3) ko‘chmas asosga o‘rnatilgan yuk ko‘tarish mexanizmlari,
eskalatorlar, osma yo‘llar,
funikulyorlardan (tog‘ temir yo‘llaridan) foydalaniladigan;
4) qora va rangli metallar eritmalari hamda ushbu eritmalar asosida qotishmalar olinadigan;
5) konchilik ishlari, foydali qazilmalarni qazib
olish va boyitish ishlari, shuningdek yer osti
sharoitida ish olib boriladigan korxonalar
yoki ularning sexlari, uchastkalari,
maydonchalari,
shuningdek boshqa ishlab chiqarish obyektlari kiradi.
5-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini hisobga olish va identifikatsiyalash
Xavfli ishlab chiqarish obyektlari sanoat xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi
(bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi) tomonidan xavfli ishlab
chiqarish obyektlarining davlat reyestrida albatta hisobga olinadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini hisobga olish va ularning davlat
reyestrini yuritish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli
Qonuniga
aosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-
son)
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda ushbu Qonunning
4-moddasiga
muvofiq
amalga
oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: