Xamsat ul mutahayyirin
Download 191 Kb.
|
navoiyshuns shpagalka
Majolis unnafois
Alisher Navoiyning adabiyotshunos olim sifatidagi faoliyatini korsatib beruvchi yana bir asar bu Majolis un-nafois tazkirasidir. Navoiy tazkirani 14911498-yillar davomida yaratadi. Tazkirada XV asrda yashab, faoliyat yuritgan 459 shoir haqida ma'lumot keltiriladi. Alisher Navoiy tazkiraning muqaddimasida asarning tarkibiy qismi va nomlanishi haqida shunday yozadi: ...chun bu maqsudga yetildi, oni sekkiz qism etildi har qismi bir majlisga mavsum boldi va majmuiga Majolis un-nafois ot qoyildi. Tazkiradagi shoirlar majlis, ya'ni qismlarga quyidagicha taqsimlangan: 1-majlisda 46 ta, 2-majlisda 91 ta, 3-majlisda 175 ta, 4-majlisda 72 ta, 5-majlisda 21 ta, 6-majlisda 31 ta, 7-majlisda 22 ta va 8-majlisda Husayn Boyqaro bilan bogliq ma'lumotlar keltirilgan. Tazkiraning birinchi majlisi Jamoati maxodim va azizlar zikridakim, bu faqir alarning sharif zamonining oxirida erdim va mulozimatlari sharafiga musharraf bolmadim degan nom bilan tasnif etilgan bolib, bunda hazrat Navoiy oz tazkirasini tabarruk qilmoq uchun shayxlardan Xoja Qosim Anvor zikri bilan boshlaganini ta'kidlaydi: Ul jumladin soliki atvor va koshifi asror, ya'ni Hazrati Amir Qosim Anvor (quddisa sirruhu)dur. Har necha alarning rutbasi shoirliq poyasidin yuqoriroqdur va valoyat ahli zumrasida vasfdin toshqariroq, ammo chun haqoyiq va maorif adosida nazm libosi dilpazirroq uchun iltifot qilur ekandurlar, tayammun jihatidin bu muxtasarni alarning sharif ismlari bila ibtido qilildi. Qosim Anvordan keyin uning shogirdlari Mir Maxdum va Hofizi Sa'd haqida ma'lumotlar beriladi. Tazkiraning 2-majlisida shoir bolaligi va yigitlik paytida suhbatlariga musharraf bolgan shoirlar haqida hikoya qilinadi. Bu majlis mashhur tarixchi, Zafarnoma muallifi Sharafidddin Ali Yazdiy zikri bilan boshlanadi. Majlisda Alisher Navoiy ozining tarbiyasi va ijodiy kamolotiga alohida ta'sir korsatgan zotlar: Xoja Fazlulloh Abullaysiy, Shayx Sadriddin Ravosiy, Shayx Kamol Turbatiy, Darvesh Mansur, Hofiz Ali Jomiy, Xoja Yusuf Burhon; oz zamonining taniqli shoirlari: Mavlono Lutfiy, Yaqiniy, Atoyi, Muqimiy, Sakkokiy, shoir togalari Mir Said Kobuliy, Muhammad Ali Garibiy, farzand ornida qadrlagani shoir Mirzobek, ustozi va dosti Sayyid Hasan Ardasher haqida ma'lumot beradi. Xususan, Alisher Navoiy Mirzobek haqida yozar ekan, uning juda erta vafot etganini, badiiyat jihatdan yetuk baytlar bitsa-da, ularni yakuniga yetkazmaganligini afsus bilan bayon etadi. Jumladan, uning Kozung ne balo qaro bolubtur, Kim jonga qaro balo bolubtur deb boshlanuvchi matla'sini tugatib, oz devoniga kiritganligini aytadi. Tazkiraning 3-majlisi oz davri she'riyatiga ulkan hissa qoshgan yuksak tab'li ijodkorlar haqida bolib, buyuk shoir Abdurahmon Jomiy zikri bilan ochiladi. Majlisda, shuningdek, Amir Shayxim Suhayliy, Abdulloh Hotifiy, Osafiy Hiraviy, Zova Qozisi kabi Xamsa dostonlariga tatabbu' bitgan ijodkorlar, Sayfiy Buxoriy kabi muammo va aruz ilmiga doir risola bitgan ijodkor, Kamoliddin Binoiy, Gadoiy kabi sohibi devon shoirlar haqida ma'lumotlar keltiriladi. 4-majlisda zamon fozillari she'rda mashhur bolmasalar-da, ammo ba'zan latif bayt aytuvchi ijodkorlar haqida soz boradi. Alisher Navoiy bu majlisni kamoloti azharu min ash-shams (quyoshdan porloq) shaxs Pahlavon Muhammad Goshtigir zikri bilan boshlaydi. Shoir uning pahlavonligi u erishgan kamolotning eng quyi darajasi bolib, musiqa ilmida oz davrining benaziri ekanligini ta'kidlaydi. Ushbu majlisda shuningdek, Xoja Kamoliddin Udiy, Atoulloh Husayniy, Husayn Voiz Koshifiy, Mirxond, Xondamir, Sulton Ali Mashhadiy kabi zamonasining fozillari haqida soz boradi. Tazkiraning 5-majlisi Xurosonning tab'i nazmi bor mirzozodalari zikrida bolib, Davlatshoh Samarqandiy ta'rifi bilan boshlanadi. Alisher Navoiy Davlatshohning hasham va mol-dunyodan voz kechib, faqrlik yolini tutganligi haqida ma'lumot berar ekan, uning Majmua' ush-shuaro (Tazkirat ush-shuaro) asarini mutolaa qilgan shaxs Davlatshohning iste'dodi va kamoloti qay darajada ekanligidan xabar topadi degan fikrni keltiradi. Mazkur majlisda shuningdek, Mir Husayn Ali Jaloyir, Muhammad Solih, jiyani Mir Haydar Sabuhiy, akasining nabirasi Mir Ibrohim kabi mirzozodalar haqida ham ma'lumotlar keltiriladi. Tazkiraning 6-majlisida Xurosondan tashqaridagi, xususan Samarqanddagi fozillar haqida soz boradi. Ushbu majlis Samarqand hokimi Ahmad Hojibek ta'rifi bilan ochiladi. Alisher Navoiy uning Vafoiy taxallusi bilan she'rlar bitishini, Hirotda ham on yil hokimlik qilganligini, surati xush va siyrati dilkash shaxs ekanligini ta'kidlab, jangchi sifatidagi shijoati va botirligini alohida tahsin qiladi. Uning ijodidan quyidagi matla'ni keltiradi: Girifti joni man az tan ba zulfi purshikan basti, Kushodi parda az ruxsori xeshu chashmi man basti. (Mazmuni: Tanimdan jonimni olib, kop zanjirli soching bilan boglading, yuzingdan pardani ochib (u bilan) kozimni boglading). Mazkur majlisda Ulugbek Mirzo madrasasining mudarrisi Xoja Xurd, Nizomiy Layli va Majnuniga tatabbu' bitgan Xoja Imod Loriy, Kirmon viloyati hokimi Amir Mahmud Barlos va boshqalar haqida ham ma'lumotlar keltiriladi. 7-majlis Amir Temur va temuriy ijodkorlar zikriga bagishlangan. Unda Sohibqirondan boshlab Sulton Ali Mirzogacha jami 22 shaxs haqida soz boradi. Tazkiraning songgi sakkizinchi majlisi tolaligicha Husayn Boyqaro Husayniy ijodiga bagishlanib, uning devonidagi 164 gazalining matlaini keltiradi va u qollagan badiiy timsollar, sheriy sanatlar, nozik mano va ohorli tashbehlar xususida fikr yuritadi. Jumladan, uni xub ashori va margub abyoti bagoyat koptur deb, matlalarini bu matla garib ado topibdur, ajab otluq matla tushubturkim, radifi bagoyat shirin va dilpazir va rangin voqe bolubtur, bu matladek oz voqe bolubturkim, bu matla soznok voqe bolubturkim, bu matla yagona va bagoyat oshiqona voqe bolubtur kabi sifatlar bilan tariflaydi. Tazkirada Husayn Boyqaroning Hajring oti jismi zorim qildi kul, ey yor, bil, Gar bino qilsang mazorim tarhin ul kul birla qil matlali gazaliga oz davrida koplab naziralar yozilganligi, ammo hech biri Sulton Husayn Boyqaro gazalichalik mashhur bolmaganligi aytiladi. Husayn Boyqaro nazira yozish sanatida ham usta bolganligini Mavlono Yaqiniyning bir sheriga ikki nazira boglaganidan bilish mumkin. Alisher Navoiy uning: Ey visoling xasta konglum marhami, oromi jon, Olmadim hijron elidin men qatiq jonlig yamon matlasini Mavlono tirik bolganda, mazkur sher oz gazalidan yaxshiroq ekanligini inkor etmas, hatto bu bahr va qofiyadagi naziralarning ikkalasi bir-biridan yaxshi ekanligini tasdiqlar edi, deydi. Tazkiraning Xilvat deb atalgan xotima qismida Husayniyning daqiq uslubi va nuktadonligi haqida malumot beruvchi ikki voqea keltirilgan. Ulardan birida Navoiy bir kuni mavlono Lutfiydan Xusrav Dehlaviyning hindcha sherlaridan birida balchiqqa toyib yiqilayozgan yorning yomgir rishtasini ushlab, turib ketganligi haqidagi lavhani eshitib, Dehlaviyning nafis taxayyuliga ofarin aytganligi, bu haqda Husayn Boyqaroga aytganida, u yomgir tomchilari yuqoridan pastga tushganligi uchun mahbubaning ularga osilib, ornidan turib ketishi mantiqsizlik deb etiroz bildirganligi va quyidagi baytni oqiganligini aytadi: Zafdin kulbamda qopmoq istasam aylar madad, Ankabute rishta osqon bolsa har devorga. Shundan song Navoiy Husayn Boyqaroning zakiyligiga tahsinlar aytib, oz nuqsonini anglab etadi va shohning haqqiga duolar oqiydi. Ikkinchi voqeaga kora, hisorlik yosh shoir Qabuliy yangi yozgan gazalini Navoiyga oqib berganida, Navoiy uning ikkinchi baytiga ozgartirish kiritib: Sarv moyil boldikim, opgay ayoging tufrogin, Yoqsa har soat sabo tahrikidin xam bolmadi tarzida tuzatib beradi. Mazkur gazal Husayn Boyqaroning etiboriga havola qilinganida, u ikkinchi baytning Alisher Navoiy qalamiga mansubligini darhol payqaydi. Bu holdan atrofdagilar hayratga tushadilar. Alisher Navoiy Majolis un-nafoisda adabiyot maydonida endigina korina boshlagan shoirlarni ham e'tibordan chetda qoldirmaydi. Buni quyidagi misollarda korish mumkin: Mavlono Sifotiy emdi paydo bolgonlardandur, faqir hanuz ani kormaydurmen, ammo she'rin eshitibmen; Mavlono Asiriy ham emdi paydo bolgon xushtab' yigitlardindur va boshqalar. Majolis un-nafoisda osha davrda yashagan ba'zi ayol shoiralar haqida ham ma'lumot keltiriladi. Garchi ularning nomlari tazkirada alohida ijodkor sifatida keltirilmasa ham, ular haqidagi shoirning qaydlari adabiyotshunoslik uchun nihoyatda muhimdir. Alisher Navoiy tazkiraning shoir Shayxzoda Ansoriyga bagishlangan faslida andoq zohir bolurkim, volidasi ham xushtab'dur va Bediliy taxallus qilur degan ma'lumotni keltirsa, Mavlono Sulaymoniy haqidagi faslda Hofiz Sheroziy gazaliga nazira tariqasida yozilgan va Mavlono Sulaymoniyniki deb hisoblangan she'r haqida Va mashhuri munundoqdururkim, bu abyot Mavlono Hakim tabibning xotini Mehriningdur deb yozadi. Tazkirada shoirlarning bilim darajasi, fe'l-atvori, axloqi bilan bogliq xususiyatlar ham alohida korsatilgan. Har bir shoirga berilgan tavsif uning ijodidan namuna keltirish bilan asoslangan. Asarda badiiy ijod bilan bogliq nazariy masalalar yuzasidan ham fikr bildiriladi: ba'zi shoirlarning she'rlaridagi jiddiy nuqsonlar tanqid ostiga olinadi. Navoiy Atoyi, Baqoiy, mavlono Nargis, Qobiliy kabi shoirlarga baho berar ekan, ularning she'rlaridagi shakliy jihatlar, xususan, qofiyasiga alohida ahamiyat qaratadi va nuktadon she'rshunos sifatida namoyon boladi. Tazkirada osha davr adabiy muhitidagi qizgin jarayon, adabiyotdagi poetik janr va turlar rang-barangligi ham korsatib berilgan. Asar jonli va ravon tilda, ixcham va sodda uslubda yozilgan. Navoiy goyat siqiq jumlalarga katta ijtimoiy yoki badiiy voqelik va maqsadni singdirishga intilgan. Shu ma'noda tazkira XV asr ilmiy nasrining gozal namunasi hisoblanadi. Download 191 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling