Xarakter va temperament xususityalarining xayotdagi axamiyati. Reja
Download 261.49 Kb.
|
Saydullo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Esteti k didli odam
- Ijtimoiy odam
- Siyosiy odam
- Diniy e’tiqodli odam
. Iqtisodchi odam. Bu, albatta, ishlab chiqarish bilan bog‘liq odam bo‘lishi shart emas. Eng asosiysi, shaxs turli sohalari va turmush tarzini belgilab beruvchi bosh motiv sifatida foydalilik motivining mavjudligidir. Barcha hayotiy aloqalarda bunday odam foyda chiqishini birinchi o‘ringa qo‘yadi. U maksimal darajada foyda olish uchun xom ashyo, kuch va vaqtni tejay oladi. Bunday odamni ishbilarmon odam deb atash to‘g‘riroq bo‘lar edi.
3. Estetik didli odam. Sof estetik hulq-atvorga hirs qo‘yish xos emas. Olam bilan bevosita aloqada bo‘lish doimo og‘riqli kechadi, bu yashash uchun kurash bilan bog‘liq. Lekin boshqa olam borki, bunda og‘riq quvonch kabi shirin, azob tortish shodlanish kabi ilohiylashgandir: bu fantaziya olami. Estetik tipni ko‘rib chiqishda moddiy asar yaratuvchi san’at arboblari emas, balki o‘zini yaratuvchi, estetik tipli ichki tuzilishiga ega bo‘lgan odamlar ko‘zda tutiladi. 4. Ijtimoiy odam. Ijtimoiy deb atalgan alohida hayot shakli o‘zgalar manfaati yo‘lida o‘zidan voz kechish ehtiyoji etakchi hayotiy ehtiyojga aylanganida yuzaga keladi. O‘zining yuksak ifodasida ijtimoiy yo‘nalganlik mehr-muruvvatdan tashkil topgan. Biror odamni, unda haqiqat yoki go‘zallik, yoki oliyjanoblik qadriyati namoyon bo‘lganligi sababli sevish mumkin. Mehribonlik odamlarda yashirin holatdagi ma’lum qadriyatlar tashuvchilarni ochib beradi va ular o‘z hayoti mazmunini bu odamlarga sadoqatli bo‘lishda topadi. 5. Siyosiy odam. Inson uchun qudratga ega bo‘lish asosiy ahamiyat kasb etgan alohida holat. Bunday odamning olamni his etishi umumiyligi bilan ajralib turadi, umumiylik o‘z mavqeini belgilash, muvaffaqiyatga erishish, hayotiy quvvat, turmushdagi harakatda namoyon bo‘ladi. Bunday odamlar yuqori ijtimoiy darajaga intiladilar va faqat o‘sha darajadagina dohiy sifatida, shon-shuhrat pog‘onasida o‘zlarida mamnunlik his qiladilar. 6. Diniy e’tiqodli odam. Bu ma’naviy hayot yo‘li diniy qonunlar asosida hayotning yuksak mazmuniga erishishga qaratilgan odam. Diniy e’tiqodli odamlar hulq-atvorida altruizm yo‘nalishi dominantlik qiladi. Hayotlarining oliy mazmunini odamlarga oliyjanoblik bilan beminnat xizmat ko‘rsatish – zarar ko‘rganlar, yaralanganlar, shikastlanganlar, muhtojlar, tahqirlanganlar va yolg‘izlarga yordam ko‘rsatishda deb biladilar. Diniy aqidaparastlar dindor odamlar ong osti sohasiga inson psixikasining murakkab ichki tuyg‘usi – ishonch mexanizmi bilan qamrab olgan holda mustahkam singdirib boradilar. Dindor odam hulq-atvori o‘zgarib boradi – psixikasida insonga nisbatan yaxshilik, mehribonlik g‘oyalari dominantlik qila boshlaydi. Xarakter tiplarining boshqa tasniflari ham mavjud. Xuddi shunday, insonning hayotga, jamiyatga va ahloqiy qadriyatlarga munosabati asosidagi xarakterlar tipologiyasi keng tarqalgan. Uning muallifi – e. Fromm ushbu tasniflashni xarakterlarning ijtimoiy tipologiyasi deb nomladi. Turli odamlar hulq-atvorini kuzatishdan to‘plagan ma’lumotlarni umumlashtirib, ularni klinikadagi amaliyot bilan solishtirgan holda, e. Fromm ijtimoiy xarakterlarning quyidagi asosiy tiplarini keltirib chiqardi. 1. Download 261.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling