Xavfsizlik tushunchasi. Kiberxavfsizlik tushunchasi, uning tashkil etuvchilarining xarakteristikasi


Download 131.78 Kb.
bet3/8
Sana19.06.2023
Hajmi131.78 Kb.
#1606800
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xavfsizlik tushunchasi. Kiberxavfsizlik tushunchasi, uning tashk

Axborotning himoyasi deb, boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining axborot xavfsizligini ta’minlovchi va tashkilot axborot zaxiralarining yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta’minlovchi qatiy reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi.
Axborotning egasiga, foydalanuvchisiga va boshka shaxsga zarar yetkazmokchi bo’lgan nohuquqiy muomaladan xar qanday xujjatlashtirilgan, ya’ni identi­fikatsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari qo’yilgan xolda moddiy jismda qayd etilgan axborot ximoyalanishi kerak.
Axborot xavfsizligi nuktai nazaridan axborotni quyidagicha turkumlash mumkin:
maxfiylik — aniq bir axborotga fakat tegishli shaxslar doirasigina kirishi mumkinligi, ya’ni foydalanilishi qonuniy xujjatlarga muvofik cheklab qo’yilib, xujjatlashtirilganligi kafolati. Bu bandning buzilishi o’g’irlik yoki axborotni oshkor qilish, deyiladi;
konfidentsiallik — inshonchliligi, tarqatilishi mumkin emasligi, maxfiyligi kafolati;
yaxlitlik — axborot boshlang’ich ko’rinishda ekanligi, ya’ni uni saqlash va uzatishda ruxsat etilmagan o’zgarishlar qilinmaganligi kafolati; bu bandning buzilishi axborotni soxtalashtirish deyiladi;
autentifikatsiya — axborot zaxirasi egasi deb e’lon qilingan shaxs xaqiqatan xam axborotning ega­si ekanligiga beriladigan kafolat; bu bandning buzilishi xabar muallifini soxtalashtirish deyiladi;
apellyatsiya qilishlik — yetarlicha murakkab ka­tegoriya, lekin elektron biznesda keng qo’llaniladi. Kerak bo’lganda xabarning muallifi kimligini isbotlash mumkinligi kafolati.
Yukoridagidek, axborot tizimiga nisbatan quyidagicha tasnifni keltirish mumkin:
ishonchlilik — tizim meyoriy va g’ayri tabiiy xollarda rejalashtirilganidek o’zini tutishlik kafo­lati;
aniqlilik — xamma buyruqlarni aniq va to’liq bajarish kafolati;
tizimga kirishni nazorat qilish — turli shaxs guruxlari axborot manbalariga xar xil kirishga egaligi va bunday kirishga cheklashlar doim bajarilishlik kafolati;
nazorat qilinishi — istalgan paytda dastur majmuasining xoxlagan kismini tulik tekshirish mumkinligi kafolati;
identifikatsiyalashni nazorat qilish — xozir tizimga ulangan mijoz aniq o’zini kim deb atagan bulsa, aniq o’sha ekanligining kafolati;
qasddan buzilishlarga to’sqinlik — oldindan kelishilgan me’yorlar chegarasida qasddan xato kiritilgan ma’lumotlarga nisbatan tizimning oldindan kelishilgan xolda o’zini tutishi.
Axborotni ximoyalashning maqsadlari kuyidagilardan iborat:
- axborotning kelishuvsiz chikib ketishi, ugirlanishi, yo’qotilishi, o’zgartirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish;
- shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bulgan xavf – xatarning oldini olish;
- axborotni yo’q qilish, o’zgartirish, soxtalashtirish, nusxa kuchirish, tusiklash buyicha ruxsat etilmagan xarakatlarning oldini olish;
- xujjatlashtirilgan axborotning mikdori sifatida xukukiy tartibini ta’minlovchi, axborot zaxirasi va axborot tizimiga xar kanday nokonuniy aralashuvlarning kurinishlarining oldini olish;
- axborot tizimida mavjud bulgan shaxsiy ma’lumotlarning shaxsiy maxfiyligini va konfidentsialligini saklovchi fukarolarning konstitutsion xukuklarini ximoyalash;
- davlat sirini, konunchilikka mos xujjatlashtirilgan axborotning konfidentsialligini saklash;
- axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlovchi vositalarni yaratish, ishlab chikish va kullashda sub’ektlarning xukuklarini ta’minlash.



Download 131.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling