qon oqishi uch xil bo’ladi
Birinchi holatda jarohatlangan joydan mayda-mayda tomchilarga o’xshab qon sizib chikadi. Ayrim hollarda bu sizish ko’payib, jarohatlangan joydan oqib tusha boshlaydi. Bunday holat ro’y berganida harojatlangan joyni mahkam bog’lab qonni to’xtatsa bo’ladi.
Ikkinchi holatda esa jarohatlangan joydan qon bir tekis oqib chiqishi ko’zatiladi. Bunda ham usha joyni bog’lab qonni to’xtatish mumkin.
Uchinchi holat arterial (katta tomirning yorilishi) holatga ega bo’ladi. Jarohatlangan joydan qon katta bosim bilan otilib chiqadi, bu holatda darxol shoshilinch chora kurish kerak.
Yorilib ketgan qon tomirini mahkam siqib yoki jgo’t bilan bog’lash kerak. Jgo’t qon chiqayotgan joyning tepa kismiga qo’yiladi. Agar jarohat qo’lda bo’lsa, jgo’tni yelka tarafga quyish yaxshi natija beradi. Agar oyoq jarohatlangan bo’lsa, boldirni bog’lash va o’sha yerga jgo’t qo’yish kerak, ammo jgo’t ko’p vaqt qo’yib turilsa, oyoq-qo’llar jonsiz bo’lib qolishi ham mumkin.
Qoni oqayotgan bemorni birinchi yordam ko’rsatilgandan so’ng kasalxonaga jo’natish kerak. Bunda shuni ham unutmaslik kerakki, kasalni jo’natish vaqtida unga birinchi yordam ko’rsatishning tartib-qoidalarini biladigan kishi hamroh bo’lib borsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |