Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘G‘risida


-modda. Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish


Download 100.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana17.06.2023
Hajmi100.88 Kb.
#1543240
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O‘RQ-57-сон 28.09.2006. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida

6-modda. Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish
Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi, maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq sanoat
xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat organlari tomonidan amalga
oshiriladi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish:
sanoat xavfsizligi talablarini belgilashni;
sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini;
xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnika qurilmalarini sertifikatlashtirishni;
faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni;
sanoat xavfsizligi ekspertizasini;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa choralarni o‘z ichiga oladi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
7-modda. Sanoat xavfsizligi talablari
Sanoat xavfsizligi talablari qonun hujjatlarida, shuningdek normativ texnik hujjatlarda
nazarda tutilgan shartlar, taqiqlar, cheklashlar va boshqa majburiy talablar bo‘lib, ularga rioya
etilishi sanoat xavfsizligini ta’minlaydi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
8-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektini loyihalash, qurish va foydalanishga qabul qilib
olishga oid sanoat xavfsizligi talablari
Xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta
jihozlash, konservatsiyalash va tugatishni amalga oshirish uchun loyiha hujjatlari sanoat xavfsizligi
ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‘lishi zarur.
Xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta
jihozlash, konservatsiyalash va tugatish jarayonida loyiha hujjatlaridan chetga chiqishlarga yo‘l
qo‘yilmaydi. Xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta
jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlarini o‘zgartirish sanoat xavfsizligi
ekspertizasidan o‘tkazilishi kerak.
Loyiha hujjatlarini ishlab chiqqan tashkilotlar xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish,
kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatish jarayonida


belgilangan tartibda mualliflik nazoratini amalga oshiradi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektini foydalanishga qabul qilib olish belgilangan tartibda
o‘tkaziladi. Xavfli ishlab chiqarish obyektini foydalanishga qabul qilib olish jarayonida xavfli ishlab
chiqarish obyektining loyiha hujjatlariga muvofiqligi, tashkilotning xavfli ishlab chiqarish
obyektidan foydalanishga hamda xavfli ishlab chiqarish obyektida avariyaning kengayib ketishiga
yo‘l qo‘ymaslik va uning oqibatlarini tugatish bo‘yicha harakatlarga tayyorligi tekshiriladi.

Download 100.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling