Xavfli ishlab chiqarish obektlarining sanoat xavfsizligi to’g’risidagi qonun bandlarini o’rganish


Download 0.7 Mb.
bet1/5
Sana12.02.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1190435
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Презентация1


Xavfli ishlab chiqarish obektlarining sanoat xavfsizligi to’g’risidagi qonun bandlarini o’rganish

Ushbu dastur “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani tarixi, rivoji va istiqboli hamda Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari, ishlab chiqarish va hududiy xavfsizlik muammolarining inson hayoti xavfsizligiga ta’siri va ulardan muhofazalanish chora-tadbirlari masalalarini qamrab olgan. Zero, hozirgi davrda xavfsiz hayotni ta’minlash masalalari eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Chunki texnosferalarda ishlab chiqarish jarayonining buzilishi, ishchi-xizmatchilar uchun ish joylarida sanitariya va gigiena qoidalariga rioya etilmasligi, muhit rivojla nishidagi noxush vaziyatlarning murakkablashuvi, davlatlar o‘rtasida insoniyat hayotiga xavfxatar soluvchi holatlarning ro‘y berishi, insoniyat tomonidan qo‘llanilayotgan turli zaharli va zararli moddalar hamda vositalar ko‘plab xavf-xatarlarni yuzaga keltirib, insonlarning hayotiy faoliyatiga, salomatligiga, atrof-muhit tozaligiga va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga tahdid solmoqda. Shu sababli ham mamlakatimizning eng dolzarb va kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalari qatoridan aholi hayotining xavfsizligini ta’minlash masalalari muhim o‘rin egalla gan. Aynan shu muammolarning echimini “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani o‘rganadi.

Dasturni tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 martda gi “O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish to‘g‘ risida”gi farmoni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi ning 2008 yil 3 sentyabrdagi 140-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Aholini Favqulodda vaziyatlarda harakatlanishga tayyorlashga oid yo‘riqnoma”si, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2008 yil 28 oktyabrdagi “Aholini Favqulodda vaziyatlarda harakatlanishga tayyorlashga oid yo‘riqnomani o‘quv jarayoniga tatbiq etish to‘g‘risida”gi 318- son buyrug‘i asos qilib olindi.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling