Xalqlarning buyuk koʻchishi Yevropada mil. 4-6-asrlarda germanlar, slavyanlar


Download 104.5 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.11.2023
Hajmi104.5 Kb.
#1746823
Bog'liq
Xalqlarning buyuk koʻchishi - Vikipediya



Xalqlarning buyuk
koʻchishi
Xalqlarning buyuk koʻchishi - Yevropada
mil. 4—6-asrlarda germanlar, slavyanlar,
sarmatlar va boshqa qabilalarning Rim
imperiyasi xududiga oʻtishidan iborat
yalpi etnik koʻchishlarning shartli nomi. 4-
asrning 70-yillaridan boshlab xunnlar ning
ommaviy ravishda gʻarbga siljishlari
Xalqlarning buyuk koʻchishik.ga bevosita
turtki boʻlgan. Xunnlar Uralboʻyidan yurish
boshlab taxminan 370-yil Volgani kechib


oʻtganlar, soʻngra boʻysundirilgan alanlar
bilan birga Shimoliy Qora dengiz
sohillarida yashovchi gotlarta hujum
qilganlar (375). 376-yil kuzida xunnlar
tazyiqiga bardosh berolmagan
vestgotlarning bir qismi Rimning ruxsati
bilan imperiyaga tegishli Dunayning jan.
dagi hududga joylashganlar. Biroq
hukumat amaldorlarining zoʻravonligi
natijasida vestgotlar 377 yil qoʻzgʻolon
koʻtarganlar. 378-yil 9-avgustda Rim
qoʻshini Adrianopol yaqinida
qoʻzgʻolonchilar tomonidan tormor
keltirilgan. Gotlar, alanlar va xunnlarning
imperiyaga tazyiqi toʻxtatilgan, lekin
gotlar Dunay daryosi va Bolqon togʻlari
orasidagi hududda Rim federati sifatida


yashay boshlagan, Rim armiyasida
varvarlashuv jarayoni kuchaygan. 4-asr
oxiridan varvarlar tazyiqi yangidan avjga
chiqqan. 394—395-yillar qishida gunnlar
Suriya va Kappadokiyada chopkun
uyushtirganlar. Vestgotlar Alarix I
boshchiligida Yunonistonni talontoroj
etib, Illirikada muqim oʻrnashganlar. 410-
yil 24-avgustda ular Rimni egallab, uni
talaganlar. Garchi gotlar 27-avgustda yoq
Rimdan ketgan boʻlsalarda, "abadiy
shahar"ning kulashi ulkan maʼnaviy
ahamiyatga ega boʻlgan. 5-asr
mobaynida german qabilalari Gʻarbiy Rim
imperiyasining butun hududi boʻylab
joylashib, bu yerda bir necha varvar
qirolliklarini barpo etganlar. Xususan,


Galliyaning jan.gʻarbida markazi Tuluza
sh. boʻlgan Vestgot qirolligi (418-yil; u
keyinchalik Ispaniyaga ham tarqalgan),
Shimoliy Afrikada Vandallar qirolligi (429
—439), Italiyada Ostgotlar kirolligi (493),
Shimoliy Galliyada Franklar qirolligi (476-
yil; keyinchalik u koʻplab varvar
kirolliklarini tobe etgan, qarang 
Frank
davlati
), Galliyaning jan.sharqida markazi
Lion sh. boʻlgan Burgundlar kirolligi
(taxminan 457 yil); angllar, sakslar, yutlar
5-asr oʻrtalaridan boshlab Britaniyani
bosib ola boshlaganlar va 6-asr oxiri — 7-
asrda bu yerda oʻzlarining bir qancha
qirolliklarini barpo etganlar. 5-asr boshida
Oʻrta Dunay (Pannoniya)da oʻrnashib
olgan gunnlar Attila davrida (434—453)


Galliya va Italiyani egallashga harakat
qilganlar. Biroq Katalaun jangi (451)dan
soʻng ularning ittifoqi parchalanib ketgan.
Imperator Yustinian I davrida Sharkiy Rim
imperiyasi (Vizantiya) varvarlardan
Shimoliy Afrika, Italiya va Ispaniyaning bir
qismini qaytarib olib, bu yerlarda Rim
tartibotlarini qisman tiklashga erishgan.
Xalqlarning buyuk koʻchishik.ning soʻnggi
bosqichi 6-asr oxiri — 7-asrlarga toʻgʻri
kelgan. 568-yil langobardlar Shimoliy va
Oʻrta Italiyada muqim oʻrnashganlar.
Slavyanlar — avarlar va protobolgarlar
(bulgʻorlar) koʻmagida Bolqon yarim
orolda mustahkam joylasha
boshlashgan, natijada 7-asrga kelib bu
hudud aholisi, asosan, slavyanlardan


iborat boʻlib, ular oʻz knyazliklarini
tuzganlar, Slavyanlarning bir qismi Kichik
Osiyoga, Vizantiya imperiyasi hududiga
borib joylashgan. Slavyanlar gʻarbga —
alemannlar va sakslar egallagan
hududlarga qadar tarqalishgan.
Xalqlarning buyuk koʻchishik.ning ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy oqibatlari juda ulkan
boʻlgan. U Gʻarbiy Rim imperiyasining
qulashiga olib kelgan.
Udaltsova 3. V., Italiya i Vizantiya v VI
v., M., 1959.
Adabiyot


Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi
 (2000-
2005) maʼlumotlaridan
foydalanilgan.
Stub
ikona
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/
index.php?title=Xalqlarning_buyuk_
ko%CA%BBchishi&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish
kerak.


Bu sahifa oxirgi marta 16-Sentyabr 2022, 17:11
da tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 4.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Xalqlarning_buyuk_ko
ʻchishi
&oldid=2886026
" dan olindi

Download 104.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling