Xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarini sanoat xavfsizligi to'G'risidagi qonun bandlarini o'rganish reja


-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyekti xodimlariga qo‘yiladigan sanoat xavfsizligi talablari


Download 27.27 Kb.
bet5/5
Sana08.03.2023
Hajmi27.27 Kb.
#1253170
1   2   3   4   5
Bog'liq
XAVFLI ISHLAB CHIQARISH OB\'EKTLARINI SANOAT XAVFSIZLIGI TO\'G\'RISIDAGI QONUN BANDLARINI O\'RGANISH

10-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyekti xodimlariga qo‘yiladigan sanoat xavfsizligi talablari
Xavfli ishlab chiqarish obyektining xodimlari:
Oldingi tahrirga qarang.
sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlarida, shuningdek normativ texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarga rioya etishlari;
(10-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
sanoat xavfsizligi sohasida tayyorgarlikdan va attestatsiyadan o‘tishlari;
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya yoki noxush hodisa haqida tegishli shaxslarni darhol xabardor qilishlari;
xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yoki noxush hodisa yuz bergan taqdirda, ishlarni belgilangan tartibda to‘xtatib turishlari;
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning oqibatlarini tugatish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishda belgilangan tartibda ishtirok etishlari shart.
11-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning oqibatlarini tugatish bo‘yicha harakatlarga tayyorgarlik ko‘rishga oid sanoat xavfsizligi talablari
Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot:
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning oqibatlarini tugatish tadbirlarini rejalashtirishi hamda amalga oshirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli professional avariya-qutqaruv xizmatlari bilan xizmat ko‘rsatishga doir shartnomalar tuzishi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa o‘z avariya-qutqaruv xizmatlarini yoki xodimlari jumlasidan shtatsiz avariya-qutqaruv tuzilmalarini tashkil etishi;
(11-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning oqibatlarini tugatish uchun qonunchilikka muvofiq moliyaviy mablag‘lar va moddiy resurslarning zaxirasiga ega bo‘lishi;
(11-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yoki noxush hodisa yuz bergan taqdirda, xodimlarini bajariladigan harakatlarga o‘qitishi;
xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya ehtimolini nazarda tutgan holda kuzatish, xabar qilish, aloqa va harakatlarga ko‘maklashish tizimlarini tashkil etishi, shuningdek mazkur tizimlarni yaroqli holatda saqlab turishi shart.
12-modda. Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati
Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati sanoat xavfsizligi talablarining xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan bajarilishini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek qonunchilikka muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Download 27.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling