insonlarga nisbatan bo`lgan munosabatlarda namoyon bo`ladigan xarakterologik sifatlar
kamtarlik,
kamsuqumlilik,
mag`rurlik,
o`ziga bino qo`yish,
o`z-o`zini tanqid qilish,
ibo, sharmu-hayo,
manmansirash
o`z-o`ziga munosabatga aloqador xarakterologik sifatlar
Narsalar va hodisalarga munosabatlarda namoyon bo`ladigan xususiyatlar
tartiblilik,
oqillik,
saronjom-sarishtalik,
qo`li ochiqlik,
ziqnalik,
tejamkorlik,
pokizalik
Xarakter temperamentdan farqli o`laroq hayotda, muomala va hamkorlikdagi faoliyat jarayonida vujudga kelishi va shakllanishida farq qiladi. Xarakter xususiyatlarining nimalarda namoyon bo`lishi, ularning belgilari masalasi ham amaliy jihatdan muhimdir. Avvalo xarakter insonning xatti-harakatlari va amallarida namoyon bo`ladi - odamning ongli va maqsadga qaratilgan harakatlari uning kim ekanligidan darak beradi.
Xarakter xususiyatlarining variantliligi ularning faqat sifat jihatidan rang-barangligi va o`ziga xosligida emas, balki miqdor jihatidan ifodalanganligida ham namoyon bo`ladi. Xarakter xususiyatlarining miqdoriy ifodalanishi, ya’ni ayrim belgilarning haddan tashqari kuchli namoyon bo`lishi shaxs xulq-atvori me’yorining eng oxirgi marrasiga borib, patologik belgilar bilan chegaralanish holatida ko`zatiladi. Bu holat psixologiyada xarakter aktsentuatsiyasi ya’ni, me’yordan ortishi deb ataladi.

Do'stlaringiz bilan baham: |