- Qobiliyatlar - shaxsning ma’lum faoliyatdagi muvaffaqiyatlarni, osonlik bilan biron faoliyatni egallay olishni ta’minlaydigan yakka psixologik xususiyatlaridir.
- Inson qobiliyatlar yordamida bilim, ko`nikma va malakalarini nisbatan osonlik bilan egallab oladi va biror faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug`ullanadi.
- Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo`ladi. Qobiliyat turlari quyidagilar:
ularning turlari.
Umumiy qobiliyatlar
- mavjud bo`lgan kishi faoliyatning turli xillari bilan muvaffaqiyatli shug`ullana oladi. Umumiy qobiliyatga ega bo`lgan o`quvchilar odatda barcha fanlardan yaxshi va qiynalmay qo`yadilar.
Maxsus qobiliyatlar
- kishiga qandaydir muayyan faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug`ullanish imkonini beradi.
Layoqat nishonlari va qobiliyat. - Qobiliyatlar miya va sezish organlarining tuzilishiga bog`liq, ular har-xil kishilarda tug`ilgan vaqtidayoq turlicha bo`ladi. Har bir kishida tug`ma layoqat nishonlari bor bo`ladi, binobarin, kelgusida biror qobiliyatni rivojlantirishga bo`lgan muayyan moyillik ana shunga bog`liq.
- Layoqat nisholarini rivojlantirish kerak, bu esa ta’lim tarbiya jarayonidagina ro`y beradi.
- Layoqat nishonlari kishining go`yo «mudrab yotgan» kuchlari bo`lib, agar kishi tegishli faoliyat bilan shug`ullanmasa, bu imkoniyatlarni «uyg`otishi» mumkin emas. Bunday mashg`ulotlar uchun ijtimoiy shart-sharoit: moddiy ta’minot, muhit, o`qish imkoniyatlari va hokazolar zarur bo`ladi.
- Qulay sharoitlar mavjud bo`lganda ayrim kishilarda qobiliyatlar juda erta rivojlanadi. Odatda musiqa va tasviriy sanhatga bo`lgan layoqat unda ertaroq paydo bo`ladi. Kishilarda musiqa va tasviriy sanhatga bo`lgan layoqatdan bir muncha keyinroq adabiy qobiliyatlar paydo bo`lgan. Qobiliyatni rivojlantirishning ayrim shartlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |