlab beriladi.
    • Rene- Provans qiroli-…………………………………………….bas.
    • Laura, Iolantaning  dugonasi………………………. metstso-soprano.
    • S.S.Prokofyev. Simfonik ijodi
      • Glier 1900-yilda konservatoriyani tugatgandan so`ng, Moskva musiqa bilim yurtida garmoniya va musiqa taxlili  fanlaridan dars bera boshlaydi.
      • Glier pedagoglik faoliyati bilan bir qatorda ijodini ham davom ettiradi. Endi u vokal asarlar yaratish ustida ish olib borib, Pushkin, Bayron,A.Tolstoy, Tyutchev she`rlariga romanslar , xotin-qizlar xo`ri uchun syuita, fortepiano uchun pyesalar yoza...
        • Dmitriy Dmitriyevich Shostakovich
  • Dmitriy Dmitrievich Shostakovichning onasi boshlang’ich
  • sinflar fortepiano o’qituvchisi bo’lgan.Uning raxbarligida bo’lajak kompozitor va ikkita singlisi musiqa savodini o’rgangan. Opasi keyinchalik professional sozandaga aylangan. Bolaligi yirik tarixiy asr voqealariga to'g'ri kelib qolgan: birinchi jahon...
  • 5-simfoniya 1937-yil 21-noyabr kuni Leningrad filarmoniyasining zalida dirijor Yevgeniy Mravinskiy rahbarligida ijro etiladi. 5- simfoniya Betxoven va Chaykovskiy an’analarini davom ettiradi.
  • Simfoniyadan tashqari kompozitor kamer asarlar ustida ham ishlaydi. Birinchi torli kvartet; fortepiano, 2ta skripka, alt va violonchel uchun kvintet asarlarini yaratadi.Kvintet asari uchun Davlat mukofotiga sazovor bo`lgan. 1939-yilda Shostаkovich 33 ...
  • 7- simfoniya avval Kuybishev, keyin Moskvada, so`ng, samolyotda olib keltirilgan partiturani qamaldagi Leningradda ijro etishlgan. Undan keyin xorijda. 1942-yil yozida 7-simfoniya Toskanii rahbarligida Nyu Yorkda ijro etilgan.
  • 2 yil o`tgandan so`ng 8-simfoniyasini yaratadi. 8-simfoniya urush to`g`risida fojiaviy poemasidir. Urushdan keyingi yillarda kompozitor jamoat ishlari bilan shug`ulanadi. SSSR kompozitorlar uyushmasida ishlaydi, oldin RSFSRga, keyin esa SSSRning ...
  • Shu yilning o’zida SSSR xalq artisti unvoniga sazovor bo’ladi. 1956-yil o’zining ellik yilligida Ikkinchi Lenin Ordeni bilan taqdirlangan.1966-yil Sotsialistik Mehnat qahramoni unvoni bilan taqdirlanadi. Yildan yilga kompozitorning shuhrati o’sib bo...
  • turkumi yaratiladi 1949 yilda E.Dolmatovskiy so’zlariga «Pesn o lesax» (O’rmonlar haqida qo’shiq) nomli oratoriyasi yozilgan. 50-yillar boshlarida «24 ta prelyudiya va fuga» va Rus inqilobiy shoirlar she’rlariga «10 ta xor poemalari»  yozilgan. Bittas...
  • 4 ta qismi alohida nomga  ega, bular:
  • 1),,Dvortsovaya ploshad’” (saroy maydoni).
  • 2),,9-yanvar’ ”
  • 3) ,,Vechnaya pamyat’ ”(mangu xotira)
  • 4) ,, Nabat” (Bong).
    • Козоғистон. А.Жубанов ижоди. (1906-1968)
    • Озарбайжон. У.Гаджибеков,Кара Караев
    • Арманистон. А .Спендиаров ижоди.
    • Гуржистон. З. Палиашвили , А.Баланчивадзе

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling