Xaydarova gulnoza 721. 21 Mavzu: axborotni ruxsatsiz foydalanishlardan


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana26.01.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1126660
1   2   3
Bog'liq
kiberxavfsizlik 2- mustaqil ish

vaktsinalar, privivkalar, rеvizorlar, monitorlar. 


Dеtеktorlar — virusning signaturasi (virusga taalluqli baytlar kеtma-kеtligi) 
bo‘yicha tеzkor xotira va fayllarni ko‘rish natijasida ma’lum viruslarni topadi va 
xabar bеradi. Yangi viruslarni aniqlab olmasligi dеtеktorlarning kamchiligi 
hisoblanadi. Faglar — yoki doktorlar, dеtеktorlarga xos bo‘lgan ishni bajargan 
holda zararlangan fayldan viruslarni chiqarib tashlaydi va faylni oldingi holatiga 
qaytaradi. Vaktsinalar — yuqoridagilardan farqli ravishda himoyalanayotgan 
dasturga urnatiladi. Natijada dastur zararlangan dеb hisoblanib, virus tomonidan 
o‘zgartirilmaydi. Faqatgina ma’lum viruslarga nisbatan vaqtincha qilinishi uning 
kamchiligi hisoblanadi. Shu bois ham, ushbu antivirus dasturlari kеng tarqalmagan. 
Privivka — fayllarda xuddi virus zararlagandеk iz qoldiradi. Buning natijasida 
viruslar «privivka qilingan» faylga yopishmaydi. Fil’trlar — qo’riqlovchi dasturlar 
ko’rinishida bo‘lib, rеzidеnt holatda ishlab turadi va viruslarga xos jarayonlar 
bajarilganda, bu haqda foydalanuvchiga xabar bеradi. Rеvizorlar — eng ishonchli 
himoyalovchi vosita bo‘lib, diskning birinchi holatini xotirasida saqlab, undagi 
kеyingi o‘zgarishlarni doimiy ravishda nazorat qilib boradi. 
Kiberjinoyat va kiberhuquq. 
Kiberjinoyat — bu kompyuter va tarmoqning birgalikdagi aloqasi ostida sodir 
etiluvchi jinoyat turidir. Kompyuter jinoyat paytida maqsadli yoʻnaltirilgan qurol 
vazifasini bajarib beradi. Kiberjinoyat kimningdir xavfsizligi va moliyaviy 
saviyasiga zarar yetkazishi maqsadida osodir etiladi 
Maxfiy maʼlumotlar qonuniy tarzda himoyalangan holatda yuz beruvchi 
kiberjinoyatlar bilan bogʻliq koʻpgina jinoyatlar mavjud. Xalqaro miqyosda 
hukumat ham, nodavlat ham subyektlar kiberjinoyatlar, jumladan, 
josuslik, moliyaviy oʻgʻirlik va boshqa transchegaraviy jinoyatlar bilan 
shugʻullanadi. Xalqaro chegaralarni kesib oʻtuvchi va kamida bitta milliy 
davlatning xatti-harakatlarini oʻz ichiga olgan kiberjinoyatlar baʼzan kiberurush 
deb ataladi. Uorren Baffet kiberjinoyatni „insoniyatning birinchi raqamli 


muammosi“ deb taʼriflaydi va „insoniyat uchun real xavf tugʻdiradi“, deya 
qoʻshimcha qilib oʻtadi. 2014-yilda chop etilgan hisobotda (mcafee homiyligida) 
jahon iqtisodiyotiga yetkazilgan yillik zarar 445 milliard dollarni tashkil qilgan. 
Cybersecurity Ventures tomonidan 2016-yilgi hisobotda kiberjinoyatlar natijasida 
yetkazilgan global zararlar 2021-yilga kelib yiliga 6 trillion dollargacha, 2025-
yilga kelib esa 10,5 trillion dollargacha koʻtarilishi bashorat qilingan edi. 
Kompyuter firibgarligi — bu boshqa shaxsni yoʻqotishga olib keladigan biror 
narsa qilish yoki qilmaslikka imkon berish uchun haqiqatni har qanday notoʻgʻri 
koʻrsatish. Shu nuqtai nazardan, firibgarlik quyidagi yoʻllar bilan foyda olishga 
olib keladi: Ruxsatsiz tarzda oʻzgartirish. Bu kichik texnik tajribani talab qiladi va 
xodimlar tomonidan maʼlumotlarni kiritish yoki notoʻgʻri maʼlumotlarni 
kiritishdan oldin maʼlumotlarni oʻzgartirish yoki ruxsatsiz koʻrsatmalar kiritish 
yoki ruxsat etilmagan jarayonlardan foydalanish orqali oʻgʻirlashning keng 
tarqalgan shaklidir; Odatda ruxsatsiz tranzaktsiyalarni yashirish uchun chiqishni 
oʻzgartirish, yoʻq qilish, bostirish yoki oʻgʻirlash. Buni aniqlash qiyin; Saqlangan 
maʼlumotlarni oʻzgartirish yoki oʻchirish. 



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling