20-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan holda zarar yetkazganlik
uchun javobgarlikni majburiy sug‘urta qilish. Ish beruvchining javobgarligi
Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan holda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i
va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik
uchun javobgarlik qonun
hujjatlarida belgilanadigan tartibda majburiy sug‘urta qilinishi kerak.
Ish beruvchi xavfli ishlab chiqarish obyekti xodimlarining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga zarar
yetkazganlik uchun mehnatga oid qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Keyingi
tahrirga qarang.
21-modda. Sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda
aybdor shaxslar belgilangan
tartibda javobgar bo‘ladilar.
Keyingi
tahrirga qarang.
22-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Keyingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy
hujjatlarini
qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
23-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2006-yil 29-sentabrdagi 191 (4090)-sonida e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 28-sentabr,
O‘RQ-57-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 39-son, 386-modda; 2014-y., 36-son, 452-modda;
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son; Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)