Xamroyeva sabina abdirazzoqov olmos


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
Sana07.05.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1436923
Bog'liq
sabina



MAVZU; MEHNATNI MUHOFAZA QILISH
SOHASIDAGI QONUNLARNI, ME'YOR VA
QOIDALAR TALABLARINI BUZGANDA
TORTILADIGAN JAVOBGARLIKLAR
BAJARDI;
XAMROYEVA SABINA
ABDIRAZZOQOV OLMOS


REJA;
1.
MEHNATNI MUHOFAZA QILISH 
TO‘G‘RISIDAGI QONUN MAQSADI
2.MEHNATNI MUHOVAZA QILISHDAGI 
JAVOBGARLIKLAR


MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIK USHBU QONUN VA BOSHQA
QONUNCHILIK
HUJJATLARIDAN
IBORATDIR.
AGAR
O‘ZBEKISTON
RESPUBLIKASINING
XALQARO
SHARTNOMASIDA
O‘ZBEKISTON
RESPUBLIKASINING MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIGIDA
NAZARDA TUTILGANIDAN BOSHQACHA QOIDALAR BELGILANGAN BO‘LSA, XALQARO
SHARTNOMA
QOIDALARI
QO‘LLANILADI.
USHBU QONUNNING AMAL QILISH SOHASI
USHBU QONUN:KORXONALAR, MUASSASALAR
VA TASHKILOTLAR (BUNDAN BUYON MATNDA TASHKILOTLAR DEB YURITILADI) BILAN,
SHUNINGDEK ALOHIDA YOLLOVCHILAR BILAN MEHNAT MUNOSABATLARIDA BO‘LGAN
XODIMLARGA;
ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTINI O‘TAYOTGAN OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARIGA,
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MUASSASALARI O‘QUVCHILARIGA, BOSHQA TA’LIM
MUASSASALARI
TINGLOVCHILARIGA;
TASHKILOTLARDA ISHLASH UCHUN JALB ETILADIGAN HARBIY XIZMATCHILARGA;
MUQOBIL
XIZMATNI
O‘TAYOTGAN
FUQAROLARGA;
SUD HUKMIGA KO‘RA JAZONI O‘TAYOTGAN SHAXSLARGA ULAR JAZONI IJRO ETISH
MUASSASALARI TOMONIDAN BELGILANADIGAN TASHKILOTLARDA ISHLASHI
DAVRIDA, SHUNINGDEK MA’MURIY QAMOQQA OLISH TARZIDAGI MA’MURIY JAZO
QO‘LLANILGAN SHAXSLARGA, BOSHQA TURDAGI ISHLARNI BAJARISHGA, SHU
JUMLADAN JAMIYAT VA DAVLAT MANFAATLARINI KO‘ZLAB TASHKIL ETILADIGAN
ISHLARNI BAJARISHGA JALB ETILADIGAN SHAXSLARGA NISBATAN TATBIQ ETILADI.
USHBU QONUN ISH BERUVCHILARGA NISBATAN HAM TATBIQ ETILADI.



Xodimning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy
javobgarligi

Ish beruvchi xodimning o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mayib
bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi
tufayli uning hayoti va sog‘lig‘iga o‘zi yetkazgan zararning o‘rnini qonunchilikda
belgilangan tartibda to‘liq hajmda qoplashi shart.

Xodimning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash jabrlanuvchining mehnatda
mayib bo‘lishiga qadar bo‘lgan o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan jabrlanuvchi
tomonidan kasbga oid mehnat qobiliyatini yo‘qotish darajasiga muvofiq bo‘lgan
foizlardagi har oylik to‘lovdan, shuningdek xodimning bir yillik ish haqidan kam
bo‘lmagan miqdorda bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lovidan hamda xodimning sog‘lig‘i
shikastlanishidan kelib chiqqan qo‘shimcha xarajatlarni (agar u davolanish, protez
qo‘ydirish va tibbiy hamda ijtimoiy yordamning boshqa turlariga muhtoj deb topilgan
bo‘lsa, ushbu tadbirlar bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek jabrlanuvchining qayta
tayyorgarligi va tibbiy xulosaga muvofiq ishga joylashishi uchun xarajatlar va boshqa
xarajatlar) kompensatsiya qilishdan iboratdir.

Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida xodim vafot etgan
taqdirda, zararning o‘rni qoplanishi huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga boquvchining
vafoti bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun qonunchilikda
belgilangan tartibda har oylik to‘lovlar amalga oshiriladi, shuningdek vafot etgan
xodimning o‘rtacha yillik ish haqining olti baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda bir
yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi va dafn etish xarajatlarining o‘rni qoplanadi.





Voyaga yetmagan xodimning sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan taqdirda
zararning o‘rnini qoplash uning avvalgi ish haqidan kelib chiqqan
holda, ammo qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash
miqdorining besh baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblab
chiqariladi.

Xodimning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun
belgilangan tartibda javobgar deb topilgan yuridik shaxs qayta
tashkil etilgan taqdirda zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha tegishli
to‘lovlarni to‘lash majburiyati uning huquqiy vorisi zimmasida
bo‘ladi. Zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talablar ham unga
taqdim etiladi.

Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda
aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

Xodimning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun
belgilangan tartibda javobgar deb topilgan yuridik shaxs tugatilgan
taqdirda tegishli to‘lovlar ularni jabrlanuvchiga to‘lash uchun
qonunchilikda belgilangan tartibda kapitallashtirilishi kerak.



Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling