Xavfsizlik masalalari
Oriental Renaissance: Innovative
Download 70.38 Kb. Pdf ko'rish
|
globallashuv-jarayonlari-va-g-oyaviy-mafkuraviy-xavfsizlik-masalalari
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 108 w www.oriens.uz May 2021 Milliy madaniyat o‘rniga “umumjahon madaniyati” sifatida taqdim etilayotgan “ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi bu madaniyatni amerikacha yashash tarzi, daromadni maksimal ko‘paytirish g‘oyasiga sadoqat asosida shakllangan, Makdonald yoki Koka-kola singari kompaniyalar ramzida o‘z ifodasini topgan “iste’molchilik madaniyati” deb nomlash mumkin. Shu o‘rinda “iste’mol”, “iste’molchi” bilan “iste’molchilik madaniyati”, “iste’molchilik kayfiyati” tushunchalari o‘rtasidagi chegarani belgilash kerak bo‘ladi. Albatta, inson avvalo iste’molchi ekanligini rad etib bo‘lmaydi. Biroq iste’molchilik madaniyati kishidagi eng past instinktlarga suyanadi, ularni qo‘zg‘aydi, iste’molchilik kayfiyatini uyg‘otishga qaratiladi. Iste’molchilik kayfiyatiga berilgan inson esa barcha narsaga foyda nuqtai nazaridan yondoshadi. Ezgulik, muruvvat, mehr, muhabbat, Vatan, xalq, o‘zgalar taqdiri uchun javobgarlik va h.k. tuyg‘u va tushunchalar “qorinni to‘ydirmaydigan” behuda dardisarga aylanadi. Inson faoliyatining asosiy mazmunini o‘zini erkin ijodkor shaxs sifatida ro‘yobga chiqarish, o‘z insoniy dunyosini yaratish va shu orqali dunyoni insonparvarlashtirish tashkil etadi. Shunday ekan, iste’molchilik kayfiyati o‘zagini tashkil etgan ommaviy madaniyat asl kishilik madaniyatiga zid, uni poymol etadigan, mohiyatini butunlay buzadigan va oxir-oqibat insonni jon saqlashdan o‘zga maqsadi bo‘lmagan jonzod, hayvon darajasiga, tushiradigan xalqni esa olomonga aylantiradigan hodisadir. YUNESKO tashkilotining so‘nggi yillarda turli xalq va hududlarning moddiy madaniy yodgorliklarini saqlash bilan bir qatorda milliy urf-odat, an’ana kabi nomoddiy madaniyatini asrab-avaylash masalasiga alohida e’tibor qaratayotgani bejiz emas. G‘arb libosidagi ommaviy madaniyat intervensiyasi, tabiiy ravishda millatlarning, xalqlarning, milliy madaniyatlarning himoyalanishga chog‘laydi va ziddiyatlarning kuchayishiga olib keladi. Faqat yuksak ma’naviyatga, minglab yillik madaniy merosga suyangan xalq, davlatgina taraqqiyotga erishishi mumkinligi bugungi kunda tobora ravshan haqiqatga aylanmoqda. O‘zbekiston mustaqillikning ilk yillaridayoq ayni shu yo‘lni tanladi. Masalaning yana bir jihati shundaki, Amerika va umuman, G‘arb mutaxassislari bu haqiqatni tan olishga majbur bo‘lmoqda. Masalan, amerikalik taniqli faylasuf va siyosiy sharhlovchi P.J.Byukenen “G‘arbning halokati” kitobida o‘z yurtining (va umuman G‘arb dunyosining) tanazzulini avvalo, madaniyatning emirilayotgani, azaliy urf-odatlarning yo‘qolayotgani, asrlar davomida e’zozlab |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling