Xarajatlar haqida
Mahsulot tannarxini kalkulyatsiyalashning
Download 72.15 Kb.
|
Qo`shimcha mahsulot hisobi (Восстановлен)
Mahsulot tannarxini kalkulyatsiyalashning me’yoriy usuli. Bu usul mahsulot tannarxini kalkulyatsiyalashning me’yoriy usulidan foydalanishga asoslangan.
Xarajatlarni hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulyatsiyalashning me’yoriy usulidan foydalanish uchun zarur: - har bir turdagi mahsulot (ishlar, xizmatlar) uchun me’yoriy kalkulyatsiya tuzish); - joriy xarajatlar me’yorlariga kiritilgan o’zgarishlarni hisobga olish; - haqiqiy xarajatlarning me’yorlardan chetga chiqishlarini aniqlash va bu og’ishlarning sabablari va aybdorlarini aniqlash; - mahsulot (ishlar, xizmatlar) alohida turlarining haqiqiy tannarxini hisoblash uchun me’yorlariy xarajatlarga me’yordan haqiqiy xarajatlarni og’ishi va me’yoriy xarajatlarga kiritilgan o’zgarishlarni qo’shib hisoblash kerak. Moliyaviy va boshqaruv hisobida me’yoriy kalkulyatsiya ko’p maqsadli vazifalarga ega. Rejalashtirishda ular mahsulotning rejali tannarxini, ishlab chiqarish xarajatlar smetasini hisoblash, mahsulot sotish bahosini aniqlash, transfert bahosi, javobgarlik markazlari uchun xarajatlar smetasini aniqlashda qo’llaniladi. Buxgalteriya hisobida me’yoriy kalkulyatsiya tugallanmagan ishlab chiqarish va yaroqsiz mahsulotlarini baholash, mahsulot tannarxi ustidan nazorat qilish, alohida mahsulot turlari va umuman barcha mahsulotlarning haqiqiy tannarxini hisoblash uchun zarurdir. Me’yoriy kalkulyatsiyalarning soni va tuzilishi ishlab chiqarish jarayonining murakkabligi va ishlab chiqarishni tashkil etish darajasiga bog’liq. Ommaviy va yirik seriyali ishlab chiqarishlarda detallar, uzellar, tsex mashina-komplektlari, yarim tayyor mahsulotlar, yig’ma birliklarni yig’ish jarayonlari, mahsulotlar bo’yicha me’yoriy kalkulyatsiyalar tuziladi. Yordamchi ishlab chiqarishlarda buyurtma asosida bajariladigan texnologik ta’minlash, namunali asboblar ishlab chiqarish, ta’mirlash murakkabligi birliklari, energiya tashuvchilar, transport ishlari, ehtiyot qismlar guruhlari va boshqalar uchun tuziladi. Me’yoriy kalkulyatsiya tuzish uchun korxona kerakli normativ bazaga – ishlab chiqarishni texnik tayyorlashning me’yoriy hujjatlar, ishlab chiqarish resurslari sarfining me’yorlari, yordamchi me’yoriy hujjatlarga ega bo’lishi kerak. Download 72.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling