2.Temperament va kasbni egallash masalasi. Faoliyatning individual uslubi va temperament.
Ma`lumki har bir odam har qanday boshqa odamdan o`zining individual xususiyatlari bialan ajralib turadi. Odamlar xulq-atvor va faoliyat motivlariga nisbatan teng bo`lganda, bir xil tashqi ta`sir etganda, bir biridan ta`sirchanligiga va ko`rsatayotgan energiyasiga ko`ra sezilarli darajada farq qiladilar. Jumladan, bir xil kishi sekinlikni, boshqasi shoshilishni yoqtiradi, bir xil odamlarga hissiyotlarning tez o`yg`onishi xos bo`lsa, boshqasiga esa sovuqqonlik xosdir, boshqa birovni keskin imo-ishoralar, ma`noli mimika, boshqasining harakatlarida og`ir-bosiqlik, yuzining juda ham kam harakat qilishi ajratib turadi
Temperament lotincha «temperamentum» degan so‘zdan olingan bo‘lib, buning ma’nosi «aralashma» degan tushunchani anglatadi.
Temperamentga ta’rif beradigan bo‘lsak, u shunday ko‘rinishda bo‘ladi: psixikaning individual jihatdan o‘ziga xos, tabiiy shartlashgan dinamik ko‘rinishlari majmui kishining temperamenti
Do'stlaringiz bilan baham: |