Xarajatlar haqida
Ajratma nuqtasida umumiy xarajatlarning yarim tayyor mahsulot tannarxiga mutanosib taqsimlanish usuli
Download 72.15 Kb.
|
Qo`shimcha mahsulot hisobi (Восстановлен)
Ajratma nuqtasida umumiy xarajatlarning yarim tayyor mahsulot tannarxiga mutanosib taqsimlanish usuli. Bu usul ajratish nuqtasida olingan yarim tayyor mahsulotlarga qo’shimcha ishlov berilgan hollarda qo’llaniladi. Ishlab chiqilgan mahsulot turlari o’rtasida umumiy xarajatlarni taqsimlash uchun ushbu usulda quyidagi hisob-kitoblarni amalga oshiriladi (5-jadval):
- yakuniy mahsulotning har bir turi qiymatini sotish bahosida aniqlash (2-ustun); - ishlab chiqarishning har bir turi uchun ularni qayta ishlashning keyingi (ajratish nuqtasidan keyingi) xarajatlari ko’rsatiladi (3-ustun); - mahsulot qiymati sotish bahosidan keyingi qayta ishlash xarajatlarini chegirib tashlab, yarim tayyor mahsulotlarning har bir turi qiymati aniqlanadi (4-ustun); -har bir turdagi yarim tayyor mahsulotning solishtirma og’irligi aniqlanadi (5-ustun); - yarim tayyor mahsulot turlari bo’yicha umumiy xarajatlarini ularning solishtirma og’irligiga mutanosib ravishda taqsimlanadi (6-ustun). 5-jadval Jami xarajatlarning yarim tayyor mahsulotlar tannarxiga mutanosib ravishda taqsimlanishi
Umumiy xarajatlarni taqsimlashning bu usulidan foydalanilganda birgalikda olingan mahsulotlarning rentabelligi turlicha bo’lishi mumkin. Bir jarayonda olingan mahsulotlarning bir xil rentabelligini ta’minlash uchun sotish hajmida foydaning doimiy ulushi asosida jami xarajatlarni taqsimlash usuli qo’llaniladi. Ushbu usul bilan umumiy xarajatlarni taqsimlash uchun quyidagi hisob-kitoblar amalga oshiriladi: 1) har bir mahsulot turining qiymati sotish bahosida aniqlanadi; 2) bir xil rentabellik darajasi belgilangan barcha mahsulotlar uchun har bir mahsulot turiga foyda miqdori hisoblanadi; 3) mahsulot qiymatidan sotish narxlarida foyda summasini chigirib har bir mahsulot turining tannarxi aniqlanadi; 4) tannarx ko’rsatkichlaridan keyingi xarajatlar ayirib tashlanib, mahsulot turi bo’yicha umumiy xarajatlar hisoblanadi (6-jadval). 6-jadval Umumiy xarajatlarni sotish hajmida foydaning doimiy ulushi asosida taqsimlash
Asosiy va u bilan yo’ldosh mahsulotlar o’rtasida umumiy xarajatlar taqsimlangandan so’ng asosiy mahsulot tannarxi keyingi va umumiy xarajatlarni jamlash yo’li bilan aniqlanadi. Birlik tannarx umumiy xarajatlarni mahsulot birliklari soniga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Shu tarzda yo’ldosh mahsulotlarni alohida turlari tannarxini aniqlanadi. Download 72.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling