Xalqona retseptlar


Download 20.11 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi20.11 Kb.
#224414
Bog'liq
XALQONA RETSEPTLAR


XALQONA RETSEPTLAR

Chakamug’ yoki kanakunjut yog’i. Boshni yuvishdan yarim soat oldin aralashma (teng miqdordagi yog’ va spirt) boshga surtiladi. Muolaja 1-2 oy davomida qo’llaniladi. Yana bir vosita: kanakunjut yog’i o’rtacha piyoz sharbati va bitta tuxum sarig’i bilan aralashtiriladi, yuvishdan 45 daqiqa oldin sochlarga surtiladi, bosh polietilen qop va sochiq bilan o’raladi.

Apelsin po’stlog’i. Suvga 2-3 ta apelsin po’stlog’i solib, uch soat davomida qaynatiladi, so’ng damlama bilan bosh yuviladi. Vosita sochlarga jilo va yorqinlik berishga yordam beradi va sochlarni mukammal ravishda oziqlantiradi.

Qalampirli niqob. 1 dona chili-qalampirni maydalab, ustidan 100 ml 40%li etil spirti quyiladi. Idishning og’zini yopgan holda 2-3 hafta qorong’u joyda tindiriladi. Olingan damlamani konditsionerga, soch balzamiga qo’shish, yog’lar yoki qatiq bilan aralashtirgan holda qo’llash mumkin. Vosita sof shaklda ishlatilmaydi!

Yuqoridagi usullarning barchasi ikkita maqsadga erishishga qaratilgan: soch to’kilishni to’xtatish va yangi tolalarning o’sishini rag’batlantirish. Qoida tariqasida, mutaxassislar dori-darmonlarni ham, maxsus parvarishlash vositalarini ham o’z ichiga oladigan keng qamrovli davolanishni buyuradi. Ushbu yondashuv juda tez va barqaror natija olish imkonini beradi (olti oydan bir yilgacha).

Esda tutingki, faqatgina shifokor to’laqonli davolanishni buyurishi mumkin. Hech bir holatda muammoni mustaqil hal qilishga urinmang, chunki uni yanada og’irlashtirib yuborish ehtimoli mavjud. Deyarli har qanday dori vositasi qarshi ko’rsatmaga ega va ba’zi usullar ma’lum sabablarga ko’ra sizga mos kelmasligi mumkin.

SOCH TRANSPLANTATSIYASI

Dorivor terapiya, fizioterapiya yoki xalqona davolash usullari ham soch to’kilishini to’xtatishga yordam bera olmaydigan holatlar mavjud. Vaqt o’tishi bilan boshda sezilarli siyrak sohalar paydo bo’la boshlaydi, tashqi ko’rinishdagi har qanday nuqson esa ayol kishining o’ziga bo’lgan bahosiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.



Zamonaviy tibbiyot bunday vaziyatlarda o’zining innovatsion takliflarini berishi mumkin. Ularning biri soch ko’chirib o’tkazish yoxud «ekish» sanaladi. Bunday muolajaning eng mashhur usullari — FUT va FUE sanaladi:

  • FUE usuli bo’yicha soch ekish bu choksiz, kesmagan holda transplantantlarni (graftlarni) olish va kiritishning mikrojarrohlik usuli. 1-4 tukdan iborat soch guruhlari (follikullar) bemorning ensa sohasidan yoki tananing boshqa qismlaridan (ko’krak, oyoq, soqol) olinadi. Jarrohlik og’riqsiz o’tadi.

  • FUT usuli (chokli). Ushbu usul donor materialni boshning orqa qismidan teri parchasi shaklida olib, keyin undan graftlar shakllantirishni (kesib olishni) nazarda tutadi. Sochsiz zonaga graftlar soch o’sishi yo’nalishini inobatga olgan holda manual ravishda yoki implanter yordamida kiritiladi. Operatsiya vaqtida jarrohga assistentlar brigadasi yordam qiladi (8 yoki undan ko’p kishi), ular binokulyar kattalashtirish yordamida ko’chirib o’tkazish uchun mikrograftlarni ajratib oladi

Download 20.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling