Xat va ularning turlarini tahlil qilish
Download 29.64 Kb.
|
10.Xat va ularning turlarini tahlil qilish
Xat va ularning turlarini tahlil qilish Mavzuga davlat ta’lim standartlari tomonidan qo’yilgan talablar O’zbek hujjatchilik tarixini bilish. Rasmiy xatning shaxsiy xatdan farqini bilish. Darsning maqsadi: O’zbek hujjatchilik tarixi, hijjat turlari haqida rasmiy va shaxsiy xatlar orasidagi farqni tishuntira olish. Tarbiyaviy o’zbek xalqi tarixiga va qonunchiligiga huemat ruhida tarbiyalash. Rivojlantiruvchi (Dunyoqarashni shakllantirish)hujjatchilik haqidagi bilimlarini rivojlantirish. Darsning turi-Yangi bilimlarni o’zlashtirish. Darsning metodi (uslubi)—Maruza,suhbat, test. Fanlar aro bog’lanish(fanning nomi va usuli)Huquq, Kasbiy fanlar tarix, adabiyot, ona tili. Qo’shimcha adabiyotlar. 1.N. Mahmudov, A.F. Madvaliyev,N. Mahkaqmov,M.I.Aminov “O’zbek tilida ish yuritish” Toshkent -1990 yil. 2.E.Qilichev “Nutq madaniyati”. 3.A.Rafiyev,N.G’ulomova “Ona tili va adabiyoti” Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. Darsning jihozlanishi(Ish yuritish multimediya, turli ish qog’ozlaridan namunalar, testlar). Darsning elementlari davomiyligi 1. Tashkiliy qism(salomlashish o’quv xonasini ko’zdan kechirish) 5 minut 2. Uyga vazifani so’rash (og’zaki yozma savol javob testlar) 7 minut 3. Fikirlashni jamlash(aqliy hujum o’tilgan mavzular boyicha 8 minut 4. Yangi mavzuning bayoni( o’qituvchi mav- zuni bayon etadi: suhbat, maruza) 35 minut 5. Mustaqil ishlash (yangi mavzuga oid topshiriqlar beriladi) 10 minut 6Yangi mavzuni mustahkamlash(mavzuning ` asl mohiyati to’liq izohlanadi) 8 minut 7. Xulosa: (darsda faol hamda passiv qatnashgan 5 minut 8. Uyga vazifa (topshiriq aniq va bajarish yo’llari tushuntirilishi shart) 2 minut Tashkiliy qism. O'quvchilar bilan salomlashish, sinf xonasini ko'zdan kechirib, o'quvchilarning diqqatini darsga jalb qilish . II. O'tilgan mavzuni so'rash, yangi mavzuga bog'lash. O'tilgan mavzu: O'zbek munshaoti tarixi, uning ananalari. Hujjat turlari. (O'tmishda hujjat tutish rasmi, tarixiy hujjatlarning turlari. Ichki va tashqi hujjatlar, mazmuniga ko'ra hujjat turlari). Savollar. 1. O'zbek hujjatchilik tarixidan nimalarni bilasiz? 2. Hujjat turlari haqida ma'lumot bering. 3. Ichki va tashqi hujjat bir-biridan qanday farq qiladi? 4. Sharqda yorliq, farmon, noma, bitimlar, arznoma, qarznomalar, tilxat shunga o'xshash hujjatlar nechinchi asrda keng tarqalgan? 5. Hujjatlar mazmuniga ko'ra nechaga bo'linadi. O'quvchilar o'zbek hujjatchiligi juda qadimga borib taqalishini kechagina paydo bo'lmay, kishilik jamiyatiga shakllanishidayoq yuzaga kelganligini qayd qiladilar. Hujjatlar xilma-xil va ko'p. Ish yuritishdagi hujjatlar ikkiga bo'linadi: 1. Ichki hujjat- muassasaning o'zida tuziladi va foydalaniladi. 2. Tashqi hujjat- boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladigan hujjat. Qadimda hujjatlar yorliq farmon, noma, bitimlar, arznoma, tilxat kabi ko'rinishlarda bo'lgan. Bugungi kunda tariximizning turli davrlarida o'rxun- enisey sug'd, eski uyg'ur, arab va boshqa yozuvlarda bitilgan ko'plab hujjatlar mavjud. Hujjatlar mazmuniga ko'ra ikkiga bo'linadi: 1. Sodda hujjat. 2. Murakkab hujjatlarga bo'linadi deb o' fikrlarini bildiradilar. III. Darsning maqsadini tushuntirish. - O'quvchilarga Munshaot tarixi, hujjat turlari rasmiy va shaxsiy xatalrning tushuntira olish. IV. Darsning rejasi bilan tanishtirish. 1. Xatlar to'g'risida tushuncha berish. 2. Xatlarning turlari. 3. Rasmiy xat haqida ma'lumot. 4. Shaxsiy xat bilan rasmiy xat o'rtasidagi farq. 5. Badiiy adabiyotdagi shaxsiy xat namunalarini tahlil qilish. V. Yangi mavzuni bayoni. Xatlar juda xilma-xil bo'lib, muassasalar, korxonalar, tashkilotlar orasida xizmat aloqalarini amalga oshiruvchi asosiy hujjat sanaladi. Xat orqali bajariladigan masalalar ko'lami juda keng bo'lib, bunday yozishmalar vositasida turli ko'rsatmalar so'rovlar javoblar tushuntirishlar, xabarlar, takliflar, iltimoslar, kafolatlar beriladi yoki qabul qilinadi. Xatlar rasmiy va shaxsiy bo'lib ulardan quyidagi o'rinlarda foydalaniladi. Rasmiy xatlar tashkilotda ish yuritish jarayonida qo'llaniluvchi hujjatlarning umumiy miqdoriga nisbatab 80% ni tashkil etadi. Xizmat xatlari xususiyatlarga ko'ra o'zaro farqlanadi.Xatlarni bajaradigan vazifasiga qarab quyidagi turlarga bo'lish mumkin. 1 Javob xatni talab qiluvchi xatlar(da'vo xatlar, so'rov xatlar, iltimos xatlar) 2 Javob xatni talab qilmaydigan xatlar(ilova xat, eslatma xat,tasdiq xat, axbarot xat, kafolat xat va boshqalar). Ushbu xatlar ma'lum bir maqsadda yoziladi: kafolat xatlarda-kafolatberish ifodalansa , ilova xatlarda-xatga ilova qilinayotgan hujjatlar haqida axborot beriladi.Biroq shunday xatlar borki aynan bir xat mazmunidaham kafolat berish ham iltimos, ham eslatish ma'nolari ifodalaniladi. Rasmiy xatlar bosma ish qog'ozlariga yoziladi. Xat agarda oddiy qog'ozga yozilsa uning chap tomonidagi yuqori burchagiga xat jo'nataytgan muassasa nomi ko'rsatilgan to'rtburchak muhr qo'yiladi. Har qanday rasmiy xati mantiqiy jihatdan o'zaro bog'liq uch qismdan iborat bo'ladi. Xatning birinchi (kirish) qismida, odatda xat bilan tegishli muassasaga murojaat qilishga majbur etuvchi asosiy sabab ko'rsatiladi. Ikkinchi qismida xatda qo'yilayotgan masalani hal qilish zarurligi dalillar asosida bayon qilinadi. Xatning uchinchi (xulosa) qismida esa xat yozishdan ko'zlangan asosiy maqsad ifodalaniladi. Qoidaga ko'ra xizmat xatlari bir betdan oshmasligi lozim. Xizmat xatlari ikki nusxada yoziladi va imzolanadi. Birinchi nusxa jo'natilib ikkinchi nusxa muassasaning o'zida saqlanadi. Xizmat xatlari matnidan so'ng xatga imzo chekuvchi rahbar lavozimining nomi aniq ko'rsatilishi kerak. Hujjat muassasa rahbari tomonidan imzolanadi. Xatda bayon qilingan masalalar bo'yicha javobgarlik bir necha shaxs zimmasiga yuklatilgan bo'lsa imzolar soni ikki va undan ortiq bo'lishi mumkin. Xizmat xatlari vazifasi va mazmuniga ko'ra bir necha turga bo'linadi. Hozir shulardan ayrimlari bilan tanishib o'tamiz. Xizmat xatlari quyidagi zaruriy qismlarni o'z ichiga oladi. 1.O'zR ger . 2.Muassasaning ramziy belgi(emblema)si. 3.Mukofotlar. 4.Vazirlik,boshqarma ismi. 5.Tashkilot nomi. 6.Bo’linma nomi. 7.Tasniflagich bo’yicha hujjatning xos raqami. 8.Muassasaning xos raqami. 9.Pochta telegraf adresi, bankdagi hisob-kitob raqami. 10.Sana. 11.shartli raqam(indeks). 12.Kelgan hujjat shartli raqami. 13.Hujjatning kelish sanasi. 14.Hujjat jo’natiladigan adres(xat oluvchi muassasaning nomi). 15.Munosabat belgisi(rezolutsiya). 16.Nazorat haqida belgi. 17.Matn sarlavhasi(xatning qisqacha mazmuni). 18.Matn. 19.Ilovalar haqida belgi. 20.Imzo. 21.Rozilik belgisi(viza). 22.Kelishuv haqida belgi. 23.bajaruvchi haqida belgi va uning telefon raqami. Axborot xat namunasi.
Shaxsiy xatlar-kishilar o’rtasidagi fikr mulohazalarni, ichki his tuyg’ularni, dard alam, hayotiy kechinmalarni bayon qilishda keng qo’llaniladi. Shaxsiy xatlar badiiy adabiyotlarda keng qo’llaniladi. Shaxsiy xatlar rasmiy xatlardan quyidagi belgilari bilan farq qilinadi. Rasmiy xatlarda zaruriy qismlari mavjud bo’ladi. Shaxsiy xatlar esa quyidagicha yoziladi.A.Qodiriyning “O’tgan kunlar” romanidagi Otabekning Mirzakarim qutidor yozgan ushbu xatini keltiramiz. Muxtaram qayn otamizga! Siz bilan meni qorong’u zindonlarga tushirib dor ostilarigacha toprtgan buning ila o’zining vaxshiyona tilagiga yeta olmagan keyin mrning tilimdan soxta taloq xati yozib darvoza yonidagi haydattirishiga muvaffaq bo’lgan va bir gunohsizniu shahid etgan Homid ismli bir to’ng’izni nihoyat ikki yillik sargardonlik so’ngida yordamchilari bilan tuproqqa qorishishga muvaffaq bo’ldim... Sizni shonli hovlingizni yonida voqe bo’lgan bu kurash albatta sizni va uy ichingiz ham yor do’stlaringizni anchagina tinchsizlikka qo’ygan bo’lsa kerak... Sizdan bu ulug’ gunohi uchun avf so’rab haydalgan o’g’lingiz- Otabek Yusufbek hoji o’g’li?? Xatdan ko’rinib turibdiki ikki yillik hijron azobini boshidan o’tkazgan qanchadan-qancha voqealar bayon etilgan. Bizga ma’lumki Navoiy davrida ham xatlarning o’rni juda katta bo’lgan. Navoiy Husayn Boyqaroga yozgan xatlarida, mamlakatni idora qilishning o’sha zamon uchun eng ajoyib va demogiratik usullarni tavsiya qiladi.Mazlumlarning arzu dodiga yetish, zolimlarni ish boshidan haydash, maktablar ochish, mamlakat iqtisodiyotini oyoqqa bostirish uchun savdo ishlarini rivojlantirish, poraxo’rlarga qattiq jazolar berish, fisq majlislarga hirs qo’ymaslik, qimorxona, ichkilikxonalarni yopishni talab qiladi. Navoyining shu xatlardan ba’zi namunalarni ko’raylik. “Erta bilan xaramdan chiqqach, devonda o’tirib dodhox surilsa dog’i dodhox surarda o’zlik bilan mashg’illik qilinsa, agar mazlumga birovdan zulm o’tgan bo’sa zolimlarga mujibu intihoh bo’lsa”. “Atrof- javonidan dog’i elning ariza doshti kelsa bor uzanur elni ko’p to’xtatilmasa. Har qaysisiga o’z holiga ko’ra iltifot qilinsa”. “Yana ulkim, Majlis qurib chag’ir icharga ko’p hirs ko’rsatilmasa”. “Ov va qushga mashg’ullik qilmoq ko’p bo’lmasa”. “Devonbeklarga hukm qilinsakim, har kun devonda o’tirib, musulmonlar ishini bitirsalar”.Bu kunki ishni tonglag’a qo’masala”. “Shaharni idora qilish ishiga yaxshi e’tibor qilinsa.Andohkim, sharobxona, baytullutf, qimorxona bularga o’xshash nomashru ishlarni man qilinsa”. Download 29.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling