Xavfsizlik, diniy bag`rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash soxasidagi ustuvor yunalishlar


Download 39.85 Kb.
bet4/5
Sana02.01.2022
Hajmi39.85 Kb.
#190353
1   2   3   4   5
Bog'liq
6.matn (1)

1) sub’ektlarning maqomiga ko‘ra:

a)hokimiyat organlaridagi korrupsiya;

b)xususiy sektordagi korrupsiya;

v)siyosatdagi korrupsiya yoki siyosiy korrupsiya;

  1. darajasiga ko‘ra:

a)quyi darajadagi korrupsiya;

b)yuqori darajadagi korrupsiya;

v)vertikal korrupsiya;

  1. ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra:

a) korrupsiya-qilmish;

b)korrupsiya-jinoyat.

Korrupsiyaning ko‘rsatilgan turlarini quyida mufassalroq ko‘rib chiqishga harakat qilamiz. Hokimiyat (ijroiya, vakillik va sud) organlaridagi korrupsiya hozirgi vaqtda jahonning deyarli barcha mamlakatlari, shu jumladan O‘zbekistonda ham muhim muammolardan biri hisoblanadi. Bu turdagi korrupsiya jinoyatlarining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularni o‘zlari qonunga rioya etishlari va uni muhofaza qilishlari lozim bo‘lgan kishilar sodir etadi. Aksariyat mamlakatlarda bu jinoyatlar keng tarqalganligi, davlat apparati xodimlari korrupsiya domiga ilinganligi mazkur mamlakatlarning qonunchilarini poraxo‘rlik, mansab mavqeini suiiste’mol qilish va boshqa xavfli mansabdorlik jinoyatlariga qarshi qat’iy choralar ko‘rishga va, aksincha, mansabdorlarning uncha xavfli bo‘lmagan va ko‘proq darajada tarqalgan jinoyatlariga jiddiy e’tibor bermaslik (masalan, uncha qimmat turmaydigan sovg‘a olish jinoyat hisoblanmaydi) holatlari uchrab turibdi.

Ayrim tadqiqotchilar siyosiy korrupsiyani alohida tadqiq etib, uni korrupsiyaviy jinoyatlarning alohida turi sifatida ajratib ko‘rsatadi. Ular asosan korrupsiyaning uchta asosiy shaklini keltiradi:

1)siѐsiy: mansabdor shaxs yuzaga kelgan qarindosh-urug‘chilik munosabatlari tufayli qonunga zid harkat qiladi;

2)jinoyat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, mansabdor shaxslarni sotib olishga asoslangan. Ular esa mukofot puli olish evaziga g‘aѐriqonuniy xizmatlar ko‘rsatadi;

3)taraflardan biri o‘ziga eng qulay tartib vujudga keltirish uchun jinoyatga mansabdor shaxslarning tegishli toifalarini izchillik bilan jalb etishni nazarda tutadi. Korrupsiyaning bu shakli uyushgan jinoyatchilik bilan mustahkam bog‘langan bo‘lib, mansabdor shaxslarga nisbatan sotib olish, provakatsiya qilish va tahdid solishni anglatadi3.



Siyosiy korrupsiyaning, ayniqsa ko‘p uchraydigan shakllari – bu pora olish va pora berish hisoblanadi.Bu holat saylovlarda nomzodlar o‘z huquqini qing‘ir yo‘llar bilan amalga oshirish maqsadida siyosat sub’ektlarini pora evaziga og‘dirib olishga urinadi. Faoliyat ko‘rsatish darajalariga binoan korrupsiya quyi darajadagi, yuqori darajadagi va vertikal jihatlari bilan bir-biridan farqlanadi.

Quyi darajadagi korrupsiya hokimiyat va boshqaruv organlarining o‘rta va quyi darajalarida keng tarqaladi, mansabdorlar va fuqarolarning muntazam o‘zaro aloqalari bilan bog‘liqdir (masalan, ro‘yxatdan o‘tkazish, jarimalardan qutilish, litsenziyalar va turli ruxsatnomalar olish va sh.k.).

Yuqori darajadagi korrupsiya yuqori hokimiyat organlarida ishlaydigan siyosatchilar, oliy martabali mansabdorlarni o‘ziga qamrab oladi va juda katta boyliklar evaziga o‘z foydvsiga qarorlar qabul qilish bilan bog‘liqdir (qonunlarni ilgari surish va qabul qilish, davlat buyurtmalari, mulk shakllarini o‘zgartirish va sh.k.). Aksariyat hollarda korrupsiyaviy bitimdan manfaatdor bo‘lgan ikkala tomon ayni bir davlat hokimiyati organida ishlashi mumkin. Masalan, quyi turuvchi davlat organining mansabdori o‘zidan yuqorida turuvchi boshliqqa o‘zining korrupsiyaviy harakatlariga homiylik qilishi yoki qo‘shimcha mablag‘lar, resurslar, vakolatlar ajratishi uchun pora beradi.

Korrupsiyaning pora olish va xizmat mavqeini suiiste’mol qilish kabi odatdagi shakllaridan tashqari, yana uning quyidagi amalda namoyon bo‘lishi shakllarini bir-birlaridan farqlash mumkin:

-mansabdor shaxslar, davlat xizmati xodimlari, deputatlar tijorat faoliyatida shaxsiy yoki korporativ naf ko‘rish uchun bevosita ishtirok etishi; davlat pul mablag‘larini o‘zlashtirish niyatida tijorat tuzilmalariga o‘tkazish uchun o‘z xizmat mavqeidan foydalanish;

-o‘z korporativ (siyosiy, diniy, milliy va sh.k.) guruhiga davlat resurslari hisobidan imtiyozlar berish; shaxsiy yoki korporativ naf ko‘rish maqsadida ommaviy axborot vositalariga tazyiq o‘tkazish uchun o‘z xizmat mavqeidan foydalanish;

-mansabdor shaxslar va davlat xizmati xodimlari shaxsiy boyish maqsadida tijorat tuzilmalarida soxta shaxslardan va qarindoshlaridan foydalanishi; shaxsiy yoki korporativ naf ko‘rish maqsadida axborotni manipulyasiya qilish (buzib ko‘rsatish, bermaslik, berish muddatlarini cho‘zish va sh.k.) uchun xizmat mavqeidan foydalanish;

-tor gruppaviy manfaatlarda normativ hujjatlar qabul qilish haqidagi qarorlarni ilgari surish; ayrim nomzodlarning saylov fondlariga davlat moliyaviy va moddiy resurslarini taqdim etish.

Download 39.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling