Xo'jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy faoliyat bo'yicha xarajatlar muomala'arini buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun quyidagi schotlar belgilangan: - 9610 — «Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar»;
- 9620 — «Kurs farqlaridan zararlar»;
- 9630 — «Qimmatli qog'ozlami chiqarish va tarqatish bo'yicha xarajatlar»;
- 9690 — «Moliyaviy faoliyat bo'yicha boshqa xarajatlar»
- Mazkur schotlar tranzit schotlar hisoblanib, aktiv xarakterga ega. Ularnipg debet oborotlari xo'jalik muomalalari natijasida sodir bo'lgan moliyaviy xarajatlarni, kredit oborotlari esa ularning hisobdan chiqarilishini ifodalaydi.
Korxonalarda xarajatlar mahsulot tannarxiga kiritilishiga ko‘ra bevosita va bilvosita xarajatlarga ajratiladi - Bevosita xarajatlar korxonalarga mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘Igan xomashyo va materiallar, mehnatga haq to‘lash (ajratmalari bilan birga), ishlab chiqarishda foydalanilayotgan asosiy vositalar amortizatsiyasi kabi xarajatlar kiradi.
- Bevosita moddiy xarajatlar ishlab chiqariladigan mahsulot (ish va xizmatjlarning asosini tashkil etib, uning tarkibiga kiradigan yoki mahsulotlar tayyorlash, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda foydalaniladigan chetdan sotib olinadigan xomashyo va materiallar xarajatlarini ifodalaydi.
Yuqoridagilardan tashqari «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi» Nizomga muvofiq, quyidagi xarajatlar ham bevosita moddiy xarajatlar tarkibiga kiradi: - — normal texnologiya jarayonini ta’minlash va mahsulotlarni o‘rash uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar) yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiyojiga sarflanadigan (asbob-uskunalar, binolar, insho- otlar va boshqa asosiy vositalar sinovini o‘tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish) uchun ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan xarid qilinadigan mater,allar, shuningdek asbob-uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar, inven- tarlar qiymati, xo‘jalik buyumlari va asosiy vositalarga kirmay- digan boshqa mehnat vositalari;
- — sotib olinadigan, kelgusida korxonada montaj qilinadigan . yoki qo‘shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar;
- — tashqi yuridik va jismoniy shaxslar,. shuningdek korxonaning ichki tarkibiy bo‘linmalari tomonidan bajariladigan faoliyatning asosiy turiga tegishli bolmagan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bolgan ishlar va xizmatlar.
- Bevosita mehnat xarajatlari: bevosita ishlab chiqarish xodimlari, ishlab chiqarish jarayonida ishlayotgan mashina operatorlari va bevosita ishlab chiqarishda band bolgan boshqa xodimlarning mehnat haqi xarajatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |