Xashaki lavlagi urug’lari 4-5


Download 190.42 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi190.42 Kb.
#1017588
Bog'liq
Xashaki lavlagi


Xashaki lavlagi yengil xazm bo’ladigan qoramollarda sutni ko’paytiradigan ozuqa ekini Xo’jaliklarda sut beradigan qoramollar ratsionida xashaki lavlagi 40-50 % ga yetadi Lavlagi ildizmevasi foydali ma’danli moddalar vitaminlardan C,B,B1,B2,PP va karotinga boy Ildizmevalar xazmlanishi bo’yicha yaylov o’tlardan qolishmaydi dag’al oziqlarning xazmlanishini yengillashtiradi.Konsentrat yemni tejashga imkon beradi hamda nasl berish yaxshilaydi
Xashaki lavlagi urug’lari 4-5  C da una boshlaydi Qiyg’os unib chiqishi uchun xarorat 10  C dan kam bo’lmasligi lozim yer ustki qismi 1-2  C sovuqda nobud bo’ladi.Xashaki lavlagi o’sishi va rivojlanishining boshlanishida suvga talabchan O’zbekistonda faqat sug’oriladigan yerlarda o’stiriladi O’suv davri 160-180 kun.Qumoq,qumloq tuproqlarda yaxshi o’sadi.Botqoq,sho’r,sho’rtob,toshloq tuproqlarda yaxshi o’smayadi O’zbekistonda xashaki lavlagining O’zbekiston yarimqand,O’zbekiston-83 navlari davlat resstriga kiritilgan

Xashaki lavlagi qator oralari ishlanadigan,serxosil ekin.U unumdorligi yuqori,g’ovak,strukturali,tuproq reksiyasi neytral bo’lgan tuproqlarga ekiladi.Xashaki lavlagi g’o’za,ko’p yillik o’tlar ekiladigan maydonlarga hamda kuzgi don ekinlaridan keyin joylashtiriladi.


Xashaki lavlagi 100s ildizmeva va slunga muvofiq barglar xosil qilish uchun tuproqdan 25-30 kg azot 9-10 kg fosfor 45-50 kg kaliy o’zlashtiradiU,ayniqsa,azotli,kaliyli o’g’iylarga talabchan.Ma’danli O’g’itlarning yillik meyyori azot 150-200,fosfor 100-120 kaliy 80-100 kg/ga ni tashkil qiladi.Fosforli kaliyli o’g’itlarning hammasi yerni xaydash oldidan solinadi.Azot ekishdan oldin 50-kg/ga,sug’orishdan oldin ikki marta 50-75-kg/ga oziqlantirish sifatida,beriladi. Organik o‘g’it go’ng gektariga 20-30t yerni xaydash oldidan solinadi.Tuproqni asosiy ishlashda kuzgi shudgor 30-35 sm chuqurlikda o’tkaziladi.erta bahorda ham saqlash uchun kuzgi shudgor borolanadi,ekish oldidan chizellanadi,boronalanadi,mola bsiladi.
Xosilni yig’ishtirish iyul oxirida,avgust boshlarida tugallannadi.Xosil yig’ishtirilishi bilan kultivatsiya qilinadi va bir yo’la gektariga 100-110 kg azot solinib,sug’oriladi.natijada o’simlik tez tiklanadi ildizlar tez kattalashadi.Oktabr oyining oxirigacha 3-4 sug’orish o’tkaziladi,begona o’tlar yo’qotilib ,qator oralari sug’orishlardan keyin yer yetilishi bilan kultivatsiya qilinadi.
Ildizmevani yig’ishtiradigan maxsus kombayinlar bo’lmasa,xosil g’o’zani korchevka qiladigan agregatlar yordamida kovlanadi.Bunda korchevkani ishlatish chuqurligi sozlanadi.bargar qo’l bilan tozalanib,ildizmevalar uyumlanadi va transportlarga ortiladi.
Xashaki L. — birinchi yili 10– 12 kg lik ildizmeva va bargtoʻplami hosil qiladi. Shirali ozuqa sifatida chorva mollariga beriladi. 100 kg ildizmevada 12,2 ozuqa birligi va 0,9 kg hazm boʻluvchi protein, 100 kg bargida 10,2 ozuka birligi va 1,8 kg hazm boʻluvchi protein mavjud. Xashaki L. namga talabchan, yorugʻsevar, sovuqqa chidamli. Amerika (AQSH, Kanada, Braziliya), Yangi Zelandiya, Afrika (Jazoir, Tunis), Yevropa, shu jumladan, Belarus, Ukraina, Boltiqboʻyi mamlakatlarida koʻp ekiladi. Hosildorligi 300-400 s/ga.
Kasalliklari : serkosporoz, kul, nematoda kasalliklari.
Zararkunandalari: L. uzunburuni, shiralar, L. parvonasi, tunlamlar, kemiruvchi tunlamlar, dala parvonasi, L. pashshasi, L. poyaxoʻrlari. Zararkunanda hasharotlar va kasalliklarga qarshi kurash choralari: agrotexnika chora-tadbirlariga amal qilish, qator oralariga ishlov berish, begona oʻtlarning oʻsishiga yoʻl qoʻymaslik, zararkunandalarning tuxumlariga qarshi trixogramma, qurtlariga qarshi esa brakon, shiralarga qarshi oltinkoʻzlar lichinkalarini qoʻllash. Kimyoviy dorilardan zolon (30% namlanadigan kukun) — 3,0—3,7 kg/ga, BI-58 (0,5-1,0 l/ga), detsis (0,25-0,5 l/ga), saraton shiralarga qarshi malfos — 0,6—0,8 l/ga va qandalalar, kovaklovchi pashsha, kuyalarga qarshi 1,0—1,2 l/ga, omayt — 1,0 l/ga, ildizqirqar tunlamlarga qarshi siraks — 0,4 l/ga oʻsuv davrida purkaladi
Download 190.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling