Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘G‘risida


-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanishga oid sanoat xavfsizligi talablari


Download 100.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana17.06.2023
Hajmi100.88 Kb.
#1543240
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O‘RQ-57-сон 28.09.2006. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida

9-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanishga oid sanoat xavfsizligi talablari
Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot:
sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlarida, shuningdek normativ texnik hujjatlarda
ko‘rsatilgan talablarga rioya etishi;
Keyingi
 tahrirga qarang.
xavfli ishlab chiqarish obyekti xodimlari shtatining belgilangan talablarga muvofiq
to‘ldirilishini ta’minlashi;
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi ishga oid malaka talablariga javob beradigan va
ko‘rsatilgan ishga tibbiy jihatdan loyiq shaxslarni qo‘yishi;
xavfli ishlab chiqarish obyektlari xodimlarining tayyorgarlikdan va attestatsiyadan o‘tkazilishini
ta’minlashi;
ishlab chiqarish jarayoni ustidan nazorat qiluvchi zarur asboblar va tizimlarning belgilangan
talablarga muvofiq mavjud bo‘lishi hamda ishlashini ta’minlashi;
ushbu Qonunning 
15-moddasiga 
muvofiq sanoat xavfsizligi ekspertizasi o‘tkazilishini,
shuningdek xavfli ishlab chiqarish obyektida qo‘llaniladigan inshootlar va texnika qurilmalari
diagnostikasi, sinovlari, tekshiruvi o‘tkazilishini belgilangan muddatlarda va maxsus vakolatli davlat
organi yoki qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega bo‘lgan
boshqa davlat organlarining belgilangan tartibda taqdim etiladigan yozma ko‘rsatmasiga binoan
ta’minlashi;
Keyingi
 tahrirga qarang.
begona shaxslarning xavfli ishlab chiqarish obyektiga ruxsatsiz kirishining oldini olishi;
xavfli moddalarni saqlashga oid sanoat xavfsizligi talablarining bajarilishini ta’minlashi;
sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini belgilangan tartibda ishlab chiqishi va tasdiqlashi;
maxsus vakolatli davlat organi va qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim
vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat organlarining buyruqlari, qarorlari va yozma ko‘rsatmalarini
bajarishi;
Keyingi
 tahrirga qarang.
avariya yoki noxush hodisa yuz bergan, shuningdek sanoat xavfsizligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadigan boshqa holatlar aniqlangan taqdirda, xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanishni
to‘xtatib turishi;
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirishda ishtirok
etishi, avariyaga olib kelgan sabablarni bartaraf etish va ularning oldini olish choralarini ko‘rishi;
xavfli ishlab chiqarish obyektida noxush hodisaning yuzaga kelganligi sabablarini tahlil qilishi,
mazkur sabablarning bartaraf etilishi va oldini olish choralarini ko‘rishi;
maxsus vakolatli davlat organini, qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim
vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini,
shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va aholini xavfli ishlab chiqarish
obyektidagi avariya to‘g‘risida o‘z vaqtida belgilangan tartibda xabardor qilishi;
Keyingi
 tahrirga qarang.
avariya yuz bergan taqdirda, xavfli ishlab chiqarish obyektlari xodimlarining hayoti va
sog‘lig‘ini muhofaza qilish choralarini ko‘rishi;
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyalar va noxush hodisalar hisobini olib borishi shart.

Download 100.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling