Sanoat xavfsizligi ekspertizasi ekspertiza obyektining unga nisbatan qo‘yiladigan sanoat
xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholashdir.
Quyidagilar belgilangan tartibda sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o‘tkazilishi kerak:
xavfli ishlab
chiqarish obyektini qurish, kengaytirish,
qayta qurish, texnik jihatdan qayta
jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari;
xavfli ishlab chiqarish obyektida qo‘llaniladigan texnika qurilmalari;
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi binolar va inshootlar;
sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bog‘liq
boshqa hujjatlar.
Sanoat xavfsizligi ekspertizasini uni o‘tkazish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiyaga ega
bo‘lgan tashkilotlar xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanayotgan
yoki undan foydalanishni
mo‘ljallayotgan tashkilot mablag‘lari hisobidan o‘tkazadi.
Ekspertiza xulosasi sanoat xavfsizligi ekspertizasining natijasidir.
Oldingi
tahrirga qarang.
Sanoat xavfsizligi ekspertizasini o‘tkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(15-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 784-son qarori bilan tasdiqlangan “Sanoat
xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibi to‘g‘risida
nizom
”.
Do'stlaringiz bilan baham: