Xamir Vikipediya


Download 170.26 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.12.2019
Hajmi170.26 Kb.
background image
29.12.2017

Xamir - Vikipediya

https://uz.wikipedia.org/wiki/Xamir

1/2


Xamir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xamir  —  un,  suv,  sut,  yogʻ,  tuz  qoʻshib  tayyorlanadigan  yarim  fabrikat.  Turli  taomlar,  non,  kandolatchilik  va

makaron mahsulotlari, shirinliklar tayyorlashda ishlatiladi. Moʻljallangan mahsulotga qarab turli X.lar tayyorlanadi.

Oddiy  oshxamir—  togʻorachaga  elangan  un  solinib,  oldindan  tayyorlangan  namakobdan  ozozdan  qoʻshib  xamir

qoriladi,  yaxshilab  pishitib  iylanadi.  Tayyor  X.ni  tindirish  uchun  zuvala  qilib,  10—15  min.  oʻrab  qoʻyiladi,  somsa,

chuchvara,  ugra,  norin,  lagʻmon  va  boshqa  taomlar  tayyorlash  uchun  yupqa  qilib  yoyiladi.  Bunday  X.ni  tayyorlash

uchun 1 kg unga 2 stakan iliq suv, 2 choy qoshiq tuz solinadi. Oshirma yoki xamir-turushli non xamir togʻorachadagi

suvga tuz va xamirturush solib eritilgach, moʻljaldagi un solinadi va ozozdan suv qoʻshib X. qoriladi. Tayyor X. usti

qalinroq narsa bilan yopilib, oshirish uchun bir soatga issiqroq joyga qoʻyiladi. X.ning oshganligi koʻpchishi va orasida

mayda gʻovakchalar paydo boʻlganligidan bilinadi. Oshirma X. tayyorlash uchun 1 kg unga 2 choy qoshigʻida tuz, 2

stakan  iliq  suv,  25—30  g  xamirturush  kerak  boʻladi.  Oshirma  X.dan,  asosan,  nonlar,  ayrim  somsalartayerlanadi.

Xamirturushsiz  sut,  yogʻ  va  tuxum  qoʻshiladigan  X.  turli  nonlar,  patir,  oʻrama,  zangza,  chakchak,  boʻgʻirsoq  kabi

pishirikdar  tayyorlashsa  ishlatiladi.  Bunday  X.ni  tayyorlash  uchun  1  kg  un,  2  stakan  sut  yoki  shirobcha,  1  osh

qoshigʻida  sariyogʻ  yoki  eritilgan  qoʻy  yogʻi,  1  dona  tuxum  va  1  choy  qoshigʻida  tuz  kerak  boʻladi.  Agar  X.  faqat

tuxumning  oʻzida  qoriladigan  boʻlsa,  1  kg  unga  4—5  dona  tuxum  kerak  boʻladi.  Xamirturushli  sut,  yogʻ  va  tuxum

qoʻshiladigan X.dan turli bulochkalar, piroglar, ruletlar tayerlanadi. Bunday X.ni tayyorlashda barcha masalliklar un,

sut,  yogʻ,  tuz,  shakar,  tuxum,  xamirturush  va  boshqa  birdaniga  qoʻshib  qoriladi.  X.ni  togʻoraning  oʻzida  issiq  qilib

oʻrab oshirish uchun olib qoʻyiladi. Bunday X. uchun 1 kg unga 35—40 g xamirturush, 2 stakan iliq sut (yoki 1 stakan

sut bilan 1 stakan shirobcha yoki 1 stakan sut, 200 g sariyogʻ) kerak boʻladi. Agar tuxumning oʻzida qoriladigan boʻlsa,

5—6 dona tuxum, 2 choy qoshigʻida tuz, 3—4 osh qoshigʻida shakar qoʻshiladi. Ayrim hollarda xamirturush oʻrniga

qatiq yoki smetana qoʻshish mumkin.



Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq. 

Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.

Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy

ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan

foydalanilgan.

Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Xamir&

action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.  

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Xamir&oldid=1819977" dan olindi 

background image
29.12.2017

Xamir - Vikipediya

https://uz.wikipedia.org/wiki/Xamir

2/2


Bu sahifa oxirgi marta 26-Noyabr 2015, 07:47 da tahrirlangan.

Matn Creative Commons Attribution-ShareAlike litsenziyasi boʻyicha ommalashtirilmoqda, alohida holatlarda



qoʻshimcha shartlar amal qilishi mumkin (batafsil).

Download 170.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling