Xavfsizlik texnika qoidalari


Download 29.57 Kb.
bet1/2
Sana11.02.2023
Hajmi29.57 Kb.
#1189704
  1   2
Bog'liq
XAVFSIZLIK TEXNIKA QOIDALARI


XAVFSIZLIK TEXNIKA QOIDALARI


Reja:



  1. Texnikaxavfsizligiqoidalari.

  2. Ishqurollaridanfoydalanishqoidalari.

Ish xonalarida ishlash va asboblardan foydalanish bo‘yicha texnika xavfsizligi qoidalarni quyidagicha umumlashtirish mumkin.


1. Ish xonasiga faqat o‘qituvchi ruxsati bilan kiriladi.
2. Har bir o‘quvchi faqat o‘z ish joyida ishlaydi. Agarda ish jamoa ravishda bajariladigan bo‘lsa, o‘quvchilar o‘z majburiyatlarini yaxshi biladilar.
3. Ish faqat o‘qituvchining ruxsati bilan boshlanadi.
4. Ishni boshlashdan oldin, ish joyingni tayyorla, asboblarni to‘g‘ri va qulay joylashtir: O‘ng qo‘l bilan ushlanadigan asboblarni o‘ng tomonga, chap qo‘l bilan ushlanadiganini chap tomonga qo‘y, sanchiladigan, kesadigan asboblarni hech qachon ikkita asbob orasiga qo‘yma, ularni doimo o‘z joyiga, o‘tkir tomonini narigi, dastasini o‘zing tomonga qilib qo‘y. Asboblarni o‘ynama, ular uyinchoq emas.
5. Ish vaqtida ish joyingni tartibli saqla.
6.O‘tmas yoki buzuq asbob bilan ishlama.
7. Asbobni ishlatganda, uni o‘qituvchi ko‘rsatganidek ushla.
8. Asboblarni asra, ularni to‘g‘ri, o‘z o‘rnida ishlat, ishlatgandan so‘ng ularni tozalab, yuviladiganlarini yuvib, artadiganlarini artib qo‘y.
9. Narsani, har bir detalni oldingi safargidan yaxshiroq, chiroyliroq, tartibliroq qilishga harakat qil.
10. Ishni tugatdingmi, ish joyingni tezda tozalab tartibli qilib qo‘y.


Turli asbob va uskunalardan foydalanishda xavfsizlik
texnikasi qoidalari:


Qaychidan foydalanish qoidalari.
1. Qaychini belgilangan joyda, belgilangan holatda saqla.
2. Qaychini uchini yuqoriga qilib ushlama.
3. Qaychini ochiq holda qoldirma.
4. Qaychini yurib turganingda ishlatma.
5. Qaychini faqat yopilgan holda uchidan ushlab o‘rtog‘inga uzat.
6. Qaychini ishlatayotganda kesilishning yo‘nalishi va
materialni ushlab turgan chap qo‘l barmoqlarini kuzatib tur.

  1. Yaroqsiz qaychini ishlatma, o‘qituvchiga topshir.




Download 29.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling