Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariyalar natijasida yetkazilgan zararni baholash. Ishlarni rejalashtirish va tashkil etish
Xavf-xatarlarni identifikatsiyalash
Download 22.95 Kb.
|
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariyalar natijasida yetkazilgan zararni baholash.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xavfni baholash
Xavf-xatarlarni identifikatsiyalash
16. Xavf-xatarlarni identifikatsiyalash bosqichining asosiy vazifalari — barcha xavf manbalarini, ularning sodir bo‘lish yo‘llari (ssenariylari)ni aniqlash va puxta tavsiflash. Bu tahlilning muhim bosqichi hisoblanadi. Chunki bu bosqichda aniqlanmagan xavf-xatarlar keyinchalik o‘rganilmaydi va nazardan chetda qoladi. 17. Identifikatsiyalash chog‘ida texnologik tizimdagi qaysi elementlar, texnik qurilmalar, texnologik bloklar yoki jarayonlar jiddiy tahlil qilinishi zarurligi va qaysilari xavfsizlik nuqtai nazaridan kamroq ahamiyatga egaligi aniqlanishi lozim. 18. Xavf-xatarlarni identifikatsiyalash uchun mazkur Uslubiy ko‘rsatmalarning IV bobida ko‘rsatilgan usullardan foydalanish tavsiya etiladi. 19. Quyidagilar xavf-xatarlarni identifikatsiyalash natijasi hisoblanadi: ko‘ngilsiz hodisalar ro‘yxati (noo‘rin foydalanish, tabiiy va texnogen omillar va h.), xavf manbalari, xavf omillari, nomaqbul hodisalarning yuzaga kelish va rivojlanish sharoitlari (masalan, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalar ssenariysi); xavf-xatar va xavfni dastlabki baholash*. * Masalan, xavf-xatarni identifikatsiyalashda, zarur hollarda, qo‘llaniladigan moddalarning xavflilik ko‘rsatkichlari, alohida avariya ssenariylari uchun oqibatlar bahosi va h. lar keltirilishi mumkin. 20. Xavf-xatarlarni identifikatsiyalash ishlari kelgusidagi faoliyat yo‘nalishini belgilash bilan yakunlanadi. Quyidagilar kelgusida bajariladigan xatti-harakat variantlari bo‘lishi mumkin: xavf-xatarlarning jiddiy emasligi yoki olingan dastlabki baholarning yetarliligi sababli tahlilni davom ettirishni to‘xtatish to‘g‘risida qaror**; ** Bunday hollarda xavf-xatarni identifikatsiyalash deyilganda xavf-xatarlar tahlili yoki ularni baholash tushuniladi. xavf-xatarlar tahlili va xavfni baholashni yanada batafsil o‘tkazish to‘g‘risida qaror; xavf-xatarlarni kamaytirishga doir dastlabki tavsiyalarni ishlab chiqish. Xavfni baholash 21. Xavfni baholash bosqichining asosiy vazifalari: xavfni baholashda hisoblash-tahlil qilish usulini qo‘llash bilan O‘zbekiston Respublikasidagi me’yoriy hujjatlariga zid bo‘lmagan, barcha rasmiy hujjatlardagi bor hisoblash usullaridan foydalanishga ruxsat beriladi; barcha ko‘ngilsiz hodisalar va ularning omillarining yuzaga kelish chastotasini aniqlash; ko‘ngilsiz hodisalar oqibatlarini baholash; xavf baholarini umumlashtirish. 22. Ko‘ngilsiz hodisalarning yuzaga kelish chastotasini aniqlash uchun quyidagilardan foydalanish tavsiya etiladi: texnologik tizimning avariyaga moyilligi va ishonchliligi bo‘yicha xavfli ishlab chiqarish obyekti spetsifikasiga yoki faoliyat turiga taalluqli statistik ma’lumotlar; “hodisalar daraxti”, “buzilishlar daraxti”ni mantiqiy tahlil qilish usullari, inson-mashina tizimida avariyalarni yuzaga kelishining imitatsiya modellari; ushbu soha mutaxassislarining fikrlarini hisobga olish yo‘li bilan olinadigan ekspert baholari. 23. Oqibatlarni baholash insonlar, mulk va/yoki atrof-muhitga ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan ta’sirlar tahlilini o‘z ichiga oladi. Oqibatlarni baholash uchun ko‘ngilsiz hodisalar (ishlamay qolishlar, texnik qurilmalar, bino va inshootlarning buzilishi, yong‘inlar, portlashlar, zaharli moddalar chiqindilari va h.)ning fizik ta’sirlari baholanishi, xavf yuzaga kelishi ehtimoli bo‘lgan obyektlar aniqlanishi lozim. Avariyalar oqibatlarini tahlil qilishda avariya jarayonlari modellari va o‘rganilayotgan obyektlarning buzilish, shikastlanish mezonlaridan foydalanish, qo‘llanilayotgan modellarning cheklanganligini inobatga olish lozim. Shuningdek, imkon qadar oqibatlar ko‘lami va ularni yuzaga kelish chastotasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash lozim. 24. Avariyalar xavfiga berilgan umumlashtirilgan baho (yoki xavf darajasi) xavfli ishlab chiqarish obyektida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha ko‘ngilsiz hodisalarning xavf ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda sanoat xavfsizligi holatini aks ettirishi va quyidagilarning natijalariga asoslanishi kerak: barcha ko‘ngilsiz hodisalar (avariya ssenariylari)ning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda ularning xavf ko‘rsatkichlarini integrallashtirish; olingan natijalarning noaniqligi va aniqligini tahlil qilish; foydalanish sharoitlarining sanoat xavfsizligi talablari va qabul qilsa bo‘ladigan xavf mezonlariga muvofiqligini tahlil qilish. Xavf baholarini umumlashtirishda, imkon qadar, olingan natijalarning noaniqligi va aniqligi tahlil qilinishi lozim. Xavfni baholash bilan bog‘liq ko‘plab noaniqliklar mavjud. Odatda, uskunalarning ishonchliligi va insonlarning xatolari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘liq bo‘lmasligi, qabul qilinayotgan farazlar va foydalanilayotgan avariyaviy jarayon modellariga yo‘l qo‘yish noaniqliklarning asosiy manbalari hisoblanadi. Xavfni baholash natijalarini to‘g‘ri talqin qilish uchun noaniqliklarning xususiyatini va ularning sabablarini to‘g‘ri tushunish lozim. Noaniqliklarning manbalari identifikatsiyalanishi (masalan, “inson omili”), baholanishi va natijalarda ko‘rsatilishi lozim. Download 22.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling