Xamrayev Amir Uktamovich


Download 16.8 Kb.
Sana15.02.2023
Hajmi16.8 Kb.
#1202335
Bog'liq
Амир Хамраев


Xamrayev Amir Uktamovich

2010-yil 6-avgust kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent shahar kengashi tasarrufidagi Yashnobod tumani O‘quv sport texnika klubining karting sporti seksiyasi a’zosi. Bir necha bor O‘zbekiston va xorij davlatlarida o‘tkazilgan musobaqalarda g‘oliblikni va yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.
Jumladan, 2022-yilning aprel oyida Qozog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan Respublika turnirining 1-bosqichida faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Xalqaro sinfdagi kartinglar poygasining “Mini” sinfida ishtirok etgan sportchilar orasida belgilangan masofani barcha raqiblaridan oldin bosib o‘tib, tengdoshlari o‘rtasida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, 2022-yilning may oyida Qozog‘iston Respublikasida karting bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan chempionatning birinchi bosqichi “Super-mini” sinfida bellashib, 1-o‘rinni egalladi.
Amir Xamrayev poytaxtimizning Mirobod tumanidagi 328-sonli maktabida o‘qiydi.
Download 16.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling