Xashorotlar marfologiyasi
KUNLILAR NINACHILAR SUVARAKSIMONLAR TURKUMLARI
Download 32.48 Kb.
|
Hashorotlar
KUNLILAR NINACHILAR SUVARAKSIMONLAR TURKUMLARI
NINACHILAR (Odonata) — hasharotlar turkumi. Gavdasining uz. 1,4—120 mm, qanotlari 90 mm gacha. Fasetkali koʻzlari harakatchan, boshining katta qismini egallaydi. Moʻylovlari kalta, koʻzga zoʻrgʻa koʻrinadi. Qanotlari kalin toʻrlangan. Dorzoventral (orqadan qorin tomonga yoʻnalgan) qanot muskullarining, erkaklarida ikkilamchi qoʻshilish organining boʻlishi bilan boshqa hasharotlardan farq qiladi. 4500 ga yaqin (boshqa maʼlumotlarga koʻra, 3000 dan ortiq) turi bor. Arktika va qurgʻoqchilik hududlaridan tashqari hamma joylarda tarqalgan. Asosan, tropik hududlarda, suv havzalari yaqinida uchraydi. Yirtqich voyaga yetgan Ninachilar hasharotlar bilan oziqlanadi. Oʻljasini havoda tutadi. Yirik Ninachilar lichinkasi itbaliklar va baliklar chavoqlariga hujum qilishi mumkin. Yarim oʻzgarish orqali rivojlanadi. Havoda uruglanadi. Tuxumlarini suv tubiga yoki suvdagi oʻsimliklarga qoʻyadi. Lichinkalari yirtqich, ogʻiz organlari oʻljasini tutuvchi organ — niqobga aylangan. Maxsus tashqi jabralar (dum jabralari) yoki orqa ichak oʻsimtalari (rektal jabralar) yerdamida nafas oladi. 3 ta kenja turkum: teng qanotlilar, har xil qanotlilar, aralash qanotlilarga boʻlinadi. Keyingi turkumga oldingi ikki turkumining ham belgilarini mujassamlashtirgan, tropik hududlarda tarqalgan bitta urugʻ kiradi. Oʻzbekiston hududida Ninachilarning oʻnlab turlari tarqalgan. Togʻli hududlarda Oʻrta Osiyo uchun endemik, yirik Ninachilar kordu-legaster; vohalar va togʻ oldi xududlarida shaynli ninachilar koʻp uchraydi. Ninachilar qanotli qasharotlar, ularning lichinkasi esa qon soʻruvchi hasharotlarning suvdagi lichinkalari bilan oziqlanadi. Ninachilarning lichinkalari baliklar uchun oziq. Suvaraksimonlar turkumi (Blattoptera). Bularning tanasi har xil kattalikda, yassi, old yelkasi hajmi,boshi gipognatik, pastida yashirinib turadi; og’iz organlari baquvat va kemiruvchi tipda tuzilgan. Mo’ylovlari uzun, ingichka, qanotlari xilma-xil taraqqiy etgan. Ayrim turlarining urg’ochisi qanotsiz, qanotlari juda ojiz yoki ikkala zoti ham qanotsiz bo’lishi mumkin. Oldingi qanotlari orqa juftga nisbatanqalinroq (ust qanotga aylangan), orqa qanotlarmi pardasimon ko’rinishda. Oyoqlari yuguruvchi tipda tuzilgan, harakatchan, oyoq tayoqchalari yirik, panjalari 5 bo’g’imli. Qornining keyingi bo’g’imida bo’g’imli yoki bo’g’imsiz serkilari, erkaklarida, ko’pincha lichinkalarida grifelkalari bor. Suvaraksimonlar tuxumlarini qalin xaltacha (ooteka) ichiga joylashtirib qo’yadi. Tuxumxaltachasining shakli har qaysi tur uchun o’ziga xosdir. Suvarak tuxum qo’ygan paytidan to voyaga yetguncha rivojlanish davri 2-3 oygacha, ba’zilari esa 3-4 yilgacha cho’zilishi mumkin.Lichinkalari yetuk zotlaridan kichikligi, qanotlari yo’qligi va mo’ylov bo’g’imlari ozligi bilan farq qiladi. Suvaraklar ko’proq tun hasharotlari hisoblanadi. Ular o’simlik qoldiqlarida, toshlar va barglar ostida, o’rmon va shu kabi jogylarda yashaydi. Janubiy kengliklarda suvaraksimonlarning talaygina turlari hayot kechiradi. Uy-joy, oshxona, nonvoyxonalarda yashashga moslashgan turlari ayniqsa yaxshi ma’lum. Ular har xil oziq bilan oziqlanadi. Ko’p turlari har xil tashlandiqlar orasida yashaganligi tufayli tana qismlari va ekskremetlari orqali turli kasallik qo’zg’atuvchi patogen mikroorganizmlarni tarqatadi. Suvaraksimonlar paleozoy erasidan ma’lum. Ular toshko’mir davrida to’g’ri qanotlilar bilan bir qatorda bo’lgan. Turlarning soni 3600 dan ortiq, tropik va subtropik zonalarda tarqalgan. O’zbekistonda uchraydigan turlar qo’yidagilardir: Download 32.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling