Xavfsizlik qoidalari


Download 121.88 Kb.
bet2/2
Sana11.10.2023
Hajmi121.88 Kb.
#1698372
1   2
Bog'liq
xavfsizlik sirtqi

2-Amaliy ish
O‘ta kuchlanishlardan himoya qiluvchi qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar va xavfsizlik. Kondensator qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar va xavfsizlik
1. Ushbu Qoidalar iste’molchilarga tegishli bo‘lgan 220 kV va undan past kuchlanishli o‘zgaruvchan tok elektr qurilmalarini o‘ta kuchlanishlardan x,imoya qiluvchi barcha qurilmalarga taalluklidir.
Himoya qurilmalari amaldagi EKTK va o‘ta kuchlanishdan himoya qilish bo’yicha rax,bariy xujjatlar talablarini kondirishi shart.
2. Iste’molchilarning binolari va inshootlari javobgarlik darajasidan kelib chikib tegishli yashindan himoya qiluvchi qurilmalar bilan ta’minlanadilar.
Yashinning to‘g‘ridan-to‘g‘ri urishidan himoya o‘zakli yoki trosli yashin qaytargichlar bilan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.
Yashindan himoya qiluvchi qurilmalarga, shuningdek yerga ulangan metall tom va metalldan bo‘lmagan tomga taShlangan metall tur ham kiradi.
3. Alohida o‘rnatilgan yashin qaytargichlar yoki ularni ushlab turuvchi konstruktsiyalar sifatida tutun quvurlar va inshootlardan foydalanuvchi korxonalar, ushbu yashin qaytargichlar himoya qiladigan zonalar chizmasiga ega bo‘lishi shart. Rekonstruktsiya qilinganda va qurilish ishlari bajarilganda himoya zonalarini aniqlashtirish zarur.
4. OTQkonstruktsiyalariga, alohida turgan o‘zakli yashin qaytargichlarga, projektor machtalariga, tutun quvurlariga va gradirnyalarga 1000 V gacha kuchlanishli XL simlarini (yorituvchi, telefon va sh.u.) osish va ushbu liniyalarni mazkur inshootlarga olib kelish man etiladi.
Ko‘rsatilgan liniyalar - kabel liniyalari bo‘lishi shart.
5. Korxonalarda quyidagi tartibga solingan ma’lumotlar saqlanishi shart:
himoya oraliqlarida ventilli va quvurli razryadlagichlarning o‘rnatilishi haqida (razryadlagich turlari, himoya qilinayotgan uskunalargacha masofa), shuningdek quvurli (naysimon) razryadlagichdan liniya ajratgichlarigacha va ventilli razryadlagichlargacha bo‘lgan masofalar haqida;
yashindan himoya qilish vositalari o‘rnatilgan tayanchlar yerga ulagichlarining, shu jumladan troslarning qarshiligi haqida;
elektr uzatish liniyalarining podstansiyalarga yaqinlashishida tuprokning qarshiligi haqida;
elektr uzatish liniyalarining boshqa elektr uzatish, aloka va avtoblokirovka liniyalari bilan kesishishi, XL dan shoxobchalanishlar, liniyadagi kabel uchastkalari va boshqa izolyatsiyasi zaif bo‘lgan joylar haqida.
6. Barcha kuchlanishdagi ventilli razryadlagichlar doimo ulangan bo‘lishi shart. OTK, da kishki mavsumda (yoki uning alohidagi oylarida) dovulli shamollar bo‘ladigan, mo‘zlaydigan, harorat keskin o‘zgaradigan va intensiv ifloslanadigan tumanlarda faqat yashindan himoya qilish uchun muljallangan ventilli zaryadsizlagichlarni uchirib kuyishga ruxsat beriladi. Avtotransformatorlardagi ventilli razryadlagichlarni uchirib quyish mumkinligi ishlab chiqaruvchi zavod bilan kelishiladi.
Barcha kuchlanishni XL da quvurli razryadlagichlarning va hi­moya oraliqlarining uchkun oraliqlarini qishki davrda o‘zaytirmasdan qoldirishga ijozat beriladi.
7. Ventilli va quvurli razryadlagichlarning Elektr uskunalarni SNvaMga muvofiq sinashlari o‘tkaziladi.
8. Podstansiyalarda o‘ta kuchlanishdan himoya qilish vosita­lari quyidagilarda ko‘rikdan o‘tkazilishi shart:
doimiy navbatchi xodimlari bor qurilmalarda — navbatdagi ko‘rik vaqtida, shuningdek chiqib ketuvchi XL ning releli himoyasi ishlab ketishini keltirib chiqargan har bir momaqaldiroqdan keyin;
doimiy navbatchi xodimlari yo‘q qurilmalarda — barcha uskunalarni ko‘rikdan o‘tkazishda.
9. XL da o‘rnatilgan quvurli razryadlagichlar va himoya oraliqlari ko‘riklari yyerdan turib ko‘rik o‘tkazuvchi tomonidan quyidagi xollarda o‘tkaziladi:
XL ni har bir navbatdagi ko‘rikdan o‘tkazishda;
Momaqaldiroqdan keyin XL uchganda yoki AQU qurilmasi ishlaganda, agar izolyatsiya bo‘zilishiga (yerga tutashishga) shubha bo‘lsa.
10. Podstansiyaga kirishda o‘rnatilgan quvurli razryadlagichlarni navbatchi xodim asosiy uskunalar bilan birgalikda davriy, shuningdek podstansiya joylashgan xududda yoki undan chiqib ketgan elektr uzatish liniyasi uchastkalarida sodir bo‘lgan momaqaldyroqdan keyin, ko‘rikdan o‘tkazadi.
11. Momaqaldiroq mavsumidan oldin kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan HL ning temir beton tayanchlariga o‘rnatilgan izolyatorlar ilgaklarini va shtirlarini, shuningdek ushbu tayanchlar armaturalarini yerga ulanishlari sozligi tanlov asosida (elektr xo‘jaligiga javobgar hohishiga kura) tekshirilishi kerak. Nol sim bo‘lgan taqdirda, ushbu elementlarni nol simga ulanganligi ham tekshiriladi.
12. Yoy sundiruvchi reaktorlar bilan yerga to‘tashishning sig‘im tokini kompensatsiyalash, sig‘im toki quyidagi qiymatlardan ortganda qo‘llaniladi:



Tarmoqning nominal kuchlanishi, kV

6

10

15-20

35

Yerga to‘tashuvning sigim toki, A

30

20

15

10

Tarmoq kuchlanishi 6-35 kV bo‘lgan XJI dagi temir-beton va metall tayanchlarda, yerga to‘tashishning sig‘im toki 10 A dan Yuqori bo‘lganda yoy sundiruvchi apparatlar qo‘llaniladi.


Tarmoqlarda yerga tutashuvning sig‘im tokini kompensatsiya qilish uchun tokni avtomatik yoki qo‘l bilan rostlovchi yerga ulovchi yoy sundiruvchi reaktorlar qo‘llanilishi kerak.
Sigim toklarini, yoy sundiruvchi reaktor toklarini, yerga tutashuv toklarini va neytral siljishi kuchlanishlarini ulchashlar, yoy sundiruvchi reaktorlarni ekspluatatsiyaga tushirishda va tarmoq rejimlari anchagina o‘zgarganda, lekin kamida 6 yilda 1 marta o‘tkazilishi kerak.
13. Sigim tokini kompensatsiyalab ishlayotgan tormoqlarda kuchlanish nosimmetriyaliligi faza kuchlanishining 0,75% dan ortmasligi shart.
Tarmoqda yerga tutashish bo‘lmaganda, neytralning siljish kuchlanishi faza kuchlanishidan 15% dan Yuqori bo‘lmasligiga o‘zoq muddat, 30 % dan Yuqori bo‘lmasligiga-1 soat davomida ruxsat beriladi.
Kuchlanish nosimmetriyaliligini pasaytirish va neytralni
ko‘rsatilgan qiymatlargacha siljitish yerga nisbatan fazalar sigimini rostlash bilan amalga oshiriladi (faza simlarini o‘zaro joylashishini o‘zgartirish, shuningdek liniyalar fazalari orasida Yuqori chastotali aloka kondensatorlarini taqsimlash bilan).
Tarmoqqa Yuqori chastotali aloka kondensatorlari va aylanuvchi mashinalarning yashindan himoya qilish kondensatorlari ulanganda, yerga nisbatan fazalar sig‘imlarining nosimmetriyasiga yul quyilishi mumkinligi tekshirilishi shart.
Neytralda ko‘rsatilgan qiymatlardan ortiq kuchlanish siljishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan elektr o‘zatuvchi havo va kabel liniyalarini fazalar bo’yicha ulash va uchirish man qilinadi.
14. Ayni vaqtda tarmoqda yerga ulanish bo‘lsa, yoy sundiruvchi apparatlarni uchirib quyishga ijozat berilmaydi.
15. Sig‘im tokini kompensatsiyasi bilan ishlayotgan tarmoqdan ta’minlanayotgan korxona, energetika tizimining tezkor xodimlarini iste’molchi tarmog‘i sxemasidagi o‘zgarishlar haqida, yoy sundiruvchi reaktorlarni qayta qurish (sozlash) uchun, o‘z vaqtida ogoxlantirishi shart.
16. Transformatorlar va avtotransformatorlarning ishla- tilmayotgan past (o‘rta) kuchlanish cho‘lg‘amlari yulduzga yoki uchburchakka ulanishi va o‘ta kuchlanishdan himoya qilingan bo‘lishi shart.
17. Har yili, momaqaldirok mavsumidan oldin, yashindan hi­moya qilish sxemalarini, ularning qurilmalarida va elektr zanji- ri sxemalaridagi bo‘lib utgan yoki bo‘ladigan o‘zgarishlarni hisobga olib, ular yashindan himoya qilish vositalarini joylashtirishning namunaviy sxemalariga mos kelishi uchun, tekshirish zarur.
18. Kuchlanishi 110-220 kV bo‘lgan podstansiyalarda neytralni o‘zidan-o‘zi siljishini yoki xavfli ferrorezonans jarayonlarni oldini olish uchun, tezkor harakatlar NKF-110 va NKF-220 kuch­lanish transformatorlari bo‘lgan yuklanmagan shinalar tizimiga ulanayotgan transformator neytralini yerga ulash bilan boshlanishi kerak.
19. Kuchlanishi 110-220kV bo‘lgan tarmoqdarda, transformatorlarning 110-220 kV kuchlanishli chulgamlari neytra­lini yyerdan ajratish, shuningdek releli himoya va avtomatikaning harakatini tanlash shunday amalga oshirilishi kerakki, bunda turli tezkor va avtomatik uchirishlarda neytrallari yerga ulangan transformatorlarsiz tarmoq uchastkalari ajralib qolmasin.
1. Kompensatsiyalovchi qurilmalarning quvvati, turi, urnatish joyi va ishlash rejimi loyixa tashkiloti yoki maxsus xizmat tomonidan iste’molchilar elektr qurilmalarini tarmoqka ulash uchun energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning texnik shartlariga muvofiq tanlanadi.
Kuchlanishi 1000 V gacha va undan Yuqori bo‘lgan tarmoqlarda kondensatorlarni joylashtirish, qabul kdpgichlar kiskichlarida kuchlanish darajasini saklab turish talablari xisobga olingan xolda, reaktiv yuklamadan aktiv quvvat yo‘qolishini maksimal kamayishi sharti kondirilishi kerak.
2. Buyurtmachi Yangi kondensator qurilmasini olganda, texnik holatini tashqi nazoratdan o‘taazishi Va qabul qilish dalolatnomasini to‘zishi kerak. Bunda uralishning sozligi, yukning markirovkasi, mexanik shikastlanishlar yo‘qligi, qurilmaning, korpusining, izolyatorlarning, kontakt o‘zaklarining, korpusni yerga ulash uchun boltning (korpus bilan biriktirish uchun chiqarishga ega bo‘lmagan kondensatorlar uchun) sozliligi, texnik ma’lumotlar keltirilgan ipshab chiqaruvchi zavod yorligi borligi, shuningdek shimuvchi suyuklik okmayotganligi tekshiriladi.
SHuningdek, ushbu kondensator qurilmasini pasporti va ish­lab chiqaruvchi zavodning ekspluatatsiya qilish bo’yicha ko‘rsatmalari borligiga ishonch xosil qilishi kerak.
3. Kondensator batareyalari xonalarida (ularning joylashishidan qat’iy nazar) quyidagilar bo‘lishi shart:
alohida kondensatorlarni, ularning bir kismini yoki butun kondensator qurilmasini himoyalovchi s aklagichlarning eruvchan kirgizmalaridagi nominal toki ko‘rsatilgan kondesatorli qurilmaning bir chizikli prinsipial sxemasi, agar himoya relesi kullanilgan bo‘lsa, shuningdek maksimal tok relesining urnatma toki;
atrofdagi havo haroratini ulchash uchun termometr yoki boshqa asbob;
kondensatorlarni nazorat uchun razryadlash maxsus shtangasi; yonginga qarshi vositalar - utuchirgich, kumli kuti va xokandoz. Termometr yoki uning datchigi batareyalarning orasidagi eng issik joyga shunday joylashtiriladiki, bunda kondensatorni uchirmasdan va tusiqlarni olmasdan uni k>fsatkichlarini kuzatish imkoniyati ta’minlanishi kerak.
4. Kondensator batareyasining pasportida, ishlab chiqaruvchi zavod va kondensator batareyasi yorligida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga mos bo‘lgan, kondensatorlarning tartib raqami, zavod raqami, urnatish sanasi, nominal kuchlanishi, har bir kondensatorning nominal quvvati va sigimi k)fsatilgan kondensatorlar ruyxati bo‘lishi shart.
5. quvvati 200 kVAr dan ortiq bo‘lgan kondensatorli batareyalar uchun kondensatorlar quvvatini avtomatik rostlovchi qurilma o‘rnatilishi majburiydir.
6. Elektr energiyasini individual qabul kilgichi bilan umumiy kommo‘tatsiya apparatiga ega kondensatorli qurilmani boshqarish, kul bilan bir vaqtning o‘zida elektr energiyasi qabul kilgichini ulash yoki uchirish bilan amalga oshirilishi mumkin.
7. Ikki smenada ishlaydigan korxona kondensator qurilmalarini kechki soatlarda va dam olish kunlarida, uch smenada ishlaydigan korxona - dam olish kunlarida ishda koldirishi, agar bu energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning maxsus talablari bilan belgilangan bo‘lmasa, man etiladi.
Ushbu talab o‘zluksiz ish rejimiga ega korxonalarga taallukli
emas.
8. Kuchlanishi 1000 V dan Yuqori bo‘lgan kondensator qurilmalarida razryadlagich qurilmalari doimo kondensatorlarga ulangan bo‘lishi shart, shuning uchun rezistorlar va kondensatorlar orasidagi zanjirda kommo‘tatsion apparatlar bo‘lmasligi kerak.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan kondensator qurilmalarida elektr energiyasini tejash maqsadida razradlagich qurilmalari doimo ulanmasdan, ularni kondensatorlarni uchirish vaqtida avtomatik ravishda ulash bilan ishlatilishi tavsiya etiladi.
Kondensator batareyalarini seksiyalash uchun ularning alohida seksiyalarini kuchlanish ostida uchiradigan kommo‘tatsion apparatura kullanilganda, har bir seksiyada alohida komplekt razryadlash qurilmasi o‘rnatiladi.
Ichida zaryadsizlantiruvchi rezistor mavjud kondensatorlar uchun kushimcha tashqi razryadlagich qurilmalari talab etilmaydi.
9. Kuchlanishi 1000 V va undan Yuqori bo‘lgan kondensator qurilmalarini ajratgichlar yordamida ulash va uchirish man etiladi.
Kondensator batareyalarini ulash va uchirish bo’yicha barcha operatsiyalar mazkur Kridalar va Istemolchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda XTD talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Iigma shinalardagi kuchlanish, ushbu turdagi kondensatorlar uchun ruxsat etilgan eng katta qiymatdan ortgan vaqtda kondensator batareyalarini ulash, man etiladi.
10. Kondensator qurilmasini uchirishdan oldin tashqi ko‘rik yuli bilan razryadlovchi qurilmaning ishga yaroqliligiga ishonch xosil qilish kerak.
11. Uchirilgan kondensator qurilmasining tok o‘tkazuvchi kismlariga tegish imkoniyati bo‘lgan biron-bir ishlarni bajarish, xavfsizlik texnikasining umumiy talablari bajarilguncha va kondensator batareyasida umumiy razryadlovchi qurilma bo‘lishidan qat’iy nazar kondensatorlar nazorat uchun razryadlantirilmaguncha, man etiladi.
12. Kondensatorlarni nazorat uchun razryadlash izolyatsiyalovchi shtangaga ishonchli maxkamlangan razryadlovchi metall o‘zak bilan o‘tkaziladi. Ushbu shtanganing ulchamlari, tezkor almashlab ulashlar uchun kondensator qurilmasidagi kuchlanishga mos kuchlanishda ishlatiladigan izolyatsiyalovchi shtanga ulchamlaridek bo‘lishi shart.
13. Alohida kondensatorni, uning kismini yoki butun kondensator qurilmasini himoya qiluvchi saqlagichlar eruvchan kirgizmalarining nominal toki, ular himoya kilayotgan kondensatorlar nominal toklari yigindisining 160% idan oshmasligi shart.
14. Maksimal tok relesi yoki avtomat ajratgichining tok bo’yicha urnatmasi kondensator qurilmasi nominal tokining 130% idan oshmasligi shart.
15. Yuqori garmonikalar mavjudligida kondensator qurilmalarni montaj qilinishi maqsadga muvofiqligi har bir xolda alohida aniqlanadi.
16. Kuygan yoki ishga yaroksiz saqlagichlarni almashtirish, Uchirilgan kondensator batareyalarida, maxsus shtanga bilan barcha kondensator batareyalari nazorat uchun razryadlangandan keyin amalga oshiriladi.
17. Individual himoya qilishda nazorat uchun razryadlash, uchirilgan batareya tarkibiga kiruvchi har bir kondensatorning barcha chikishlarini navbatma - navbat qisqa to‘tashtirish y^li bilan amalga oshiriladi. Guruxli himoyada kondensatorlarning har bir guruxi razryadlanadi, bitta faqat u mumiy himoyada esa, batareya shinalaridagi tegishli shinalar qisqa to‘tashtiriladi.
18. Kondensator qurilmalari himoya tomonidan takror avomatik uchirilganda, kondensatorlarni ulashga, faqat uchirishlarni yuzaga keltirgan sabablar aniqlangandan va bartaraf etilgandan keyingina, ruxsat beriladi.
Kondensator batareyalarini kayta ulashga, kuchlanishi 660 V dan Yuqori kondensatorlar uchun ular avvalgi uchirilganidan sung kamida 5 minutdan keyin, kuchlanishi 660 V va undan past kondensatorlar uchun esa — kamida 1 minutdan keyin, agar batareyada koldik kuchlanish 50 V dan ko‘p bo‘lmaganda, ruxsat beriladi.
19. Kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori bo‘lgan kondensator qurilmalarining kufikdan o‘tkazishlar (uchirmasdan) mahalliy y)fiknomalarda belgilangan mudsatlarda - quvvati 500 kVAr dan kam bo‘lgan qurilmalar uchun oyda kamida 1 marta va quvvati 500 kVAr dan yuqori bo‘lgan qurilmalar uchun un kunda I marta 5gkaziladi.
20. Kondensator qurilmasini ko‘rikdan $akazishda quyidagilar tekshirilishi shart:
tusiqlar va qulflarni sozligi, begona predmetlarning yo‘qligi;
kuchlanish, tok va atrof-havo harorati qiymatlari, alohida fazalar yuklamalarining bir xildaligi;
apparatlar, uskunalar, kontaktli ulanmalarning texnik holati, izolyatsiyani butunligi va ifloslanish darajasi;
shimdirilgan suyuklikning tomchilab okishi va kondensator korpusi devorlari ruxsat etilmagan darajada burtib shishganligi yo‘qligi;
o’t uchirish vositalarining mavjudligi va holati.
Ko‘rikdan o‘tkazish natijalari haqida tezkor xujjatlarga tegishli yozuv kiritilishi shart.
21. Kondensator qurilmalarining navbatdan tashqari ko‘rikdan o‘tkazishlar kondensatorlarda razryadlanish (chirsillash) paydo bo‘lganda, kiskichlardagi kuchlanish yoki atrof-havo harorati ruxsat etilgan eng yuqori qiymatlarga yaqin darajagacha ko‘tarilganda va sh.u. x,ollarda o‘tkaziladi.
22. Kondensator batareyalarining barcha ko‘rikdan o‘tkazishlari va aniqlangan nosozliklar haqida tezkor xujjatlarda tegishli yozuvlar.
23.Ulangan kondensator qurilmasini ko‘rikdan o‘tkazishda tusuvchi qurilmalarni olish yoki ochish man qilinadi.
24. Izolyatorlar, kondensatorlar, apparaturalar va karkaslar sirtlarini chang va boshqa ifloslardan tozalash, batareya uchirilgan holatda, zarurat bo’yicha, elektr xo‘jaligiga javobgar shaxe tomonidan belgilagan muddatlarda o‘tkaziladi.
25. Quyidagi holatlarda kondensatorlarni ekspluatatsiya qilish man etiladi:
kondensatorlar ulangan shinalardagi kuchlanish, konden­satorlar nominal kuchlanishiiing 110% idan ortiq bo‘lganda;
atrof-havoning harorati kondensatorning ushbu turi uchun ruxsat etilgan eng yuqori va eng past haroratdan ortiq bo‘lganda; kondensatorlar devorlari burtib shishganda; kondensator qurilmasining fazalar bo’yicha yuklanganligi, tokning urtacha qiymatidan 10% dan ortiq notekis bo‘lganda; batareya toki nominal qiymatdan 30% dan ortiq ortganda; shimdiruvchi suyu klik gomchilab okkanda; chinni izolyator shikastlanganda.
26. Kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori bo‘lgan kondensator qurilmalarining joriy ta’miri yilda kamida 1 marta, albatta qurilmani uchirib, o‘tkaziladi.
27. Kondensator qurilmalarini joriy ta’mirlashda kuy i dani iap bajariladi:
kontaktli ulashlarda gaykalarning tortilish darajasini tekshirish;
megoommetr (ommetr) bilan eruvchan birikmalarning butunligini va kondensatorlarning zaryadsizlanish zanjirini tekshirish;
yerga ulash konguriga tarmoqlaiishning ulanishi sifatini tashqi ko‘rikdan o‘tkazish bilan tekshirish;
izolyatorlar yuzasini, kondensatorlar, apparaturalar va karkas korpuslarini chash da i va boshqa ifloslardan tozalash;
har bir kondensatorning sigimini tekshirish va kiyoslash (1OOO V dan yuqori kuchlanishli kondensatorlar uchun), mo‘taxassislar tomonidan amalga oshiriladi;
izolyatsiyalangan chikarmalar va korpus orasida to‘tashish yo‘qligiga kondensatorlar sigimini ulchash;
shimdiruvchi suyuklik sizib chikkan joylarni, shu jumladan kondensatorlar kopkoklaridagi ugish izolyatorlari o‘rnatilgan joylarni yumshok kavshar bilan kavsharlash;
kondensator batareyalarining nosoz seksiyalarini yoki alohida kondensatorlarini almashtirish;
avtomatik boshqarish va rostlash qurilmalarini, releli himoyani va uchirgichlar yuritmalari harakatlarini sinab kurish.
28. Kondensator qurilmalarini kapital va joriy ta’mirlash davriyligi elektr uskunalarni SNvaM talablariga muvofiq bo‘lishi shart.
29. Asinxron elektr dvigatelni, kuch transformatorini va sh.u. elektr qabul kilgichni asosiy uskunasini ko‘rikdan o‘tkazganda yoki ta’mirlaganda (kapital yoki joriy), agar ushbu uskunalar kiskichlariga kondensator yoki kondensatorlar guruxi bevosita ulagan va mazkur uskunalar bilan bir xonada o‘rnatilgan bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida ushbu kondensatorlarni xam ko’rikdan o‘tkazish yoki ta’mirlash (mos ravishda kapital yoki joriy) kerak.
30. Kondensator qurilmasi alohida elementlarining sigami Elektr uskunalarni SNvaM da keltirilgan qiymatlardan oshmasligi shart.
Kondensatorlar sigimini ulchash natijalari bayonnomalar bilan rasmiylashtirilishi kerak.
Sigim quyidagi qiymatlargacha yoki undan ko‘pga ortganda, kondensatorni uchirish va almashtirish zarur:



Kondensator

Kondensator sigimini ortishi %, uning nominal kuchlanishida, V

6300

10500

Sintetik suyukliklar bilan shimdirilganda:







0 gabaritli

25

14

I gabaritli

20

20

II gabaritli

10

10

Mineral moy bilan shimdirilganda:







I gabaritli

20

20

P gabaritli

10

10

Quvvati savdagichlarni kuyishi natijasida kamaygan, kuchlanishi 1050 V va undan past bo‘lgan kondensatorni qo‘llash, texnik mak;sadga muvoftdshkni xisobga olib, mahalliy yurщnomalar bilan aniqlanadi.


31. Sanoat chastotali yuqori kuchlanish bilan profilaktik sinashlar kapital ta’mirlash vaqtida o‘tkaziladi.
Sinash kuchlanishi elektr uskunalarni SDvaM da keltirilgan qiymatlardan ortmasligi kerak.
Download 121.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling