Xarakterga psixologik yondashuv


JOURNAL OF INNOVATIONS IN SOCIAL SCIENCES


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana19.04.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1363347
1   2   3   4   5   6   7   8   9
JOURNAL OF INNOVATIONS IN SOCIAL SCIENCES
 
www.sciencebox.uz
Volume: 03 Issue: 01 | Jan - 2023
 
ISSN: 2181-2594
 
Journal of Innovations in Social Sciences
 
11 
“The fair ,round- faced, sweet looking Zaynab ,just seventeen years old ,bowed to her mother- in- 
law as is customary, then , taking tiny steps, she approached the dastarkhan.”
Yozuvchi Zaynab obrazi tasvirida Zaynabning o„n yetti yoshlar atrofida va kulcha yuzli ekanligini 
ta‟kidlaydi. Tarjimada esa “just seventeen years old ” deb o„girilgan bo„lib, yozuvchining “chamaliq” 
so„zi „just‟ ya`ni “endigina” so`zi orqali urg‟u berilgan. Ingliz tilidagi “just” so„zi “chamaliq” 
so„zining tarjimasiga to„g‟ri kelmasada, “ just seventeen years old “so`z birikmasining birga 
qo„llagani, yozuvchi tasviriga biroz bo„lsada to„g‟ri keladi, ma`nosidan kelib chiqadigan bo`lsak, 
endigina 17 yoshga kirgan deb aytishimiz mumkin. Lekin “O„n yetti yoshlar chamaliq” “she was 
approximately 17 years old ” deb o„girilganda yanada maqsadga muvofiq bo„lar edi. Yozuvchi 
“kulchalik yuzlik” ifodasi orqali Zaynabning kulcha kabi “dumaloq” yuzli ekanligiga ishora qilgan. 
Tarjimada esa ushbu tasvir “round-faced” deb, ya‟ni “kulchadek dumaloq” emas, balki “doira yoki 
dumaloq yuzli” bo„lib o„girilgan.
Endi asardagi O„zbek oyim portertidagi chizgilarga va buning zamirida qahramon milliy xarakteriga 
ham to„xtalib o„tamiz. Asliyat: 
“O„zbek oyim ellik besh yoshlar chamaliq, chala-dumbul tabi‟atlik bir xotin bo„lsa ham, ammo eriga 
o„tkirligi bilan mashhur edi 
Shu birgina jumla bilan muallif qahramon portretini va xarakterini yorqin aks ettira olgan. Bu jumlani 
o„qishimiz bilan ko„z o„ngimizda so„zi o„tkir, gapini hammaga, kezi kelganda katta davlat amaldori 
bo„lgan turmush o„rtog‟i Yusufbek Hojiga ham o„tkaza oladigan o„zbekning kayvoni ayollaridan biri 
namoyon bo„ladi. Endi bu parchani ingliz tiliga qilingan tarjimasi bilan solishtiramiz: 
“ Uzbekayim ,was round fifty years old. She was a rather dim –witted woman, but domineering , 
renowned for always getting her own way in disscussions with her husband.” 
Tarjimon O„zbek oyim tasviri tarjimasida ham to„g‟ri so„zlarni tanlay bilgan. Masalan: “chala-
dumbul” so„zining o„zbek tilining izohli lug‟atida quyidagi ma‟nolari mavjud: 1) don uchun: to„liq 
pishmagan, hali qotmagan, sutmi-qatiq bo„lib qolgan holati; 2) mevalar uchun: ta‟m kirib qolgan, 
lekin hali yetilib pishmagan holati; yana bu so„zning ko„chma ma‟nolari ham mavjud bo„lib, 
insonlarga nisbatan, aqlsizroq, tentaknamo, devonasifat, shuningdek, hayot tajribasi bo„lmagan, xom, 
g‟o„r kabi ma‟nolari ham mavjud. Ushbu ma‟nolarni ingliz mutarjimi chuqur tushungani bois ingliz 
tiliga ushbu ma‟nolarni bera oluvchi “dim witted” ifodasi bilan o„girgan va to„g‟ri yondashgan. 
“Eriga o„tkirligi bilan” birikmasini esa “renowned for always getting her own way in disscussions 
with her husband.” deb “o„tkir” so„zini asl ma‟noda emas, ko„chma ma‟noda bergan va ushbu so„z 
tarjimada qanday ma‟no anglatayotganini yaxshi his qilgan. Hozirgi zamonaviy ingliz tilida chet 
tillardan kirib kelgan so„zlar ko„p. Shu o„rinda “domineering”,ya`ni , “dominant” so„zi ham borki
ushbu so„z ayollarga nisbatan qo„llanilsa, “eriga hukmdor” , “oilaning qarorlarini o„zi chiqaradigan” 
kabi ma‟nolarni beradi. Lekin ushbu parcha tarjimasida O„zbek oyim uchun “dominant” so„zini berib 
bo„lmas edi. Chunki, har bir so„z tarixiy davrni ham o„zida mujassam etishi kerak bo„ladi. Shuning 
uchun tarjimon aynan bir so„z bilan emas, balki “but domineering , renowned for always getting 
her own way in disscussions with her husband.”kabi birikma bilan erishni ma‟qul 
Topgan Bo„lishi bejiz emas. Agar zamonaviy asar bo„lganida “dominant” yoki shunga o„xshash so„z 
yoki ibora bilan tasvirlashi mumkin edi. 
Endi asardagi personajlardan Rahmat va Homidning portretiga diqqatimizni qaratamiz. Asliyat: 



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling