Xayot faoliyati xavfsizligi


Download 1.55 Mb.
bet4/13
Sana08.01.2022
Hajmi1.55 Mb.
#242472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
№4-Amaliy mashxulot (1)

Masalan: elektr simlarini quruq yoki izolyatsiyalangan sopli bolta, tesha, lapata yoki tashqari narsalar bilangina kesish mumkin. Jarohatlanuvchini fakat ustki quruq kiyimidan, qo’lga har extimolga qarshi sharf o’rab olgan yoki oyoqning ostiga quruq taxta qo’ygan holda elektr qurilmasidan tortib ajratib olish kerak. Agar jarohatlanuvchi biror balandroq yerda elektr toki ta’sirida qolgan bo’lsa, u holda uni elektr toki ta’siridan qutqarish jarayonida, uni balandlikdan qattiq yiqilib tushmaslik chorasini ham ko’rish kerak.

Jarohatlanuvchini elektr toki ta’siridan qutqarilgandan so’ng unga tezlik bilan birinchi tibbiy yordam ko’rsatish kerak.Qanday yordam ko’rsatish jarohatlanuvchining holatiga bog’liq.

Agar jarohatlanuvchi hushsiz holatda yotgan bo’lsayu, nafas olayotgan bo’lsa uni tekis, yumshok to’shama ustiga ohista yotkizish, tugmalarini yechib toza havo oqimi bilan ta’minlash kerak. Vrach yetib kelgunicha nashatir spirtini hidlatish mumkin (agar bor bo’lsa), yuziga suv sochish, badanlarini artish va isitish kerak.

Tiriklik belgilari (nafas olmayotgan, yuragi urmayotgan bo’lsa) bo’lmagan holatlarida ham jarohatlanuvchini o’ldiga chiqarib ko’yish mumkin emas. Chunki, jarohatlanuvchi tiriklik belgilarinigina yo’qotgan bo’lib, klinik o’lim holatiga tushib qolgan bo’lishi mumkin. Bunday holatlarda tezlik bilan «og’izdan og’izga» qoidasi bo’yicha sun’iy nafas oldirish, tashqaridan yurakni bilvosita (ko’krak qafasini ustidan bosib) massaj qilish kerak. Sun’iy nafas oldirilayotganda, nafas olish yo’llarini ravon qilish maqsadida, jarohatlanuvchining bo’yni ostiga biror yumshok materialni turmaklab qo’yib, boshini orqa tomonga og’dirish va og’iz bo’shligidagi nafas olishga halaqit beruvchi narsalarni olib tashlash kerak. «Og’izdan og’izga» usuli qo’llanilayotganda jarohatlanuvchini burni berkitiladi, og’ziga og’iz marli yoki rumolcha orqali maxkam tekizilib qattiq puflanadi. Shundan keyin jarohatlanuvchini og’zi va burni bo’shatiladi. Shunda uning o’pkasiga yuborilgan havo passiv holatda qaytib chiqadi va har minutiga 12-15 marta puflash kerak. Sun’iy nafas oldirish jarohatlanuvchi bir me’yorda nafas ola boshlaguncha davom ettiriladi. ( -rasm)



( -rasm)


Jarohatlanuvchining yuragini tashqaridan (bilvosita) massaj qilish uchun uni tug’ri tekis (stol,pol va tashqarilar) joyga chalqonchasiga yotqiziladi, yordam ko’rsatuvchi chap tomonda tik yoki tizzalab turadi, bir qo’lini kaftini ko’krak qafasini pastki qismiga, ikkinchi qulini kaftini birinchi qo’lining ustiga qo’yadi va keskin hamda bir me’yorda ko’krak qafasini umurtka pog’onasi tomon bosadi. Bunda shunday bosish kerakki, ko’krak umurtqa pog’onasi tomon kattalarda 3-5 sm, gudaklarda 1,2 sm yaqinlashsin. Har safar bosib bo’linishi bilan darrov qo’llarni ko’krakdan olinishi kerak.

Amalda sun’iy nafas oldirish bilan yurakni yopiq massaj qilish bir vaqtning o’zida olib boriladi. Bunda minutiga o’rtacha 48 marta ko’krakni bosish va 12 marta sun’iy nafas oldirish va yurakni yopiq massaj qilishni tirilish alomatlari ko’ringuncha yoki o’lim belgilari ko’rinmasdan turib, to’xtatib qo’yish mumkin emas. O’lganlik to’g’risida vrach hulosa, chiqaradi.

Jarohatlanuvchi xushiga kelishi bilan uni isitish, issiq choy berish,

12-20 tomchi valerian berish kerak.




Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling