Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)


-rasm. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining tarkibiy qismlari


Download 1.08 Mb.
bet20/176
Sana27.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1728474
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   176
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)

1.2-rasm. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining tarkibiy qismlari
Globallashuv va integratsiyaning bir nechasini ajratib ko‘rsatish mumkin:
-mintaqaviy va xalq xo‘jaligi (makro daraja);
- tovar, moliya va valyuta bozorlari, mehnat bozorlari (mezodaraja);
- induvidial kompaniyalar (mikro daraja).
Globallashuvning makroiqtisodiy darajasi davlatlar va integratsion birlashmalarning savdoni erkinlashtirish, savdo va investitsion to‘siqlarni olib tashlash, erkin savdo zonalarini yaratish va shu kabi usullar bilan o‘z chegaralaridan tashqarida iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishga intilishida namoyon bo‘ladi.
Globallashuvning mikroiqtisodiy darajasi kompaniyalar faoliyatini ichki bozordan tashqarida kengaytirishda namoyon bo‘ladi. Eng yirik ko‘p millatli korporatsiyalarning aksariyati jahon miqyosida faoliyat yuritishi kerak: ularning bozori iste’mol darajasi yuqori bo‘lgan har qanday sohaga aylanadi, ular chegara va millatidan qat’i nazar, hamma joyda iste’molchilar talabini qondira olishi kerak.
Barcha iqtisodiy sub’ektlarning erkin va samarali biznes faoliyati uchun yagona global iqtisodiy, huquqiy, axborot va madaniy makonni shakllantirish, tovar va xizmatlar, kapital va mehnat uchun yagona global bozorni yaratish va turli mamlakatlarning iqtisodiy yaqinlashuvi va majmuaga o‘zaro global iqtisodiy birlashuvi dolzarb bo‘lib kelmoqda.
Iqtisodiyotda globallashuvning o‘ziga xos xususiyati avtonom va integratsiyalashuv jarayonlarining birlashuvidir, deb belgilangan6. Bu “Naisbitt paradoksi”da o‘z aksini topgan: “Iqtisodiyotning globallashuv darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning eng kichik ishtirokchilari shunchalik kuchli bo‘ladi7”. J.Naisbitt bu fikri bilan bir tomondan siyosiy mustaqillik va o‘z-o‘zini boshqarish harakatini qayd qilgan.
Binobarin, globallashuv paradoksi jamiyatning ichki aloqalari qanchalik boy va mustahkam bo‘lsa, uning iqtisodiy va ijtimoiy mustahkamlanish darajasi shunchalik yuqori bo‘lishini ko‘rsatadi. Uning ichki resurslari qanchalik to‘liq amalga oshirilsa, integratsion aloqalarning afzalliklaridan shunchalik muvaffaqiyatli foydalana oladi va jahon bozori sharoitlariga shunchalik oson moslashadi.
Zamonaviy globallashuv jarayonlari, birinchi navbatda, sanoati rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida rivojlangan bo‘lib, keyingi navbatda rivojlanayotgan mamlakatlarni qamrab oladi. Ushbu jarayon birinchi navbatda rivojlangan mamlakatlar mavqeini mustahkamlaydi va ularga qo‘shimcha afzalliklar beradi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi jahon iqtisodiy maydonini o‘zgartirish, uni yagona hududga aylantirish, tovarlar (xizmatlar), axborot va kapitalning cheklanmagan harakatini yo‘lga qo‘yish jarayonida o‘z ifodasini topadi. Bu hududda g‘oyalarni tarqatish va ommaviy axborot vositalarini ko‘chirish ham oson bo‘lib, tegishli institutsional sub’ektlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik tizimlarini o‘rnatishga va bu orqali ayrim sub’ektlar rivojlanishiga yordam beradi.
Shu tariqa xalqaro miqyosda madaniy, axborot, huquqiy va iqtisodiy jihatdan yagona hududning paydo bo‘lishi jahon tizimlarining globallashuvi natijasidir. Boshqacha aytganda, globallashuv hodisasi iqtisodiy soha bilan cheklanmaydi, balki jamiyatning barcha asosiy sohalari – mafkura, madaniyat va siyosatga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shak-shubhasiz, bu hodisa yangi asr jahon iqtisodiyotida yuqori mavqega ega bo‘lib, u globallashuvga moslashgan siyosat va iqtisodiyotda yangilangan jahon munosabatlari tizimining shakllanishidan iborat.
Jahon xo‘jaligi XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib tom ma’noda to‘liq tizimga aylandi. Biroq, jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayoni bir necha rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tdi. Jumladan:
Hozirgi zamon jahon xo‘jaligi shakllanishining birinchi bosqichi (XIV – XIX asr oxiri) jahon tovar bozori va jahon savdosining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, keyinchalik jahon xo‘jaligi globallashuv jarayonining dastlabki belgilarini o‘zida mujassam etadi.
Jahon xo‘jaligi rivojlanishining ikkinchi bosqichi (XIX asr oxiri - XX asr boshlari) kapitalizmning ishlab chiqarishni monopoliyalashtirish bosqichiga o‘tishining dastlabki ko‘rinishi sifatida tavsiflanishi mumkin. Shuningdek, bu vaqtda yetakchi kuchlar o‘rtasida jahon hududlari va iqtisodiy ta’sir zonalari bo‘lib olinishi yuz berib, transchegaraviy kapital oqimlari (eksport) ortib bordi. Mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning turli shakllari rivojlanib bordi. Tovarlar almashinuvi bilan bir qatorda davlatlar o‘rtasida ishlab chiqarishning alohida omillari migratsiyasiga ham amal qilinadi. Bu bosqichda xalqaro mehnat taqsimotining, shuningdek, jahon savdosining kelajakdagi globallashuvi sohasida fundamental asoslar shakllandi.
Globallashuvning uchinchi bosqichi (I va II jahon urushlari o‘rtasidagi davr) jahon iqtisodiy munosabatlarini o‘rnatishda erishilgan muvaffaqiyatlar uchun halokatli bo‘ldi. Bu davrda iqtisodiy rivojlanish sezilarli darajada tezlashgan bo‘lsa-da (birinchi xalqaro korporatsiyalar paydo bo‘ldi), bu davrdagi transmilliy xarakterdagi moliya tizimi o‘ta beqarordir. Buning oqibatida sanoat mamlakatlaridan uzoq muddatli kapital olib chiqib ketilganini qayd etish mumkin.
To‘rtinchi bosqich (ikkinchi jahon urushi oxiridan 90-yillar boshigacha) - davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy reja munosabatlarini yangicha qayta qurish, jahon iqtisodiyoti uchun yangi tartib-qoidalar izlab topishga urinish davri bo‘ldi. Bu davrda tashqi savdo siyosatini erkinlashtirish, mehnat unumdorligini oshirish, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish natijasida misli ko‘rilmagan iqtisodiy o‘sish sur’atiga erishildi. Bu bosqichda jahon moliyasini globallashtirish uchun poydevor qo‘yilib, iqtisodiy taraqqiyotni tartibga soluvchi moliya-xo‘jalik tashkilotlarining makrotizimi tarkib topdi (BMT, XVF, jahon banki va IB va JSTning savdo tashkilotlari).
Beshinchi bosqich (90-yillar boshidan hozirgi davrga qadar) jahon iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi davridir. Bu davrning asosiy omillari sotsialistik tuzumning qulashi, binobarin, Markaziy va Sharqiy Yevropadagi sobiq ijtimoiy blok davlatlar va ularning mustamlakalari bo‘lgan mamlakatlarda bozor iqtisodiyotiga o‘tish ochiq bozorlarning keskin o‘sishi bilan xarakterlanadi.
Jahon banki statistikasiga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda 200 dan ortiq mamlakatlar mavjud. Shu munosabat bilan, ayniqsa, iqtisodiy sohada ko‘plab mamlakatlarning milliy suvereniteti va globallashuv qonuniyatlari o‘rtasida keskin ziddiyatlar mavjud. Globallashuv sharoitida eksport subsidiyalari va import to‘siqlari, markaziy bankning qayta moliyalash stavkalari va milliy valyutalar kursi kabi iqtisodiyotni makro jihatidan tartibga solishning milliy miqyosdagi an’anaviy instrumentlari samaradorligi sezilarli darajada pasayadi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi jarayonlari quyidagi holatlarni keltirib chiqardi:
1. Globallashuv mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy masofa deb ataladigan jahon rivojlanishining ob’ektiv omillari, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, transport va aloqa sohasidagi ilmiy va texnologik taraqqiyot singari sohalarda oraliq masofani kamaytirishga sabab bo‘ladi.
2. Savdo va iqtisodiyotni erkinlashtirishning boshqa shakllari proteksionistik siyosatni cheklab qo‘ydi va jahon savdosini erkinlashtirdi.
3. Transmilliylashuv hodisasi mamlakatning ayrim iste’mol va ishlab chiqarish, daromad va import, eksportni xalqaro markazlarning qarorlari bilan uning chegaralaridan tashqarida belgilanishiga olib keladi. Bu tizimda baynalmilallashuvda asosiy o‘yinchilar va uning natijasi bo‘lgan xalqaro korporatsiyalar (TMK) egallaydi.
4. Bozor iqtisodiyoti va erkin savdo tizimini baholashda global konsensusga erishish. Bu jarayon 1978-yilda Xitoyda islohotlar asosida yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari Sobiq Sovet Ittifoqining qulashi oqibatida va MDH mamlakatlari siyosati va iqtisodiyotida muhim o‘zgarishlar yuz berdi. Bu jarayonlar natijasida sotsialistik va bozor mafkuralarining yaqinlashuvi sodir bo‘lib, ular o‘rtasidagi tafovutlar iqtisodiyotga bozor yondashuvining deyarli bir xil ko‘rinishidagi shakli bilan to‘ldirildi. Bu yaqinlashishning tabiiy oqibati sotsialistik lager mamlakatlarining iqtisodiyotda bozor tushunchasining faol kirib kelishi bo‘ldi.
5. Globallashuv madaniy taraqqiyotga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Globallashuv sharoitida ommaviy san’at, mashhur madaniyat va ommaviy axborot vositalarida bir xillikka asoslangan va ingliz tilining keng tarqalishiga qaratilgan yondashuv mavjud.
Jahon iqtisodiyoti globallashuvining yana bir xususiyati XX asr oxirida moliya bozorlarining kosmik sur’atlar bilan rivojlanishi bo‘ldi. Bu davrda kredit, valyuta va fond bozorlarining o‘zgaruvchan roli xalqaro iqtisodiyot arxitekturasining o‘zgarishiga olib keldi. Jahon moliyasini globallashtirish markazlari sifatida uchta yirik iqtisodiy hudud belgilanadi: AQSh, G‘arbiy Yevropa va Yaponiyadir. Bugungi kunda bu uchlik va ularda amalga oshirilayotgan iqtisodiy operatsiyalar jahon iqtisodiyotida hal qiluvchi darajadagi muhim kuchga ega.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling