Petardaning portlashi zudlik bilan to‘xtashni talab qiladi. Svetaforlarning turlari - kirish (входные)
- chiqish (выходные)
- marshrut (маршрутные)
- o’tish (проходные)
- berkitish (прикрытия)
- to’suvchi (заградительные)
- ogoxlantirish (предупредительные)
- takrorlovchi (повторительные
- lokomotiv (локомотивные)
- manyovr (маневровые)
- tepalik (горочные)
Signallar harakat xavfsizligini ta'minlash, shuningdek, poezdlar harakati va manyovr ishlarini aniq tashkil etish uchun xizmat qiladi. Signal buyruq bo‘lib, so‘zsiz bajarilishi shart. Temir yo‘l transportining xodimlari signal talablarini bajarish uchun mavjud barcha vositalardan foydalanishlari lozim. Qabul qilinishi uslubiga ko’ra signallar ko’rinadigan va ovozli(tovushli) signallarga bo’linadi. Manyovrlar ishlarida qo’l va tovushli signallarni uzatish tartibi
«Lokomotivga boshqaruvi oldinda harakatlanishga ruxsat» - kunduzi yuqoriga ko‘tarilgan qo‘lda yozilgan sariq bayroqcha bilan; kechasi - tiniq-oq rangli chiroqli qo‘l fonari bilan yarim oy shaklida harakati yoki bitta uzun tovush - ;
«Lokomotivga boshqaruvi orqaga harakatlanishga ruxsat» - kunduzi pastga tushirilgan qo‘lda yozilgan sariq bayroqcha bilan; kechasi – tiniq oq rangli chiroqli qo‘l fonari bilan yarim oy shaklida harakati yoki ikkita uzun tovush- ;
«Sekinroq» - kunduzi yozilgan sariq bayroqchaning; kechasi – tiniq-oq rangli chiroqli qo‘l fonarining yon tomondan yuqoriga va pastga yarim oy shaklida asta harakati yoki ikkita qisqa tovush-
«To‘xta» - kunduzi yozilgan qizil yoki sariq bayroqchaning; kechasi – istalgan rangli chiroq qo‘l fonarining aylana bo‘ylab harakati yoki uchta qisqa tovush.
Umumiy xavf signali «Общая тревога».
Umumiy xavf signali bir uzun va uchta qisqa tovushlar guruhlari orqali quyidagi hollarda uzatiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |