So’zimiz boshida xarajatlar korxonalar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining
asosiy ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi degan edik, shunday ekan uni tartibga
solish, nazorat qilish (buxgalteriya hisobining funksiyalaridan biri aynan shunday
nomlanadi) uchun foyda solig’ini minimallashtirish nuqtai nazaridan ham
tasniflash lozim deb o’ylaymiz. Shu o’rinda shuni aytib o’tish joizki,
mamlakatimizda soliq yuki 2009-yilda 22,6 foizni tashkil qildi, bu 2008-yildagi
soliq yukiga (23,2 foiz) nisbatan 0,6 foizga kam demakdir. 22,6 foiz soliq
yukining ta’rifidan kelib chiqib aytadigan bo’lsak, biz yunaltirmoqchi bo’lgan
sohani, faoliyatni shuncha foizga cheklaydi. Shuning uchun har bir rahbar o’zi
to’laydigan soliqlarni iloji boricha amaldagi qonunchilik doirasida tartibga solishi,
minimallashtirishi lozim, bunga biz bo’lajak buxgalterlar ham mas’uldirmiz.
2.
Do'stlaringiz bilan baham: